Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Key words. 
Metaphor, metaphorization, phytomorphic metaphor, naturmorphic 
metaphor, zoomorphic metaphor, gastronomorphic metaphor, religiomorphic metaphor. 
Konsept koʻp qirrali hodisa ekan, uning atrofida koʻplab lisoniy vositalarning rolini 
koʻrish mumkin. Jumladan, metaforalar yordamida ifodalanuvchi goʻzallik konsepti birliklari 
ham ana shunday vositalardan sanaladi. Oʻzbek tili qanchalik boy lisoniy merosga ega boʻlsa, 
ingliz tili ham xuddi shunday boy leksik-lingvistik bazaga ega. Ma’lumki, metaforalar borliqni 
obrazli ifodalash vositasi hisoblanib, oʻz navbatida, ular bir qancha ichki boʻlinishlarga ega 
sanaladi. Masalan, quyidagi turlarini alohida ajratib koʻrsatish mumkin: 
1.
Fitomorfik metaforalar: 
as straight as a willow-shoot – toʻnkaday kuchli,
2.
Zoomorfik metaforalar:
as bold (brave) as a lion – sherday jasur;
3.
Naturmorfik metaforalar: 
as the sun shines – quyosh kabi balqimoq; 
4.
Religiomorfik metaforalar: 
like an angel – farishta kabi;
5.
Gastronomik metaforalar: 
as nice as milk – sutday ajoyib; 
Odatda oʻzbek tilida fitomorfik metaforalar oʻzbek flora dunyosiga xos oʻsimlik 
nomlari bilan bogʻliq oʻxshatishlarni ifodalaydi. Chunonchi, 
gulday goʻzal yuz, maysadek mayin 
qoshlar, gʻunchadek lablar 
va hokazo. 
Tunlar koʻchib zafar tong otar boʻldi, 
Chehrasiga termulamiz – toʻymaymiz. 
Sinfimizdan bir suluv ketar boʻldi, 
Sochi –sunbul, koʻzlari – yalpiz.
(Muhammad Yusuf) 
Ingliz tilida ham bunday misollar koʻpchilikni tashkil etadi. Bunda ifodalanayotgan belgi 
toʻgʻridan toʻgʻri ifodalanishi yoxud obrazlar vositasida aks ettirilishi mumkin. Misol uchun, 
kuchli erkak – strong man
qiyoslashida ifodalanayotgan belgi toʻgʻridan toʻgʻri sifat soʻz 
vositasida aks etgan. 
Chinorday baquvvat – as strong as an oak
qiyoslashida esa belgi obrazli 
ifodalangan. Ya’ni kuchlilik belgisini yaqqolroq ifodalash uchun bu vazifa tabiatdan olingan 
chinor obraziga yuklangan. Nega aynan daraxt obrazi? Yoki nega aynan chinor?! Chunki daraxt 
tabiatdagi nabotot olamining eng kuchli vakili. Boshqa oʻsimliklar dunyosi haqida bunday 
fikrlab boʻlmaydi. Chinor masalasida ham xuddi shunday qiyoslashni keltirish mumkin. Kuchli 
oʻqildiz, mustahkam tomirlar, ulkan shoxbutalarga tabiatdagi har qanday daraxt ham ega deb 
ayta olmaymiz. Insoniyat dunyosida erkak jinsi ham xuddi shunday oʻzining kuchli fe’l-atvor, 
jismonan baquvvat toifadan ekanligi bilan chinorga mengzalishi oʻrtasida tabiiy bogʻliqlikni 
keltirib chiqaradi. Bunda har ikki jins doirasidagi nafaqat fe’l-atvor, xususiyat inobatga olingan, 
balki qisman tashqi koʻrinishda ham oʻxshashlik borligi shama qilingan. Chinorning tabiatan 
mustahkam, qalin, yoʻgʻon, chayir qomatga ega boʻlishi bu oʻxshashlikka asos boʻlib xizmat 
qilgan. Har ikki til doirasida ham bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. 
Zoomorfik metaforalar oʻzbek tilida ham, ingliz tilida ham yetarlicha topiladi. Ayniqsa, 
oʻzbek mumtoz adabiyotida an’anaviy oʻxshatishlar sirasiga kirib qolgan 
ohu koʻz, qarchigʻay 
burun, bulbul ovoz, qaldirgʻoch qosh
kabi oʻxshatish etalonlari bugungi kun oʻzbek prozasida 
ham faol qoʻllanishga ega. 
Avazxon bilan Hasanxon ham sher haybatli, yoʻlbars kelbatli, qoplon 
yurakli, arslon bilakli yigitlar boʻldi.
(Ravshan, 4.) Mashhur xalq dostonlaridan biri boʻlgan 
*
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti, yandashova92 @mail.ru 


91 
“Ravshan” dostonida keltirilgan ushbu jumla deyarli barcha xalq ogʻzaki ijodi janrlari 
qahramonlariga xos an’anaviy oʻxshatish etalonlariga aylanib ulgurgan desak mubolagʻa 
boʻlmaydi. Xususan, doston va ertak janriga mansub deyarli barcha oʻzbek milliy folklori 
namunalarida xuddi shu tipdagi oʻxshatishlarni uchratishimiz mumkin. Oʻzbek xalqi yigit 
kishiga xos tashqi goʻzallik sifatlarini aynan 
sher haybatli, yoʻlbars kelbatli, qoplon yurakli, 
arslon bilakli
oʻxshatishlari bilan ifodalashi aynan oʻzbek oʻgʻlonlarining kuchli, baquvvat 
gavdasiga nisbat berib qoʻllaniladi. Mana yana bitta misol: 
Umrimga bahorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Talpingan shunqorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Bir qoʻzi-qoʻchqorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Novda oʻsgan chinorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Sogʻinsam xumorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Bogʻimda anorim, senga yoʻl boʻlsin? 
Qatordagi norim, senga yoʻl boʻlsin? 
(Ravshan, 18.) 
Ingliz tilida 
lion head – arslon bosh, swan-neck – oqqush boʻyin, doe-eyes – ohu 
koʻzlar, as innocent as a dove – kaptarday begunoh yoki musichaday beozor 
va hokazo. 
Ayniqsa, ingliz badiiy adabiyotida 
lion, eagle, dove, coo 
kabi zoonimik nomemalar koʻp 
uchraydi. Eng qizigʻi mazkur hayvon nomlari oʻzbek lingvomadaniyatida ham faol qoʻllanilishga 
ega. Masalan, 
burgutday parvoz qilmoq, sherday olishmoq, musichaday beozor, kakku ovoziday 
mayin
va boshqalar. 
Naturmorfik metaforalar ham goʻzallik konseptini ifodalashda nihoyatda faol qoʻllaniladi. 
Oʻz nomidan ham koʻrinib turganidek, ular tabiat bilan bogʻliq nomlarni koʻproq oʻzida ifoda 
etadi. Chunonchi, oy, quyosh, yulduz, marvarid, billur va hokazo predmetlar orqali inson tashqi 
qiyofasiga, nafaqat tashqi qiyofasiga, balki ichki dunyosiga nisbat berish oʻzbek tili 
metaforizatsiyasida nihoyatda keng uchraydigan hodisa sanaladi. 
Ravshanbek zehnini qoʻyib 
qarasa, yasangan hurday, tishlari durday, koʻzlari yulduzday, qoshlari qunduzday, lablari 
qirmizday, ogʻizlari oʻymoqday, lablari qaymoqday, ikki yuzi oyday, tarlon-qarchigʻay 
uchadigan qushday, muhrlangan qogʻozday yalt-yult etib oʻtiribdi. 
(Ravshan, 55.) Mazkur 
jumlada keltirilgan dur, yulduz, oy kabi nomlar naturmorfik metafora turiga mansub 
oʻxshatishlar sanaladi. Naturmorfik metaforalar asosan tabiatda yagona va qoʻlyetmas samoviy 
jismlar: oy, quyosh, yulduz; qimmatbaho va nodir toshlar: oltin, kumush, marvarid-dur, billur; 
makon va zamonni ifodalovchi soʻzlar: kun, tun; tabiat hodisalari: yomgʻir, qor, kamalak va 
hokazo nomemalar bilan bogʻlanib inson tashqi va ichki dunyosini ifodalash uchun xizmat 
qiladi. Quyida turli xil janrdagi asarlarda qoʻllanilgan naturmorfik metaforalarga misollar 
keltirmoqchimiz: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish