131
E'tiborni tortadigan yeri
shundaki, uchala nusxaning matni bir-biriga toʻla mos kelmaydi.
Qoʻlyozmalarning biri boshqasidan koʻchirilgan ham emas
. Ularga tamoman boshqa-boshqa
nusxalar asos boʻlgan.
Mavjud nusxalarning hech biri toʻliq emas. Bir nusxadagi bob boshqasida tushib qolgan
yoki ularning ayrimlari birlashtirib yuborilgan. Baytlarining soni ham koʻp oʻrinda oʻzaro teng
kelmaydi: bir nusxada bor bayt boshqasida uchramaydi va b. Qoʻlyozmalar ichida nisbatan
toʻligʻi QBN boʻlib, u 6106 baytlidir.
Uygʻur yozuvli nusxada esa undan ozroq – she'riy muqaddimani qoʻshib sanaganda 5772
baytdan iborat.
Shunga qaramay, mazkur qoʻlyozmada asarning boshlanishi va oxiri bor.
«Qutadgʻu bilig»ning uchala nusxasida matn tuzilishi ham bir oz farqli.
Jumladan, QBN
nusxasi qisqa nasriy muqaddima bilan boshlangan. Soʻng fihrist-i abvab keladi, keyin yana
unvon (basmala) bilan mavzuga oʻtiladi.
Uygʻur yozuvli QBH nusxasi ham nasriy muqaddima bilan boshlangan.
U tugagach, 76
baytli she'riy muqaddima keladi. Unda ham nasriy muqaddimada tilga olinganlar birma-bir,
ammo endi nazmda bayon etilgan. Ikkinchi muqaddimadan keyin
Fihrist-i abvab
sarlavhasi
bilan boblar mundarijasi keltirilgan. Fihristdan soʻng unvon bilan mavzuga koʻchiladi.
QBQ nusxasining tuzilishi ham uygʻur yozuvli qoʻlyozmaga yaqin.
Asar boblarining boshdagi oʻn biri debochadir. Bular hamd, sano; na't; yorugʻ koʻklam va
ulugʻ Bugʻraxon madhi; yetti yulduz va oʻn ikki burj bayoni; kishi oʻgʻlining qadri
bilim va uquv
bilan belgilanajagi; tilning foydasi bilan ziyoni; kitob egasining uzri;
ezgulikning madhi; bilim
va aqlning fazilati; kitobning mazmuni va muallifning oʻzi toʻgʻrisidagi boblardir. Oʻn ikkinchi
fasldan boshlab voqealar bayoniga oʻtiladi.
QBQ ning xotimasida mavzudan tashqari yana uchta bob keltirilgan. Ularda oʻtgan
yigitlikka oʻkinch, zamona buzuqligʻiyu doʻstlar jafosining xasrati, kitob egasi Yusuf ulugʻ
Hojibning oʻziga pandi bayon etiladi.
QBN da matn soʻngidagi ushbu uchta bob tushib qolgan, toʻgʻrirogʻi, qoʻlyozmaning oʻsha
betlari yoʻq. Biroq fihrist-i abvabda ularning ikkisi (
Fanî dunyākä arïlïp, tiriglig yawa bolmïšï;
Zamāna bïwasïnï, dōstlar jafāsïn ayur
) yakuniy boblar sifatida qayd etilgan.
Uygʻur yozuvli QBH da esa xotimadagi oʻtmish yigitlikka oʻkinch; zamona va doʻstlar
vafosizligʻining xasrati haqidagi fasllar uchramaydi. Unda soʻnggi kitob egasi Yusuf Xos
Hojibning oʻziga pandi haqidagi bob keltirilgan. Lekin asar boshidagi mundarijada ushbu fasllar
(70–72-boblar) qayd etilgan. Ularning atalishi shunday:
Tiriglig yawa qïlmïšïn ökünmäkligin
ayur; Yūsuf čïlbašï yigitlikkä ökünüp, awučqalïγïn ayur; Ödläk artaqï, dōst-qadaš jafāsïn ayur
.
Uchala qoʻlyozma fihristlarining koʻlami ham har xil. Jumladan, QBN fihristida 67
bobning sarlavhasi keltirilgan. Asarning ilk an'anaviy – tangriga hamd; yalavoch alayhissalom
oʻgdusi; toʻrt sahobaning fazilati; Oʻrdukan xoni Tavgʻach Bugʻraxon madhi boʻlimlarining oti
mundarijada yoʻq. Beshinchi – yetti kavokib va oʻn ikki burj toʻgʻrisidagi bobning sarlavhasidan
oldin
Kitap bašï
deb qayd etilgan.
QBH fihristida berilgan boblarning soni esa 73 ta. Lekin ushbu fihristda,
avvalgi
qoʻlyozmadan farqli oʻlaroq, boshlangʻich an'anaviy toʻrtta bobning sarlavhasi ham siraga qiradi.
Yana bir belgisi, fihristdagi boblar tartib koʻrsatkichi bilan berilgan:
avval bāb, ikinč bāb, üčünč
bāb, törtünč bāb
va b. Oxirgisi
yetmiš ikinč bāb
, xotimasi esa
soŋ bāb
deb qayd etiladi.
QBQ fihristida 72 bobning atalishi berilgan boʻlib, unda ham asarning boshlangʻich
an'anaviy boʻlimlari boblar sarasida turadi. Ma'lumki, oʻrta asr kitobatchiligida asar
muqaddimasidagi an'anaviy boʻlimlar va xotima (kitob egasining uzri keltirilgan bob)
zaruriy
edi. Ularni fihristda qayd etmaslik matnshunoslikda jiddiy nuqson sanalmagan. Shuning uchun
boʻlsa kerak, QBN fihristida ham ushbu boblarning sarlavhalari tushirib qoldirilgan koʻrinadi.
Yana bir belgisi: QBN da matn orasida ana shu dastlabki toʻrt bobning sarlavhalari
arabcha, qolganlari turkiyda.
132
QBQ nusxasidagi bob sarlavhalari bir oz farq qiladi: fihristdagi sarlavhalarning bari
turkiyda; matn orasida esa dastlabki uch bob sarlavhasi arabcha; toʻrtinchi – Bugʻraxon oʻgdusi
bobidan boshlab turkiy atalgan.
Muhimi shundaki, uygʻur yozuvli QBH da ushbu boblarning sarlavhalari fihristda ham,
matn orasida ham turkiydadir. Jumladan, matn ichidagi ilk toʻrtta sarlavha shunday:
Teŋri ’azza
va jalla ögdüsin ayur; Yalawač ’alayhis-salam ögdüsin ayur; Tört ṣaḥabanïŋ faḍilatïn ayur;
Yaruq yaz faṣlïn, uluγ Buγraxan ögdüsin ayur.
Koʻrinadiki,
Do'stlaringiz bilan baham: