524
Bahorning ilk tongida oʻzgacha uygʻondim. Derazadan qaradim. Kayfiyatim koʻtarilib
ketdi. Negadir oʻzimni qushdek yengil his qila boshladim. Oʻzgacha yoqimli hid taraldi. Bu
bahorning yoqimli ifori edi.
Bunchalar ham yoqimlisan, bunchalar ham goʻzalsan, bahorim!
Sening yoqimli shabadang ham daraxtlarni asta uygʻotadi. Ular ham oʻz tuhfasini senga hadya
qilishadi. Ular gullaydi. Bu sovgʻani koʻrib sen yana ham atrofga oʻzgacha boqasan, hamma
yerni gulga burkaysan. Bundan shodlangan quyosh esa oʻz nurlarini oʻzgacha taratadi. Bahor,
sening sening tabassumingni koʻrdik. Hammayoq gulga burkandi, bu sening tabassuming
emasmikan?
Vaqt
Vaqt…Oʻz qadriga yetkazadigan, ba’zilar uchun tez va ba’zilar uchun sekin oʻtadigan
jarayon.Vaqt…Bolalik chogʻida tushunmay behuda ketgan jarayon. Vaqt… Hozirda ba’zida
yetmay, ba’zida ortib qoladigan jarayon. Vaqt…Yillar oʻtib, oila va bola tashvishi bilan
shoshiltiradigan jarayon. Vaqt…Keyinchalik umr yakuni yaqinligini bildiruvchi jarayon.
Shunday ekan, vaqtimizning qadriga yetish vaqti kelmadimikan?
Oʻqib oʻrganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda
uchraydigan muammolarni hal eta olish ham oʻz-oʻzini shaxs sifatida rivojlantirish
kompetensiyasi hisoblanadi. Oʻquvchilarning ijodiy fikrlari esa bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Hayot
Hayot oqar daryo ekan. Xuddi shu oqar daryo toshlarga urilganidek, uning yoʻllari ham
tekis emas ekan. Hayot – bu baland daraxt. Lekin shu daraxtning tagidan ajal qurti kemirgani
uchun ham ba’zida hayotimiz ham poyoniga yetib borarkan. Hayot - asfalt qilinmagan yoʻl.
Gohida qoqilib, gohida loyga botib yashar ekanmiz. Hayot – ustoz va uning saboqlari umrimizda
katta rol oʻynar ekan. Hayot pianino klavishlari ekan. Pionino ijrochisi qora klavishlarni
bosganidek, biz ham ba’zida xato qilib turar ekanmiz.
Taqdir
Oʻshanda kichkina edim. Men uni yaratishim kerak edi. Men uni yaratdim, xuddi
bolalardek! U mening qoʻlimda qoʻgʻirchoq edi goʻyo. Yillar oʻtib, men oʻsmir boʻldim. Endi
men oʻzimga sigʻmay ketardim, xuddi butun dunyo menga qarshi chiqayotgandek koʻrinardi.
Oʻzimda qandaydir tuygʻularni his etardim. Negadir endi oʻzimni uning qoʻlidagi
qoʻgʻirchoqdek his qilardim. Katta boʻldim, endi men oʻzimni eplay olardim. Endi u menga
ba’zida doʻst, ba’zida esa raqib edi. U meni oyogʻimga har qadamda bolta urib,
yiqitishga
harakat qilardi. Ba’zida u qoʻygan tuzoqlarida ancha qolib ketardim, ba’zida tuzogʻini chetllab
oʻtardim. Ba’zida uni deb yigʻlar, ba’zida kulardim. Endi yanayam kattaroq boʻldim, endi men
xulosa chiqardim. Odamlarning taqdiri oʻz qoʻlida ekan. Taqdir tuzoq qoʻymas ekan, aslida u
bizga imkon berar ekan. Ammo biz insonlar oʻzimiz qoʻygan tuzoqqa oʻzimiz tushar ekanmiz!
Bugungi kun
Hayot bir koʻchaga oʻxshaydi. Unda qanday qadam bosish oʻzimizga bogʻliq.
Hadeb, oʻtmishga alanglasak, hayotda koʻp qoqilamiz. Xotiralar unda chalgʻishga olib
keladi. Kelajakka intilaversak, bugungi kun yoʻqoladi, bugungi maqsad yoʻqoladi. Biz
bugungi kun, mana shu soniya bilan yashashimiz kerak. Hayotda bugungi rejalar boʻlmay
turib, bir yildan keyin nima qilaman, nima qilishim kerak, deb emas, balki hozir nima
qilaman,
bugun nima qilishim kerak, deb savol berishimiz kerak. Agar har bir inson
bugungi kun bilan yashaganida edi, orzular va maqsadlardan koʻra, gʻalabalar va yutuqlar
koʻproq boʻlardi. Kim biladi, yana kimlardir: “Buguning bilan yashasang, xor boʻlasan, ertangni
oʻyla!”- deb qoʻyishadi. Nima boʻlganda ham, har bir inson hayoti davomida oʻz umr daftariga
taqdir qalami bilan oʻz bitigini bitishi kerak. Niyatim esa har bir insonning umr daftaridagi
orzu-maqsadlari va yutuq, gʻalabalari oʻrtasida doimo tenglik boʻlsin! Har bir insonning
taqdir qalami doimo oʻtkir boʻlsin!
525
Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi fani hozirgi kungacha boy tajriba toʻpladi. U pedagogika
fanlari tizimidagi mustaqil
fan sifatida shakllandi, rivojlandi, hozir ham rivojlanishda davom
etmoqda. Uning mazmuni ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini
tashkil etishga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etishgina emas, balki
metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til oʻrganishning interfaol
metodlarini
oʻzida aks ettirgan ilmiy asoslarni ishlab chiqishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: