130
«Qutadgʻu bilig» masnaviysining uch yirik qoʻlyozmasi ma'lum: shulardan ikkisi arab, biri
turkiy-uygʻur yozuvida. Arab yozuvli qoʻlyozmalarning koʻchirilgan sanasi aniq emas: fanda
Namangan (Fargʻona)
nusxasi taxminan XIII, Qohira nusxasi esa XIV yuzyillikda koʻchirilgan
deb qaraladi.
Uygʻur yozuvli qoʻlyozmaning koʻchirilgan joyi, yil-oyi-kuni va kotibi aniq: uni Hasan
Qora Sayil Shams baxshi hijriy 843, qoʻy yilida, muharram oyining toʻrtinchi kuni (melodiy
1439 yilning 18 iyunida) Hirotda koʻchirib tugatgan. Bu toʻgʻrida masnaviy tugagandan keyingi
tarixda shunday yozib qoʻyilibdi:
Tügändi Qutadγu kitābï tarix sekiz qïrq üč yïlda qoy yïl
muharram aynïŋ törti Haruda
(QBH.93a,26–27 ).
Baxshining (oʻsha chogʻlar uygʻur xatida bituvchi kotibni ana shunday ataganlar)
masnaviyga qoʻshimcha qilingan 38 baytli qasidasidan keyin ham yuqoridagi sana qaytariladi:
Tarix sekiz yüz qïrq üčtä qoy yïl axirï muharram aynïŋ tört yaŋïsï Haru šahrïnda bitildi
(QBH.95a,9–14).
Qoʻlyozmalarning ikki alifboda ekanligi asarning ilkin nusxasi qanday yozuvda bitilganligi
bilan bogʻliq tortishuvga olib keldi: ba'zi olimlar muallif oʻz asarini
arab xatida bitgan desalar,
boshqa birlari bunga teskari fikrda.
Birinchi fikr tarafdorlari roʻkach qila oladigan bir misol bor. «Qutadgʻu bilig»ning beglikka
sazovor kishi qanday boʻlmogʻi kerakligi haqidagi bobida begning sifati ta'riflanar ekan, qiziq bir
bayt keltiriladi. Ushbu bayt asarning arab yozuvli Namangan va Qohira nusxalarida shunday:
«Beg» atï «bilig» birlä baγlïγ turur,
«Bilig» «lām»ï ketsä, «beg» atï qalur
(QBN.76a,6; QBQ.53a,13).
Mazmuni: «Beg» oti «bilig» bilan bogʻliqdir,
«Bilig» «lom»i ketsa, «beg» oti qoladi [ya'ni,
«bilig»
soʻzidan
«lām»
harfi ketsa,
«beg»
soʻzi qoladi].
Ushbu baytda muammo san'ati ishlatilgan. Unda
«bilig»
va
«beg»
soʻzlarining arab
xatidagi
yozilishiga ishora qilinib, bu ikki soʻzning mohiyatan ham oʻzaro bogʻliqligi
uqtirilmoqda.
Yanada muhimi, ushbu bayt olimlarni qat'iy xulosaga ham olib kelgan: ularning fikricha,
muallif
asarni arab xatida bitgan, aks holda bunday badiiy san'at ishlatilmagan boʻlardi.
Aytish oʻrinliki, bu fikr arab yozuvli qoʻlyozmaga nisbatan toʻgʻri, lekin uygʻur yozuvli
qoʻlyozmani inobatga olganda, bunday deyish qiyin. Sababi, ushbu bayt asarning uygʻur yozuvli
nusxasida biroz boshqacha shaklda. Mana uning oʻqilishi:
Beg atï bilig birlä baγlïγ turur,
Biligi bedüsä, beg atï qalur
(QBH.38a,11).
Shunga qarab, baytning ma’nosi ham oʻzgaradi:
«Begning oti [ya'ni, nom qozonishi uning] bilimiga bogʻliqdir,
Bilimi buyuklashsa, begning oti (mangu) qoladi [ya'ni, uning dovrugʻi olamga taraladi]».
Baytning bunday talqin qilinuvida jon bor: u oʻzidan avvalgi
va keyingi baytlarning
mazmuni bilan ham uygʻun.
Urgʻulash oʻrinliki, Qoraxoniylar davlatida eski turkiy-uygʻur xatining mavqei ancha
yuqori edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining «Devonu lugʻati-t-turk» asarida turkiy xalqlarning
milliy yozuvi toʻgʻrisida soʻz yurita turib, ana shu yozuvni keltirgan (
qarang:
DLT,16–17).
Ushbu
dalillarga tayanib, shunday fikrni aytish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: