Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

zohidiy@yandex.ru
 


137 
dinshunoslik, geografiya, falsafa va boshqa qator sohalarga bagʻishlangan ellikdan ortiq yetuk 
ilmiy asarlar yaratdi. Ular asosan arab tilida yozilgan boʻlib, aksariyati qoʻlyozma holida 
davrimizga qadar yetib kelgan va hozirda jahoning turli qoʻlyozma hazinalarida saqlanmoqda. 
Abulqosim Mahmud Zamaxshariyning yagona koʻp tilli, ilmiy asari “Muqadamatu-l-
adab” hisoblanadi. Bu nodir asar kabi koʻp tilli, keng qamrovli, murakkab tuzilishli, qomusiy 
manba filologiya fani tarixida kam uchraydi. Zamaxshariy asarning arabiy soʻzligi tarkibiga juda 
boy va keng qamrovli maʼno xususiyatlariga ega boʻlgan soʻz maqolalarini kiritgan. Muallif 
arabiy soʻzlikning turkiy muodillarini keltirar ekan, arabiy feʼl maqolalarining bir necha maʼno 
anglatshini nazarda tutib, ulardan eng asosiy mazmunni tanlab olgan va uni manba tarkibiga 
kiritgan. Hvr bir arabiy soʻz maqolasi bir turkiy muodil vositasida koʻrsatilgan. Bundan tashqari 
arabiy soʻz maqolalarining turkiy soʻzlikda ikki, uch xatto toʻrt soʻz maqolasi bilan berilgan 
hollari ham uchraydi. 
“Yasa” oʻzagidan yasalgan feʼllarning maʼno doirasi qadimdan anchagina keng boʻlgan. 
U qadimgi turkiy tilda “qurmoq, qilmoq, tashkil qilmoq” maʼnolarini anglatgan [DTS.245]. Eski 
oʻzbek tilida “yasa” feʼli “tartib bilan qoʻymoq”, “tuzmoq”, “aniqlamoq, hal qilmoq” kabi 
maʼnolarni ifodalagan [SUYA.1.491]. Keyingi davrlarda uning maʼno doirasi yana-da kengayib 
XIV–XV asrlarda, xususan, Alisher Navoiy asarlarida 1) “qurmoq, bino qilmoq”; 2) “yasamoq, 
vujudga keltirmoq”; 3) “yozmoq, tartib bermoq”; 4) “bezamoq, ziynatlamoq, yigʻishtirib ozoda 
qilmoq”; 5) “oʻnglamoq, tuzatmoq, isloh qilmoq”; 6) “qoʻshmoq, oʻzidan qoʻshmoq [gapirmoq]” 
[АNATIL.III.596-597] maʼnolarini anglatgan. Hozirgi oʻzbek tilida ham “yasamoq” feʼlining 
semantik doirasi keng boʻlib, quyidagi maʼnolarni ifoda etadi: 1) “biror narsani yuzaga 
keltirmoq, hosil qilmoq” [mas: qurmoq, tayyorlamoq, pishirmoq]; 2) “narsalarni maʼlum tartibda 
joylab tuzamoq, koʻrkam qilib, taxt qilib, hozirlamoq”; 3) “bezatmoq, bezantirmoq”; 4) koʻchma 
maʼno –“toʻqib chiqarmoq, uyushtirmoq” [OʻTIL.P.497]. 
“Muqaddamatu-l-adab” matnida -yasa oʻzagidan yasalgan feʼllar 25 oʻrinda qoʻllanilgan 
va quyidagi maʼnolarni anglatgan: 
1)
“yasamoq”: 
[МАА.271а.1] 
ىن هموك اقنا ىداسي – yasadi anqa kumani – ““unga sovutni yasadi”. Feʼlning 
forsiy muodili ار هرز ىورب درك تسار – rast kard bar vay airihra – “unga sovutni toʻgʻriladi, mos 
qildi” maʼnosini anglatadi. “MAB” qoʻlyozmadagi feʼlning forsiy maʼnodoshi [MAB.50a.7] 
ىوربديشوبهرز – zirih pushid bir vay ىنقيراياكناىدروديك– kiydurdi ana yariqni – “unga sovut 
kiydirdi”, “MAV” qoʻlyozmada esa [MAV.41b.2] ارهريزوربديناشوب–poʻshanid biru zirih ra 
ىناقوراياكناىدروديك–kiydurdi ana yaruqani koʻrinishida keltirilgan. Har ikkala yordamchi 
nusxalardagi forsiy jumlalar “unga sovutni kiydirdi” maʼnosini anglatgan. Feʼlning arabcha asli 
س
ن – sanna – “oʻtkirlamoq, charxlamoq” [ARSl.376], “biror shaklga kiritmoq, shakl bermoq” 
[Girgas.380] maʼnolarini anglatadi. “Yasamoq” feʼlining “biror narsani yuzaga keltirmoq, hosil 
qilmoq” maʼnosi hozirga qadar saqlanib qolgan [OʻTIL.P.487]. Demak, yuqoridagi yasadi feʼli 
oʻz maʼnosida toʻgʻri qoʻllanilgan. 
2)
“ishga yaroqli qilmoq”: 
[МАА.402 б.4] 
ىن تيود ىداسي – yasadi davetni – “davotni, siyohdonni ishga yaroqli qildi”. 
Mazkur iboraning arabcha shakli ةاودلا قلاا– alaqa-d-davata – “siyohdonga xom ipak (los) soldi” 
[ARSL.737] maʼnosini anglatadi. Feʼlning forsiy muodili esa ار تاود تحاسب– bisaxt davat ra 
koʻrinioʻida keltirilgan. Saxtan feʼli “yasamoq, qurmoq, yaratmoq” [RPRSl.P.8] maʼnosini 
beradi. Bu feʼl yordamchi nusxalarda [MAB.135a.4] ىن تيود ىدراكنوا– onardi davetni, 
[MAV.92a.8] ىن تويد ىدروتشاري– yarashturdi devatni koʻrinishida berilgan. Yuqoridagi feʼllar – 
onar – “yaxshilamoq, tuzatmoq, toʻgʻrilamoq” [DTS.367] maʼnolarini, yarashtur esa “tartibga 
keltirmoq, muvofiq qilmoq” [DTS.240] maʼnolarini ifodalaydi. “MAB” qoʻlyozmadagi onardi 
feʼlining forsiy maʼnodoshi ار تويد درك تسار– rast nard devat ra – “davotni toʻgʻriladi, tuzatdi” 
[RPSL.1.707] maʼnosini anglatadi. Shu feʼlning “MAV” qoʻlyozmadagi mazmundoshi esa هيقل
درك
ار تويد
–laqiya kard davet ra koʻrinishida, shuningdek [MAG] qoʻlyozmada ار تويد درك هقيل –


138 
liqa kard devatt ra shaklida keltirilgan. Iboradagi liqa soʻzi “siyohdon ichiga solinadigan shoyi 
yoki suf (sherst) tolalarining chiqindisi” [RPRSl.P.435] mazmunini beradi. Yuqoridagi yasadi 
devatni iborasi Poppeda “siyohdonni bezadi” deb tarjima qilingan [Poppe.P.202]. Bu tarjima 
arabiy asl matn ifodalagan maʼnoni toʻliq anlatmaydi. Yordamchi qoʻlyozmalardagi feʼllarning 
mazmuni mazkur oʻrinda yasadi feʼlining “bezamoq” emas, balki “toʻgʻirlamoq, hozirlamoq, 
tayyorlamoq” maʼnosini anglatishiga ishora qiladi. Bu esa yuqorida keltirilgan yasadi davetni 
iborasini “siyohdonni ishga yaroqli qildi, ishga hozirladi” mazmunida tarjima qilishimizga 
yetarli asos boʻla oladi. 
3)
“tuzatmoq, isloh qilmoq, yashamoq” 
[МАА.270а.3] 
ىن ىرلا قوزي كنين مات ىداسي – yasadi tamnin yazuqlarini –“devorning 
buzilgan yerlarini tuzatdi, devorni yamadi”, bu feʼl har ikkala yordamchi nusxalarda onardi feʼli 
orqali izohlangan, qiyoslang: [MAB.49b.7] ىنمات ىدراكنوا– onardi tamni, [MAV.41a.5] ىدراكنوا
ىناسراان–onardi naarsani; [MAV.67b.6] ىناسريان ىتج–chatti naersani. Keyingi iboradagi chati feʼli 
ham yasandi ning aynan “tuzatmoq, yamamoq” maʼnosida qoʻllanilganligini taʼkidlaydi. 
“Chatmoq” feʼli hozirgi oʻzbek tiliga qadar saqlanib kelgan. U “ulamoq”, “yopishtirmoq”, 
“koʻklamoq” maʼnolarini anglatadi [OʻTIL.P.358]. Demak, “Muqaddamatu-l-adab”da 
“tuzatmoq, isloh qilmoq, yamamoq” mazmunlarini anglatgan chatti feʼlining mazmuni tilimizda 
faol qoʻllanilmoqda. 
4)
“qurmoq, bino qilmoq”: 
[МАА.433б.4] 
شوق ىداسي ويا –ev yasandi qush –“qush uya yasadi”, “MAB” qoʻlyozmada bu feʼl 
ev soʻzidan morfologik usul bilan yasalgan feʼl orqali ifodalangan, qiyoslang: [MAB.149b.3] 
شوق ىدلاافيا– evaladi qush – “qush uyaladi, in qurdi”. [MAA.464a.4]
ي
ىن هريظح ىداس – yasadi 
xazinarani – “oʻtarni qurdi, qoʻtonni yasadi, bino qildi”. Qiyoslang: [MAB.165a.4] ىدليق هريظح– 
xazira qildi. [MAV.109b.5] ىداسي نارا– aran yasadi. 
5)
“bezatmoq, ziynatlamoq, chiroyli qilmoq”: 
[МАА.443б.3] 
ىن فيا ىداسي ىشخي –yaxshi yasadi evni – “uyni yaxshi bezadi”. Yordamchi 
nusxalarda boshqa feʼllar keltirilgan, qiyoslang: [MAB.152b.6] ىنفياىدلاوجلا– alchuladi evni – 
“uyni ganchladi” [RSL.1.425], [MAV.102b.8] ىنفياىدازبلاربباميس– simab birla bezadi evni – “uyni 
simob bilan bezatdi”. Har ikki holda ham uyni pardozlash maʼnosi anglashilib turibdi. Bu 
feʼlning forsiy muodillaridan ham shu mazmunni anglash mumkin, qiyoslang: [MAB.152b.6] 
هناختسارايب– biyarast xana – “xonani bezadi”, [MAV.102b.8]
م
باميسبارهناحدركشقن – munaqqish kard 
xana ra bi simab –“uyni simob birla bezadi”. [MAA.492b.4] ىداسيىنيزوا– ozini yasadi – “oʻzini 
bezadi, ziynatladi”. Iboradagi oʻzlik maʼnosi alohida oz oʻzlik olmoshi orqali ifodalangan, 
“MAB” qoʻlyozmada bu mazmun oʻzlik affiksi orttirilgan feʼl yordamida berilgan, qiyoslang: 
[MAB.191b.6] ىدلوزوق– quzuldi –“bezandi” [DLT.P.181]. [MAA.503b.4]
ا
ىداسيىنيزو – ozini 
yasadi – “oʻzini yasadi, bezadi, ziynatladi”. Bu feʼlning arabiy muodili هبنيزت– tazayyana bihi – 
“u bilan bezandi” [ARSl.341] mazmunini anglatadi. “MAV” qoʻlyozmada esa u [MAB.179b.3] 
لاريبكنيناىدنازب– bezandi anin birla – “u bilan bezandi” shaklida berilgan. “MAA” qoʻlyozmada 
feʼlning oʻzlik mazmuni ifodalansa-da, toʻliq mazmun anglatilgan emas. “MAB” qoʻlyozmadagi 
turkiy soʻzlik esa arabiy matnga ham shaklan, ham mazmunan mos tushadi. [MAA.572a.1] 
ىنباتكىداسي– yasadi kitabni – “kitobni bezadi, ziynatladi”. “MAV” qoʻlyozmada bu feʼl 
[MAV.134b.9] ىنكيتبىدتيبويازب– bezayu bitdi bitigni – “bitikni bezatib bitdi, xatni chiroyli qilib 
yozdi” maʼnosida keltirilgan. Poppeda yasadi kitabni iborasi “kitobni tuzdi” [POPPE.P.202] 
mazmunida tarjima qilingan. Feʼlning arabiy soʻzlikdagi shakli منمن– namnama – “bezamoq, 
naqshlamoq” [QJ.1254] maʼnolarini anglatadi. Demak, yuqoridagi – yasadi feʼli “tuzmoq” emas, 
balki “yasamoq, bezamoq” maʼnolarini ifodalaydi. 
6)
“soʻz qoʻshmoq, yolgʻon gapirmoq”: 
[МАА.468б.1] 
ىنزوس ىداسي ناقلاي – yalgʻan yasadi sozni –“soʻzni yolgʻon gapirdi”. 
Qiyoslang: [MAB.167b.3] ىنزوس ىتج– chatti sozni. [MAA.442b.4] لاريب ناقلي ىنزوس ىداسي– yasadi 
sozni yalgʻan birla – “soʻzni yolgʻon bilan gapirdi”. Keyingi nusxalarda bu feʼl koʻchma 


139 
maʼnodagi bazadi feʼli bilan berilgan, qiyoslang: [MAB.152a.4] ىنزوس ىدازب– bazadi sozni, 
[MAV.102b.2] ىنزوس ىتج ويازب– bazayu chatti sozni. [MAA.469b.4] ىن ناغلي ىداسي– yasadi 
yalgʻanni – “yolgʻon gapirdi”. Qiyoslang: [MAB.168a.7] ىتج ناغلي– yalgʻan chatti. 
7)
“saf tortmoq, safga tizmoq, saf qilmoq, tartibga keltirmoq”: 
[МАА.457б.2] 
ساي هكريج
هدشيجناس رلا ىدا
– chirka yasadilar sanchishda – “urush uchun safga 
tizildilar”. Yordamchi nusxalarda tayanch nusxadagi
ىف
لاتقلا
– fi-l-qitali soʻzi tushib qolgan, 
lekin “saf tormoq, safga tizmoq” maʼnolari aniq ifodalangan, qiyoslang: [MAB.161a.1] فص
ت
اقرلالا ىترا – saf tartti anlarqa, [MAV.107a.8] لاريب رلانا ىتشوتوت فص– saf tututshti anlar birla. 
N.Poppe yuqoridagi iborani “qoʻshinni urush uchun safga tizdilar” [POPPE.P.132] mazmunida 
tarjima qilgan. Demak, har uchala holatda ham feʼlning maʼnosi arab tilidagi asliga toʻgʻri 
anglashilgan. 
8)
“tuzmoq, tashkil qilmoq”: 
[МАА.421б.3] 
ىن كيرج ىداسي – yasadi cherikni – “qoʻshinni tuzdi, qoʻshinni tashkil qildi”. 
Bu feʼl “MAB” qoʻlyozmada [MAB.139b.1] ىنكيرجىدليققونا – anuq qildi cherikni – “qoʻshinni 
tayyor qildi”, yaʼni “qoʻshinni safga tizib, tayyor qildi” maʼnosida keltirilgan. “MAV” tayanch 
nusxadagi singari yasadi cherikni shaklida berilgan. N.Poppeda ushbu feʼl “qoʻshinni saf qildi” 
[POPPE.P.202] mazmunida tarjima qilingan. Biz yuqoridagi fikrlarga asoslanib yasadi cherikni – 
iborasini “qoʻshinni tuzdi” mazmunida oʻgirdik. [MAA.446b.1] ىنكيرجىداسي – yasadi cherikni – 
“qoʻshinni tuzdi”. Qiyoslang: [MAB.154b.1] ىنكيرجىدزوت– tuzdi cherikni. 
9)
“quymoq, shakliga keltirmoq”: 
[МАА.279а.4] 
نرلا نوتاح ىداسي
ىرلا همين روناسي هليب نوتلا كني
– yasadi xatunlarnin altun bila 
yasanur nimalari(ni) – “xotinlarning oltindan yasalgan bezaklarini quydi, yasadi”. N.Poppeda bu 
ibora yasadi xatunanin altun birla yasanur nimalarini – “xotinuning oltinidan taqinchoq yasadi” 
[Poppe.P.203] shaklida keltirilgan. Bu esa asl matndagi “qimmatbaho taqinchoqlarni qoʻydi” 
mazmunini bermaydi. “MAB” qoʻlyozmada tayanch nusxadagi xatunlarnin altun birla yasanur 
nimalari birikmasi qisqagina bezak soʻzi orqali ifodalangan va [MAB.55a.7]
وق
ىنكازبىدي – quydi 
bezakni, “MAV” qoʻlyozmada esa [MAV.44b.4] ىنهشوماشىديوق– quydi shamushani koʻrinishida 
berilgan. Arab tilidagi feʼl ham aynan “taqinchoqlarni, bezaklarni qoʻydi” maʼnosini anglatadi. 
10)
“bichmoq”: 
[МАА.436б.4] 
هك كلكنوك ىداساي كني – yen yasadi konlakka – “koʻylakka yeng bichdi”. 
Mazkur yasadi feʼli ushbu oʻrinda “bichmoq” maʼnosiga juda mos tushadi, shu sababli biz uni 
shu maʼnoda izohladik. Yordamchi nusxalar bilan qiyoslang: [MAB.148a.7] ىدليق ىجوا كني
اككلاكنوك– yen uchi qildi koklakka, [MAV.100a.8] اك كلاكنوك ىديوق ىجوا– uchi koydi konlakka. 
11)
“tayyorlamoq, hozirlamoq”: 
[МАА.502а.2] 
نوجوةا شيا ىنيزوا ىداسي – yasadi ozini ish uchun – “oʻzini ish uchun 
tayyorladi, hozirladi”. “MAB” qoʻlyozmada bu feʼl [MAB.178b.4] اكشيا ىديوك– quydi ishga 
shaklida keltirilgan. 
- Kuy feʼli qadimgi turkiy tilda “yonmoq” [DTS.312] maʼnosida qoʻllanilgan. Alisher 
Navoiy asarlari tilida “yonmoq, oʻrtanmoq”, “azoblanmoq, iztirob chekmoq”, “yonmoq, kul 
boʻlmoq” [ANATIL.P.134] maʼnolarini anglatgan. Demak, “kuymoq” feʼli “oʻrtanmoq” 
maʼnosida yuqoridagi “yasamoq” feʼli ifodalagan maʼnoga yaqin keladi. 
12)
“yaxshi koʻrsatmoq”: 
[МАА.444а.3] 
همين لوا ىشخي اقنا ىداسي –yasadi anqa yaxshi ul nima – “unga u narsani 
yaxshi koʻrsatdi”. N.Poppeda mazkur ibora aynan “unga u narsani yaxshi qildi” [Poppe.P.203] 
shaklida tarjima qilingan. Feʼlning arabcha asli اذكهسفنهلتلوسsavvalat lahu nafsuhu kaza – “uning 
koʻngli unga ul narsani yaxshi koʻrsatdi, diliga yoqadigan qildi” [QJ.496] maʼnolarini anglatadi. 
Feʼldagi nozik maʼno farqi yordamchi nusxalarda maʼlum miqdorda sezilib turibdi, qiyoslang: 
[MAB.153a.2] 
ىناسرااننلافاكناىنتىدازب– 
bezadi 
tani 
ana 
falan 
naarsani, 
[MAV.103a.2] 
ىنبوزواىسفنىدربويازب– bezayu berdi nafsi uza nimani. Keltirilgan misollarga asoslangan holda, 
yuqoridagi iborani “unga u narsani yaxshi koʻrsatdi” mazmunida izohlashni maʼqul topdik. 


140 
Yuqorida keltirilgan misollardan shu narsa koʻrinib turibdiki, tayanch qoʻlyozmadagi 
birgina yasadi feʼli anglatgan maʼnolar yordamchi nusxalarda onardi, yarashturdi, chatti, bezadi, 
quzuldi, bezayu bitdi, bezayu chatti, saf tartti, saf tutushti, anuq qildi, tuzdi, quydi, kuydi kabi bir 
turkum feʼllar orqali izohlangan. 
Xulosa qilib shuni taʼkidlamogʻimiz lozimki, lugʻat matnida uchragan yasadi feʼli keng 
maʼno qatoriga ega va bu maʼnolarning aksariyati ayrim oʻzgarishlar bilan hozirgi tilimizga 
qadar yetib kelgan. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish