520
Til – olamni bilish vositasi. Maktabdagi ona tili darslarida tilning ana shu muhim
xususiyati birinchi darajaga koʻtarilishi zarur. Yaʼni oʻquvchi uni qurshab turgan borliqni
oʻrganish uchun eng asosiy kommunikativ vosita til ekanini qalban his qilishi, anglashi lozim.
Aksincha, oʻquvchiga tilning amaliy, funksional jihatlari qolib, uning ichki qonuniyatlari
oʻrgatilsa va bu maqsadga aylantirilsa, kutilayotgan natijaga erishib boʻlmaydi. Oqibatda, til
qonuniyatlarini yaxshi bilsa-da, oʻz ona tilidan samarali foydalana olmaydigan avlod
shakllanadi.
Yuqoridagi muammoning yechimi sifatida ona tili fanida tilning amaliy xususiyatlarini
birinchi darajaga koʻtargan holda dars oʻtish maqsadga muvofiq. Bunda oʻquvchidan til
qonuniyatlariga daxldor bilimlarni chuqur oʻzlashtirish talab qilinmaydi. Masalan, boshlangʻich
sinf oʻquvchilari tovushlarni unli va undosh turlarga boʻlinishi, ularning sonini bilishi yoki
undoshlarning jarangli va jarangsiz turlarga ajralishi, ayrim jaranglilarning jarangsiz jufti borligi
kabi sof grammatik bilimlarni egallashi zarur emas. Bu 8 – 10 yoshdagi bolaning til amaliyotida
hech qanday rol oʻynamaydi. Albatta, amaldagi darsliklarda fonetika boʻlimi, xususan, jarangli
va jarangsiz undoshlar bolalardagi savodxonlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻtiladi.
Ammo bola soʻzlashuvda ayrim tovushlar “p” aytilgani bilan, yozma nutqda “b” yozilishini
tushunib olishi uchun “jarangli” yoki “jarangsiz” degan terminlarni bilishi, shunga bogʻliq
murakkab qoidalarni yod olishi shart emas. Bu kabi savodxonlik malakalarini muayyan matn va
mashq, shu jumladan, oʻqituvchining sodda tushuntirishlari asosida ham shakllantirish mumkin.
Tilning amaliy xususiyatlari birinchi darajaga koʻtarilgan darslarda ayni shu jihatlarga eʼtibor
qaratiladi.
Bu tizimning oʻziga xosligi shundaki, unda ona tili faniga faqat oʻquv predmeti sifatida
qaralmaydi. Bunda ona tili butun borliqni: tabiatni, jamiyatni, fanlarni, oʻzlikni anglash va
oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi ona tili fanini oʻzlashtirish jarayonida, uni turli
ijtimoiy munosabatlarda qoʻllashni oʻrganadi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya,
iqtisod, siyosat, jamiyatshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. Kelgusida
oʻzi muayyan soha mutaxassisiga aylanganida maktabda olgan bilimlari evaziga oʻzbek tilida ish
yuritishga,
nutq
soʻzlashga,
maqola
yozishga,
muhimi,
oʻzbek
tilida
fikr
ifodalashda qiynalmaydi.
Til qonuniyatlarini oʻrgatishni maqsad qilgan amaldagi tizimda dars mavzulari, tabiiyki,
til grammatikasi nuqtayi nazaridan aniq tartib boʻyicha tuzib chiqiladi. Masalan, “Maʼnodosh
soʻzlar”, “Gapda soʻzlarning bogʻlanishi”, “Feʼl kesim va ot kesim”, “Ega ergash gapli qoʻshma
gaplar” va h.k. Tilni amaliy jihatdan oʻrgatishga qaratilgan tizimda esa aksincha, mavzular til
omilining muayyan ijtimoiy vaziyatlarda qoʻllanilishi nuqtayi nazaridan tanlanadi. Bunday
mavzu turlarini, shartli ravishda, nutqiy mavzular deb atash mumkin. Quyidagi jadvalda nutqiy
mavzulardan ayrim namunalarni berib oʻtamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: