Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet438/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim 
markazining “Oʻquv dasturi”, 2017. 
2.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari, 2017. 
3.
A’lamova N. Hayot oynasidan moʻralaganda. – Toshkent: Istiqlol nuri, 2019. 
4.
Malikxoʻjayeva M. Bahor tabassumi. – Toshkent: Istiqlol nuri, 2019.
5.
Saydaxmedova. Z. Haqiqat tilsimlari. – Toshkent: Sharq, 2012. 
Til ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari 
Problems in language education and their solutions 
Toyirova Gulsanam Abduhafizovna
*
Annotation
: The originating problems the process of teaching mother tongue education 
for pupils in secondary schools and their solutions are stated in this article.
Key words
: national independence, reading culture, oral and written speech, suffixes of 
case, subject, pedagogical technology. 
Milliy istiqlоl shаrоfаti bilan umumiy oʻrta ta’limdа ona tili oʻqitishning maqsadi 
yangilаngаch, uning ta’limi tizimini hаm tubdаn islоh qilish zаrurаti tugʻildi. Sаbаbki, insоnning 
mа’nаviy kаmоlоtini tа’minlаshdа ona tilining oʻrni bеqiyosligini vа uning vаzifаsini bоshqа 
birоr vоsitа bоsа оlmаsligini yaхshi bilаmiz. Zеrо, «Ona tili – bu millаtning ruhidir. Oʻz tilini 
yoʻqоtgаn hаr qаndаy millаt oʻzligidаn judо boʻlishi muqаrrаr». 
Мaktabni biirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang 
jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida ona tilidan bemalol, samarali va toʻgʻri 
foydalana olishi, uning cheksiz imkonoyatlaridan toʻlaqonli bahramand boʻlishi, zaruriy 
koʻnikma va imkoniyatlarga ega boʻlishi kerak. Zero, maktabda ona tili fanini oʻqitishning 
asosiy maqsadi oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda toʻgʻri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik 
madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, oʻzgalar fikrini anglaydigan, 
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat ekan, tilni oʻqitishdagi 
“ogʻriqli nuqtalar” – muammolar siz-u bizni befarq qoldirmaydi. Biz oʻquvchilarga til ta’limidan 
saboq berar ekanmiz, mashgʻulotlar davomida quyidagi muammolarga duch kelamiz: 
-undalma va ega orasidagi muayyan farqlarni toʻliq anglamaslik; 
-oʻquvchilar ogʻzaki va yozma nutqining sayozligi; 
-iboralar mazmun-mohiyatini anglashdagi tushunmovchiliklar; 
-kelishik qoʻshimchalarining qoʻllanilishidagi xatoliklar (qaratqich va tushum, joʻnalish 
va oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchalari); 
-oʻquvchilar nutqida sheva soʻzlarining qoʻllanishi; 
-tutuq belgisining qoʻllanilishidagi xatoliklar; 
*
Buxoro tumanidagi 8-umumta’lim maktabi, Gulsanamtoyirova@gmail.com 


526 
-soʻzlarning asl va koʻchma ma’nosini tushunib olishdagi qiyinchiliklar; 
-gap boʻlaklarni aniqlashda, aniqrogʻi, tarkibi oʻzgartirilgan gaplarni tahlil qilishdagi
chalkashliklar; 
- badiiy adabiyotni kam mutolaa qilishi va hokazolar. 
Yuqorida tilga olib oʻtilgan kamchiliklarning negizi, albatta, kitobxonlikka borib taqaladi. 
Badiiy adabiyot mutolaasi ona tili va adabiyot darslaridagi a’lo bahoni ta’minlabgina qolmay, 
oʻquvchi-yoshlar uchun kelgusida kattagina hayot maktabi va yoʻllarini yoritguvchi mayoq 
vazifasini oʻtaydi. Zero, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Bugungi 
bolalar ertaga butun xalqqa aylanadi. Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Yoshlarning kitob 
oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, kitobxonlik 
saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim boʻladi”. Bu esa oʻz navbatida, har 
bir ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun
ona tili va adabiyot darslarida yangi axborot va ilgʻor pedagogik texnologiyalaridan foydalanib 
oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqlarini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini oshirishni 
maqsad qilib qoʻygan har bir oʻqituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadga 
muvofiqdir:
dars boshida oʻquvchilarni yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishtirib borish hamda 
mutolaa daqiqasini tashkil etish;
oʻquvchilarni koʻproq badiiy asar oʻqishga jalb etish; 
oʻquvchilarga qoʻshimcha adabiyotlardan yangi ma’lumotlar berish; 
ona tili darslarida har bir mavzu haqida yanada kengroq ma’lumot berish;
badiiy asar qahramonlarining nutqini yod olish; 
darslikdagi topshiriqlar bilan cheklanmaslik; 
darslikda berilgan parchalarning toʻliq matnini oʻqib kelishni buyurish; 
mumtoz asarlar lugʻati bilan ishlash; 
aruz vazni tahliliga e’tibor qaratish; 
darslarda va darsdan tashqari toʻgaraklarda, uy vazifalarini bajarishda imlo lugʻatidan 
keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish; 
dars davomida turli mavzudagi matnlardan foydalanish: badiiy asarlar va she`rlardan 
foydalanib oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish; 
oʻquvchilarda mustaqil ijodiy fikrni shakllantirish, olgan bilimini hayot bilan bogʻlay 
olish, kasb-hunarga qiziqtirish, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyat kabi koʻnikmalarni 
rivojlantirish; 
oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash, estetik did, insonparvarlik va boshqa bir qator xislatlarni
mujassamlashtirish va hokazo. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oʻqitish samaradorligini oshirish uchun ona tili dasturiga mos 
keladigan, oʻquvchilarga moʻljallangan izohli, sinonim, zid ma’noli, shakldosh, eskirgan, 
uyadosh soʻzlar, qoʻshma soʻzlar, paronim, dubletlar, imlo, oʻzlashgan soʻzlar kabi oʻnlab 
lugʻatlarga ehtiyoj sezilmoqda. Chunki soʻz ma’nosini farqlash jarayonida, ijodiy ishlar yozishda 
bunday qoʻllanmalar oʻquvchi tafakkuri uchun ma’naviy ozuqa vazifasini oʻtaydi. Shundagina
oʻquvchilarning ona tili fani boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlari mustahkamlanadi, imloviy 
savodxonligi ortadi, hozirjavoblik qobiliyati rivojlanadi, fikrini qisqa va loʻnda ifodalash 
qobiliyati shakllanadi.
Har bir ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi yuqorida tilga olingan muammolar ustida 
bosh qotirib, turli yechimlar oʻylab topib, samaradorlikka erishsa, ma’naviyatli, mantiqiy fikrlash 
qobiliyatiga ega, badiiy asarni mustaqil ravishda muhokama qila oladigan, oʻz fikrini nutq 
sharoitiga mos ravishda ogʻzaki va yozma shakllarda mustaqil bayon etadigan, nutqi ravon, har
jihatdan yetuk va barkamol shaxsni kamol toptirish uchun oʻz hissasini qoʻshgan hisoblanadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish