Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. – Toshkent – 2014.
2.
Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. 
3.
Кравченко В.Л. Concept “senseof Beauty” in Japaneseculture: cross–cultural aspect. 
VII Научно-практическая конференция "Спецпроект: анализ научных исследований" (14-
15 июня 2012г.) 
4.
Chzhan Yelena. Comparative analysis of the concept of beauty in English and 
Russian. The Kazakh-American Free University Academic Journal №3 - 2011. 
5.
Садриева Г.А. Метафорическая репрезентация концепта «красота» в 
английском, русском и татарском языках. Известия ВГПУ – 2013. 
6.
Мещерякова Ю.В. Концепт «красота» в английской и русской
лингвокультурах: Автореф. дисс. канд.филол. наук. Волгоград: Перемена, 2004. 
7.
Аверина М.А., Петер И. Г. Представление о красоте в русских и английских 
паремиях // В мире науки и искусства: вопросы филологии, искусствоведения и 
культурологии: сб. ст. по матер. XXV междунар. науч.-практ. конф. – Новосибирск: 
Сибак, 2013. 
Sarlavha-intertekstlarning badiiy matn persepsiyasidagi oʻrni 
The role of title-intertext in the perception of literary text 
Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi
*
 
Annotation:
The title is important in the construction of the literary text. In this article, 
the occurrence of the title as an intertext in an literary text, its forms, and its role in perception 
are analyzed using examples.
*
Tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
mahfuzaxon. 
xomidova@mail.ru
 


95 
Key words
: intertext, title, perception, literary text, proverb, parody 
Badiiy matnning tushunilishi uchun eng asosiy vositalardan biri bu uning sarlavhasidir. 
Sarlavha maqola va materialning ichki mazmunidan kelib chiqib, ungaqoʻyiladigan nom sanaladi 
[Abdurahmonov, 1983:30]. Haqiqatdan ham, asar va maqolalarning nomi yoritilayotgan 
materialning mazmuni va mohiyati, xarakteri va xususiyati, predmeti va belgisi bilan uzviy 
bogʻliq boʻladi. Sarlavha qanchalik mukammal, taʼsirchan va toʻgʻri tanlansa, bu bilan asarning 
kelajakdagi muvaffaqiyati taʼminlanadi. Sarlavhalar sifatida intertekstlardan foydalanish esa 
badiiy matnning ikki karra muvaffaqiyatidir.
Badiiy matnlarda sarlavha-intertekst sifatida maqollarning bir qismi, mashhur asar yoki 
uning qahramonlari nomi, sheʼriy matnlarning misralaridan foydalaniladi. Ular muallifning 
badiiy niyatini ifodalasa, matn qurilishidagi oʻziga xosligini taʼminlasa, kitobxon uchun matn 
mazmuniy persepsiyasi jarayoniga taʼsir qiladi.
Demak, badiiy matnlarda sarlavha sifatida tanlanadigan intertekstual manbalarni quyidagicha 
tasniflashimiz mumkin: 
1.
Sheʼriy parchalar 
2.
Nasriy iqtiboslar 
3.
Mashhur qo ‘shiqlardan iqtiboslar 
4.
Badiiy asarlarning nomlari 
Milliy va xorijiy filmlarning nomlari 
5.
Maqol, matal va iboralar
Badiiy matnlarga intertekstlardan sarlavha sifatida foydalanishning ham oʻziga xos usuli 
bor. Buni shartli ravishda uchga boʻlish mumkin.
1.
Tayyor matnni hech qanday oʻzgarishsiz olish. 
2.
Matnni qisqartirish. 
3.
Matnga qoʻshimcha qoʻshish.
Badiiy matnlarda maqollar sarlavha sifatida kam uchrasa-da, ularning oʻziga xos 
vazifalari matn uchun, uning mazmuniy iroki uchun juda muhim. 
Oʻzbek adabiyoti namunalariga qaraydigan boʻlsak, maqollardan sarlavha sifatida 
foydalanish Gʻafur Gʻulom ijodida koʻp uchraydi. Uning hikoyalari sarlavhalarida maqol va 
iboralardan ham foydalanilgan. Masalan, 
Men nima deyman-u, Qoʻbizim nima deydi; 
Oʻynashmagin arbob bilan; Kalta gap ikki doʻst; Oyoq olishiga qaraydi

kabi hikoyalar maqol 
va iboralar asosida nomlangan boʻlib, ularning mazmuni bevosita hikoya matni ichiga singdirib 
yuborilgan. Gʻafur Gʻulomning aksariyat hikoyalari hazil va yumor asosiga qurilgan boʻlib, 
aslida ularning tagida tanqid, achchiq haqiqatlar mavjud boʻladi. Аdib ayni shunday hikoyalariga 
xalq maqollari va iboralaridan sarlavha tanlaydi. Tanlangan sarlavhaning oʻziyoq kitobxon 
uchun hikoya haqida juda koʻp maʼlumot beradi.
Umuman, badiiy matn sarlavhalari uning turli janrlari talabidan kelib chiqib, juda ixcham 
va mazmunli, emotsional-ekspressiv imkoniyatlari keng til birliklaridan tanlanishi lozimligi 
tadqiqotlarda bayon qilingan. Sarlavha sifatida intertekst turlaridan foydalanish ham 
sarlavhaning matn mazmunini oʻzida ifodalashi, emotsional-ekspressiv imkoniyatlarining yarq 
etib koʻzga tashlanish imkonini beradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, intertekstuallik bu 
kodlangan maʼnoni oʻquvchi tomonidan tushunilishidir. Shu bois ham intertekst sifatida 
tanlangan sarlavhalar oldindan keng omma uchun tanish matnlar boʻlishi kerak, aks holda matnni 
tushunish jarayonida kommunikativ muvaffaqiyatsizlik yuz beradi.
Sheʼriy matnlarda mashhur badiiy asarlar, ularning qahramoni nomlaridan sarlavha 
sifatida foydalanish ham keng tarqalgan. Xususan, Аbdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani 
va uning qahramonlari Kumush, Otabek, Zaynab kabilar muayyan bir sheʼr sarlavhasi sifatida 
tanlanadi hamda shu sheʼrning mazmuni bevosita sarlavha asosida shakllanadi. Muhammad 
Yusuf, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodida bunday sarlavhali matnlarni koʻplab uchratish mumkin.


96 
Biz intertekst asosidagi sarlavhalarning matn mazmuniy idrokiga taʼsirini oʻrganish 
maqsadida tajriba oʻtkazdik. Tajribamizning dastlabki matni shoir Erkin Vohidovning “Shum 
bola” sheʼri.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish