101
5.
Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистика асослари. — Тошкент: Академнашр,
2013. – 22-б.
6.
Тетова Л.В. Коммуникативные стратегии в политическом дискурсе
7.
Дацюк С.В. Типология коммуникационных стратегий. Д. А. Скулимовская
Иркутск, Россия. СТРАТЕГИИ И ТАКТИКИ В ПОЛИТИЧЕСКОМ ДИСКУРСЕ (НА
МАТЕРИАЛЕ ВЫСТУПЛЕНИЙ Б. ОБАМЫ). Политическая лингвистика. 1 (61)'2017
Xorazm shevalaridagi laqablar va ularni tadqiq qilishning nazariy va amaliy
ahamiyati
Nicknames in Khorezm dialects and the theoretical and practical significance of
their study
Qodirova Xurshida
Marselovna
*
Annotation:
This article analyzes the nicknames in the oghuz and kipchak dialects of
Khorezm, the problems of their collection and study, as well as theoretical and practical issues
of the study of nicknames, speech processes associated with the use of nicknames.
Key words:
Khorezm dialects, nicknames, nicknames with positive meaning, nicknames
with negative meaning.
Tilshunoslar butun dunyoda tilni tadqiq etishning eng maqbul yoʻllarini hamisha izlab
kelgan. Bu jarayonlarda jiddiy muvaffaqiyatlarga ham erishilgan.
Hozircha ana shunday
muvaffiqiyatlardan biri, shubhasiz, tilshunoslikda antropotsentrik paradigmaning yuzaga
kelganligi va uning turli koʻrinish hamda yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotganligidir
[Mahmudov, 2012:16]. Xorazm shevalaridagi laqablarni tadqiq
qilishda antropotsentrik
paradigma yoʻnalishlari boʻyicha ham yondashish til va xalq tarixi haqida qimmatli
ma’lumotlarni beradi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy
taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash
sifatini tubdan yaxshilashga erishishimiz kerakligi, bu ishlar uchun esa moliyaviy resurslar va
mablagʻlarni aslo ayamasligimiz kerakligi haqida gapirgan edi [ Mirziyoyev, 2019].
Laqablar uzoq davrlardan buyon shevalarda qoʻllanib kelinadi.
Bir paytlar laqablar
insonlarini bir-biridan ajratish uchun qoʻllanilgan boʻlib, u hozirgi familyaning vazifasini
bajargan. Hozirgi kunda ham laqablar keng qoʻllaniladi. Demak, laqablarga ehtiyoj mavjud.
Tilimizda laqablarni ishlatar ekanmiz, u kimnidir ulugʻlasa, boshqa birovni uyatga
qoʻyishini oʻylab ham koʻrmaymiz. Shu kabi ehtiyojlardan kelib
chiqqan holda laqablarni
anglatadigan ma’nosiga koʻra, shartli ravishda ikki guruhga ajratgan holda oʻrganamiz:
1.
Ijobiy ma’no bildiruvchi laqablar.
2.
Salbiy ma’no bildiruvchi laqablar.
Ijobiy ma’no ifodalaydigan laqablar kishilarni xursand qiladi va oʻsha laqab egasi
oʻzining laqabidan faxrlanadi, mamnun boʻladi. Bunga misol qilib quyidagi laqablarni
koʻrsatishimiz mumkin:
*
Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, xurshida_1989 @mail.ru
102
Eşo:n (eshon)
– aslida bir kishiga qarata hurmat koʻrsatib aytiladigan “ular”
olmoshi
boʻlib, keyinchalik “kishilar orasida obroʻ qozongan ruhoniy” ma’nosini anglata boshlagan
[Rahmatullayev,2009: 269]. Xorazm viloyati hududi (ayniqsa Bogʻot tumani)da eshonlar keng
tarqalgan boʻlib ular xalq ichida juda mashhurdirlar.
Ular boshqa odamlarni “
Do'stlaringiz bilan baham: