Tili va adabiyoti universiteti


boshda (muallif nusxasida) bob sarlavhalarining bari faqat turkiyda edi



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

boshda (muallif nusxasida) bob sarlavhalarining bari faqat turkiyda edi. 
Keyinchalik, boshlangʻich boblarning sarlavhalari sharq islom kitobat an'anasi yoʻlini 
tutib, arabchaga oʻgirilgan
. Shunga koʻra, asarning uygʻur yozuvli Hirot nusxasi qandaydir 
eskiroq nusxaga tayanganligini taxmin qilish mumkin. 
Yana, fihristlardagi bilan matnning ichki sarlavhalari soni ham oʻzaro teng kelavermaydi. 
Shuning uchun fihristlargagina tayanib, asar necha bobli ekani toʻgʻrisida fikr bildirish uqadar 
toʻgʻri emas. Buning uchun ichki sarlavhalarni ham muayyan izchillikda qiyoslab chiqmoq 
kerak. Ana shunda asar boblarining soni 75 taga chiqadi. 
Islom davri asarlari, taomilga koʻra, basmala bilan boshlangan va uni tarjima qilmay, 
arabcha ishlatish rusum boʻlgan. Muhimi shundaki, 
Yusuf Xos Hojib oʻz asarida basmalani 
turkiyda keltiradi

Masalan, Namangan nusxasida 
«Yeti kavākib on buruj»
bobi turkiy basmala bilan 
boshlangan. Mana uning oʻqilishi: 
Bayat atï birlä sözüg bašladïm, 
Törütkän, igiδgän, kečürgän iδim. 
«Xudoning oti bilan soʻzni boshladim, Yaratgan, Parvarishlagan, Kechirgan Egamdir» 
(QBN.11b,11). 
Shuningdek, asar davomida personajlarning bir-biriga yozgan uchta maktubi joy olgan. 
Ular ham turkiy basmala bilan boshlanadi, biroq ular muallif tilidan oʻzlashtirma gap shaklida 
keltirilgani uchun jumlalar kesimida farq bor. Oʻqilishi shunday: 
Bayat atï birlä sözin / sözüg bašladï, 
Törütkän, igiδgän, kečürgän iδi / tedi. 
«Xudoning oti bilan soʻzni boshladi, Yaratgan, Parvarishlagan, Kechirgan dedi» 
(QBN.55a,7; 118b,2; 136a,14). 
Ahamiyatlisi, QBH va QBQ nusxalarida QBN dan farqli oʻlaroq, asarning ilk – Allohga 
hamd boʻlimi ham ana shu bayt bilan boshlangan (
qarang:
QBH.5b,20; QBQ.8b,8). 
Anglashiladiki, asarning muallif nusxasida hamd boʻlimi ham ana shu bayt bilan 
boshlangan. QBN nusxasini koʻchirayotgan hattot, arabcha basmala bilan kifoyalanib, turkiysini 
tushirib qoldirgan koʻrinadi.
Qoʻlyozmalar qiyosi bilan bogʻliq yana bir misol. «Qutadgʻu bilig»ning toʻrtinchi bobi 
yetti yulduz va oʻn ikki burj ta'rifiga bagʻishlangan. Asarning Namangan nusxasida ushbu bob 
Yeti kavākib, on iki buruj, 
ya'ni «etti sayyora va oʻn ikki burj (toʻgʻrisida)» deb atalgan 
(QBN.11b,10).
Qohira nusxasida ushbu boʻlim tushib qolgan, lekin sarlavhasi mundarijada bor. U yerda u 
Yeti kavākib, on iki yulduznï ayur,
ya'ni «etti kavokib va oʻn ikki yulduz toʻgʻrisida aytadi» deb 
berilgan (QBQ.4b,6).
Hirot nusxasidagi ichki sarlavhada 
Yeti yulduz, on iki ökäk buruj ayur,
ya'ni «etti yulduz, 
oʻn ikki burj (toʻgʻrisida) aytadi» deyilgan (QBH.8a,25). Qizigʻi shundaki, ayni nusxaning 
fihristida ushbu bob 
Yeti yulduz, tört yaγïz, on iki ökäkniŋ erdükini ayur
deb atalgan (QBH.4b,9). 
Boshqa nusxalardan farqli oʻlaroq, bu sarlavhaga 
tört yaγïz
birikmasining kiritilgani muhim 
va buning asosi bor. Qadimgi turkiy tilda
yaγïz 
sifati «erning rangi»ni, ya'ni «boʻz; qoʻngʻir 
rang»ni bildirgan: «osmon»ni 
yašïl kök, 
ya'ni «moviy koʻk» desa, «er»ni 
yaγïz yer, 
ya'ni «boʻz; 
qoʻngʻir yer» deya ta'riflanadi badiiy asarlarda. Bu soʻz tuproqning sifati boʻlib kelganini 


133 
e'tiborga olsak, 
tört yaγïz
birikmasida uning boshqa bir ma’nosi yuzaga chiqadi: bu oʻrinda 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish