1-2-sinflar uchun
“Mening oilam”, “Navbatda turishni bilasizmi?”, “Foydali
sabzavotlar”, “Oy Yerdan kattami?” “Jamoat transportlari”.
3-4-sinflar uchun
“Soʻzni topib ishlating”, “Oʻzim xarid qilaman”, “Qizil kitob”,
“Immunitetim – qalqonim”, “Til bilganga ming tanga”,
“Matematika – fanlar otasi” “Jamgʻarma pullarim”, “Ism qanday
qoʻyiladi?”.
5-6-7-sinflar uchun
“Soʻzdan soʻzning farqi bor”, “Nega bunday nomlanadi?”,
“Dasturchilik qanday kasb?”, “Quyosh tizimida nechta sayyora
bor?”, “Huquqshunos – huquq posboni”, “Mening birinchi biznes
loyiham”, “Nobel mukofoti”, “Bahslashganda hurmat qil”,
“Oʻzbekchasi bor-ku?!”, “Sayyohlarga gidlik qilsam-chi?”
Yuqori sinflar uchun
“Oqsaroyga bitilgan hikmat”, “GMO: siz qarshimisiz?”, “Turizm
521
– iqtisodimiz tayanchi”, “Qachon men ham saylayman?”, “Mening
blog postlarim”, “Moliyaviy piramida”, “Qimmatli qogʻozlar”,
“Muqobil energiya”, “Maktab gazetasining muharriri”, “Diqqat,
korrupsiya!”,
“Nanotexnologiyalar”,
“Ijtimoiy
tarmoqlar”,
“Zamonamiz qahramonlari”.
Taklif etilayotgan dastur loyihasiga koʻra, ona tilini oʻrgatishda darslar uchun lingvistik
mavzular emas, balki nutqiy mavzular asos qilib olinadi. Darslikdagi matnlar, mashq va
topshiriqlar ana shu nutqiy mavzu doirasida tuziladi. Bunday darslarda oʻquvchi ona tilning
ijtimoiy-amaliy ahamiyatlarini oʻrganish bilan birga, olam haqidagi ensiklopedik bilimlarni ham
oʻzlashtirib boradi. Uning dunyoqarashi oʻz ona tili qamrovida kengayib boradi. Oʻz-oʻzidan
oʻquvchi til har qanday ilmning bilish vositasi ekanini intuitiv tarzda boʻlsada anglay boshlaydi.
Turli vaziyatlarda ona tilidan samarali hamda toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini egallaydi.
Tilning xos qonuniyatlari, grammatik qoidalar esa shu darsdagi mashq va topshiriqlarga
singdirib yuboriladi.
Nutqiy mavzularni belgilashda quyidagi muhim omillarni nazardan qochirmaslik zarur:
1.
Nuqiy mavzuning oʻquvchi yoshiga mutanosibligi;
2.
Nutqiy mavzuning amaliy ahamiyati, dolzarbligi;
3.
Nutqiy mavzuning belgilangan til kompetensiyalari, malaka talablarini ochib
berishdagi potensiali;
4.
Nutqiy mavzuning qamrovi, bir necha soat uchun moʻljallanishi.
Nutqiy mavzuni belgilashda oʻquvchi yoshini hisobga olish juda muhim sanaladi. Bu
oʻrinda, shu yoshdagi bolaning idroki, oʻzlashtirish qobiliyati, yoshiga belgilangan til malaka
talablari, ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlari, soʻz boyligi, oʻqish tezligi va shu kabi boshqa omillar
hisobga olinishi shart. Aks holda tanlangan mavzu oʻquvchiga murakkablik qilishi, oqibatda u
shu mavzu doirasida berilgan til kompetensiyalarni oʻzlashtira olmasligi mumkin.
Nutqiy mavzuning amaliy ahamiyati, dolzarbligi deganda bu mavzuning inson hayotidagi
oʻrni nazarda tutiladi. Yaʼni tanlangan mavzu faqatgina til kompetensiyalarni oʻzlashtirish uchun
vosita emas, balki hayotiy bilim va koʻnikmalar manbayi boʻlishi ham zarur. Ayni damda,
mazkur mavzu bolaning hayotida muayyan amaliy ahamiyat kasb etishi ham lozim. Masalan, 1-
sinflar uchun belgilangan “Mening oilam” mavzusi doirasida oʻquvchi qarindoshlikni bildiruvchi
soʻzlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi soʻzlarni ajrata olish, bu soʻzlarning imlosini bilish
kabi koʻnikmalarni egallash bilan birga oilaning muqaddasiligi, oilaning ijtimoiy ahamiyati,
oilaga xos muayyan anʼanalar haqida muhim bilimlarni oʻzlashtiradi. Yoki 2-sinflar uchun
belgilangan “Qoʻriqlanadigan hayvonlar” mavzusi doirasi oʻquvchi hayvon nomlari va
hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar imlosi kabi grammatik koʻnikmalarni egallash bilan birga,
Oʻzbekistonning noyob tabiati, Qizil kitob va unga kiritilgan hayvonlar, tabiat qoʻriqxonalari
haqidagi qiziqarli hamda kerakli bilimlarni oʻzlashtiradi. 3-sinflar uchun belgilangan “Oʻzim
xarid qilaman” mavzusida nutqiy mavzularning amaliy ahamiyati yaqqolroq koʻrinadi. Bu
mavzu doirasida oʻquvchi sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi muloqotda qoʻllaniladigan til birliklari,
ularning talaffuzi va imlosi, soʻzlarga soʻroq berish orqali miqdorni bildiruvchi va hisob
soʻzlarni aniqlash, -ta qoʻshimchasi yordamida miqdor sonlarni hosil qilish kabi grammatik
koʻnikmalarni egallash bilan birga, bu bilimlari amalda, bozor yoki doʻkondagi xarid
jarayonlarida ham qoʻllay oladi.
Har qanday nutqiy mavzu ham dasturda belgilab qoʻyilgan til kompetensiyalari va
malaka talablarini ochib berishda mos kelmasligi mumkin. Shu sababli mavzu tanlashda bu
mavzuning tildagi muayyan grammatik qonuniyatlari qamrab olishiga eʼtibor qaratish zarur.
Misol uchun, “Mening mahallam” mavzusining joy nomlari imlosi, atoqli otlarni bilish, “Bolalar
qoʻshiqlari” mavzusining unli tovushlarni ajratish, “Qizil kitob” mavzusining hayvonlarga atab
qoʻyilgan nomlar imlosini bilish kabi malaka talablarini qamrab olishi oldindan nazarda tutilgan.
522
Tanlangan nutqiy mavzuning qamrovi keng boʻlishi zarur. Zero, bir mavzu doirasida bir
necha soatlik dars oʻtilishi nazarda tutiladi. Demak, tanlangan nutqiy mavzuning qamrovi bir
nechta matn, turli mashq va topshiriqlar tayyorlanishi uchun yetarli darajada boʻlishi talab
yetiladi. Bundan tashqari, oʻquvchining bir necha soat davomida bir mavzu doirasida darsga
tayyorlanishi uning zerikib qolishiga olib kelmasligi kerak. Shu maʼnoda, mavzu qanchalik keng
boʻlsa, unga bogʻliq biri ikkinchisini takrorlamaydigan matnlar, qiziqarli mashq va topshiriqlar
tayyorlashning imkoni koʻproq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |