134
Chamasi, bu oʻrinda ham kotib tasodifan yanglishib ketgan: keyingi baytdagi
altmïš
soʻzining
oʻrniga
elik
deb yozib yuborgan.
Asarning uygʻur yozuvli Hirot nusxasida esa ushbu baytlar toʻgʻri berilgan. Uning oʻqilishi
shunday:
Tegürdi meŋä elgi elik yašïm,
Quγu qïldï quzγun bušï-teg bašïm.
Oqïr emdi altmïš meŋä kel teyü,
Pusuγ čïqmasa yolda, bardïm sayu
(QBH.11b,22–23).
Bu ikki baytning ma’nosi quyidagicha boʻladi:
«Ellik yoshim menga qoʻl tegurdi,
Qora quzgʻun tusidek boshimni oq(qush) qildi [ya'ni: soch-soqolim oqardi].
Endi oltmish (yosh) menga kel, deb chorlamoqda,
Yoʻlda pistirma [ya'ni oʻlim] chiqmasa, u tomon boraman».
«Qutadgʻu bilig» nusxalarini oʻzaro chogʻishtirib oʻrganishning ahamiyati katta. Muhimi,
uygʻur yozuvli Hirot qoʻlyozmasining ahamiyati boshqa nusxalardan oz emas, uning oʻziga
yarasha yutuqlari bor. Qoʻlyozmalar bir-biriga chogʻishtirilganda asarning ilkin, muallif nusxasi
sari yoʻl ochiladi.
Namangan nusxasining boblar mundarijasida oltinchi
bob sarlavhasi
«Yaŋluq aγïrlïqïn
ayur»
(«Insonning qadr-qimmatini aytadi» – QBN.2b.6), asar davomida esa
«Yaŋluq aγïrlïqïn
tanurlayur bilig birlä»
(«Insonning qadri bilim bilan belgilanadi») deb berilgan (QBN.12b.6).
Qohira nusxasining boblar mundarijasida ushbu sarlavha
«Adam oγlï aγïrlïqï bilig birlä
erdükin (ayur)»,
ya'ni «Odam oʻgʻlining qadr-qimmati bilim birla erkanligini aytadi» deb
berilgan (QBQ.7b,7).
Hirot nusxasining boblar
mundarijasida bu sarlavha
«Yaŋluq oγlï-qïzï aγïrlïqï uquš, bilig
erdükin ayur»,
ya'ni «Kishi oʻgʻil-qizining qadr-qimmati uquv, bilimda ekanligini aytadi»
(QBH.4b,10), asar davomida esa
«Yalïnγuq oγlanï ’azizlïqï bilig, uquš birlä erdükin ayur»,
ya'ni
«Kishi oʻgʻlonining azizligʻi bilim, uquv birla belgilanuvini aytadi» deb berilgan (QBH.8b,17).
Oralaridagi muhim farqi: Namangan nusxasida «inson, kishi» anglamidagi
yaŋluq
soʻzining
oʻrnida Qohira nusxasida
Adam oγlï
, Hirot nusxasida esa
yaŋluq oγlï-qïzï,yalïnγuq oγlanï
soʻz
birikmalari kelgan.
Bob sarlavhalarining berilishiga yana bir misol. Qohira nusxasining boblar mundarijasida
oʻninchi bob sarlavhasi
«Bilig, uquš, ’ilm erdämini ayur»,
ya'ni «Bilim, uquv, ilm fazilatini
aytadi» deb berilgan (QBQ.4b,11).
Hirot nusxasining boblar mundarijasida esa ushbu sarlavha:
«Yaŋluq aγïrlïγï bilig, uquš
bilä erdükin sözlär»
, ya'ni «Kishining qadr-qimmati bilim, uquv birla ekanligini soʻzlaydi»
koʻrinishida (QBH.4b,13). Biroq asar davomida bobning boshidagi sarlavha
«Yal(n)guq arïγlïγï
bilig, uquš birlä erdükin ayur»
deb berilgan (QBH.10a,5). Muhim farqi – yuqoridagi
aγïrlïγï
(qadri) soʻzining oʻrnida
arïγlïγï
keladi. Qadimgi turkiyda
arïγlïγ
– «tozalik, soflik, poklik»,
poetik ma’noda «insoniylik» degani. Shundan kelib chiqib, bu sarlavhani «Insonning insoniyligi
bilim, uquv birla erkanini aytadi» deb tushunmak kerak.
Yana misollar. Asarning til ta’rifiga bagʻishlangan bobida, Namangan nusxasida shunday
bayt keladi:
Öküš sözläsä, yaŋšadï ter tilig,
Yana sözlämasä, aγïn ter tilig
(QBN.13b.7).
Ma’nosi:
«Koʻp soʻzlasa, tilni ezmalandi deyiladi,
135
Aksincha, soʻzlamasa, tilni gung-soqov deyiladi».
Hirot nusxasida ushbu bayt quyidagi koʻrinishda:
Öküš sözläsä, igšidi ter bilig,
Yana sözlämäsä, aγïn ter tilig
(QBH.9a,14).
Ma’nosi:
«Koʻp soʻzlasa, aqli dardga chalindi [ya'ni, esi ogʻdi], deyiladi,
Aksincha, soʻzlamasa, tilni gung-soqov deyiladi».
Yoki yana, Namangan nusxasida:
Til asγï telim bar, basïnma öküš,
Ara ögdilür til, ara miŋ söküš
(QBN.13b.10).
Ma’nosi:
«Tilning foydasi talaydir, ortiqcha xovliqma,
Goho
maqtalur til, gohida ming soʻkish eshitadi».
Hirot nusxasida:
Til asγï telim bar, yasï ma öküš,
Ara ögdilür til, ara miŋ söküš
(QBH.9a,18).
Ma’nosi:
«Tilning foydasi talaydir, ziyoni ham koʻp,
Goho maqtalur til, gohida ming soʻkish eshitadi».
Ezgu ishlar qilmoqlikka bagʻishlangan bobida Namangan nusxasida:
Kiši körki söz-ol, bu söz-ök telim,
Yurï, eδgü sözlüg kišig ög tilim
(QBN.17a.4).
Ma’nosi:
«Kishining koʻrki soʻzdir, soʻz esa talay,
Kel, ey tilim, ezgu soʻzli kishi(lar)ni maqta».
Ushbu bayt Hirot nusxasida shunday:
Kiši körkü söz-ol, söz asγï telim,
Yurï, edgü sözlüg kiši ög tilim
(QBH.10a,21).
Mazmuni:
«Kishining koʻrki soʻzdir, soʻzning foydasi talay,
Kel, ey tilim, ezgu soʻzli kishi(lar)ni maqta».
Asar nusxalarini oʻzaro chogʻishtirish jarayonida matn va mazmun bilan bogʻliq buning
singari misollar koʻp chiqadi.
Bulardan koʻrinadiki,
Do'stlaringiz bilan baham: