527
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008.
2. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – T.: Oʻzbekiston,2017
3.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13.09.dagi PQ-3271-sonli Qarori
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy oʻrta va
oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi 187-
son qarori.
5. www.tilvaadabiyot.uz
Ona tili darslarida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish
Develop understanding skills by reading native language lessons
Xakimova Nilufar
*
Annotation:
in this article we will talk about the concept of Reading Literacy, which is
considered one of the most important factors in educating a functional literacy student today, its
complex process, theoretical and practical recommendations related to the acquisition of
reading literacy skills.
Key words:
functional literacy, Reading Literacy, reasoning, expressing attitude,
searching and sorting information, interpreting data and interacting with them, reasoning and
expressing attitude on the text, using the information given in the text.
Oʻqish savodxonligi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarning
funksional savodxonlik [1] darajasini aniqlashning eng muhim koʻrsatkichlaridan biri sanaladi.
Oʻqish savodxonligi juda keng tushuncha boʻlib, oʻquvchidagi berilgan matnlarni oʻqib
tushunish,
ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish va munosabat bildirish kabi
koʻnikmalarning qay darajada shakllanganligi asosida baholanadi.
Oʻqib tushunish murakkab jarayon boʻlib, matnning ishonchliligi va sifatini baholash,
soʻralgan ma’lumotlarni
aniqlash, qarama-qarshi ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosa chiqarish
bilan bogʻliq bir qancha murakkab bosqichlarni qamrab olishi lozim. Ta’kidlanishicha, bugungi
kun oʻquvchisi nafaqat oʻqiy olishni, balki oʻqib tushunish
qobiliyatini alohida sifat
koʻrsatkichisi sifatida oʻzida shakllantirishga urinuvchi, turli muammoli vaziyatlarni hal etishda
ushbu qobiliyatdan foydalanuvchi shaxs hisoblanadi [Г. А. Цукерман]. Quyida biz ona tili
darslarida funksional savodxonlik talablaridan kelib chiqqan holda oʻqish savodxonligini
shakllantirish va rivojlantirish bilan bogʻliq metodik ishlarni qanday yoʻlga qoʻyish mumkinligi
haqidagi ayrim tavsiyalarni keltirib oʻtmoqchimiz.
Oʻqish savodxonligini shakllantirish jarayonini samarali tashkil
etish maqsadida matn
uchun quyidagi oʻquv maqsadlariga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: