Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Rahmat!
(=tashakkur 
bildiraman); 
uzr
(=kechirim soʻrayman); 
omad
(=omad tilayman) kabi. 
Ramazon hayitingiz 
muborak boʻlsin!
gapiga sinonim ekvivalent sifatida 
Ramazon hayitingiz bilan tabriklayman!
gapi oʻzaro muvofiq qoʻllana olishi sabab performativ ifoda sanaladi.
Performativ nazariyada nutqiy harakatning bajarilishi toʻgʻridantoʻgʻri aloqaning 
pragmatik koordinatlarida amalga oshirilganligi sababli, kontekstda adresant uchun adresatning 
boʻlishi majburiydir. Tadqiqotchi olim O.Rossolova ham ifodaning performativ xususiyati 
sifatida adresatga yoʻnaltirilganligi (адресованность) asosiy shartlaridan biri ekanligini qayd 
etadi. [6;10] Darhaqiqat, performativ nazariyada adresant kommunikativ maqsadi (soʻrash, talab 
qilish, taqiqlash, minnatdorchilik bildirish, tabriklash, maslahat berish, eʼlon qilish, maʼlumot 
berish va h.k)ni adresatga yoʻnaltirgan holda soʻzlash akti orqali maʼlum voqelikni sodir etadi. 
Mana shu oʻrinda performativ nazariya nutqiy akt turlaridan biri illokutiv akt bilan bir nuqtada 
kesishadi. Tadqiqotchilar performativ ifodani nutqiy aktning illokutiv akt nominatori va uning 
mutlaq analogi sifatida tan oladilar. [3;60] Bizningcha, leksemalarning assotsiativ munosabatiga 
asoslanilsa, “Illokutsiya” termini nutq aktining tarkibiy qismi sifatida “lokutsiya-illokutsiya-
perlokutsiya” trixotomiyasi doirasida oʻrganishni talab qiladi. “Performativ” atamasi esa 
nisbatan mustaqil tushuncha sifatida nutq subyektining harakati sifatida tavsiflanishi maqsadga 
muvofiq. Shuningdek, illokutiv aktda tasviriylik belgisi mavjud. Performativ ifoda esa tasviriylik 
belgisiga ega emas va harakatning talaffuz akti bilan oʻzaro muvofiqligi shart hisoblanadi. 
Misolga eʼtibor qaratamiz: 
Dam olish kunini dugonalarim bilan birga oʻtkazishni rejalashtirib, 
bu haqda turmush oʻrtogʻim bilan maslahatlashdik. “Kelayotgan juma kuni dugonalarim bilan 
yigʻilmoqchimiz. Аgar rozi boʻlsangiz, hammamiz uchun teatrga chipta olib bersangiz. Teatr 
bahona shaharni aylanib kelardik”.
(“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, 2019- yil 19- 


88 
aprel) Iltimos akti orqali ifodalangan matnda 
“Men rozi boʻlishingizni soʻrayman” 
soʻroq akti 
yashirin performativ ifodani shakllantirgan.
Yana bir misol: 
Eshikni taqillatib, bosh shifokor xonasiga kirdim. U oʻrinbosar 
ikkalasi yosh hamkasbimiz bilan gaplashayotgan ekan.
– 
Ustoz, siz oʻtira turing, keyin vaziyatni tushuntiraman, – dedi-yu, soʻzida davom 
etdi.
– 
Masala juda jiddiy. Uyingizga borib, oʻzingiz uchun eng kerakli birlamchi 
narsalaringizni oling-da, Zangiota tumanida yangi ochilgan shifoxonaga ertaga ertalab yetib 
boring. Rozimisiz?
– 
 Ha, albatta, aytilgan vaqtda yetib boraman.
– 
Rahmat sizga! Ketishingiz mumkin
(“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi, 2020-yil 31- 
iyul). Berilgan matnda performativ ifodaning grammatik qolip (formulasi), yaʼni feʼl, hozirgi 
zamon, I shaxs birlik, aniqlik mayli shakli II shaxs, koʻplik shaklda qoʻllanganda ham harakat 
ifodasi sodir etilganini koʻrish mumkin. 
Ha, albatta, aytilgan vaqtda yetib boraman 
yashirin 
performativ ifodasining talaffuz akti bilan muvofiqligi tahlil qilinganda 
“Men aytilgan vaqtda 
yetib borishga vaʼda beraman”
jumlasi oshkora performativ ifodani shakllantiradi. 
Rahmat sizga
jumlasi esa 
Sizga tashakkur bildiraman
sinonim ekvivalenti sifatida performativ ifodani 
oydinlashtiradi. 
Ketishingiz mumkin
gapi orqali soʻzlovchining ijtimoiy mavqeidan uning 
“hokimlik” darajasi performativ ifodaning effektivligi sifatida namoyon boʻlgan.
Harakat (performativ) ifodasining asosiy mohiyati atrofdagilarga taʼsir etish 
darajasining mavjudligi bilan belgilanishidadir. Аxborotning bayon etish darajasi soʻzlovchining 
ijtimoiy maqomiga mos kelishi illokutiv kuch tushunchasini oydinlashtiradi. Ifodaning bayon 
qilish darajasi kommunikativ imkoniyat (illokutiv kuch) talablariga muvofiq kelsa (“Sen bu 
fikrni aytishga haqlisan” nutq subyektining vakolati bor maʼnosida), illokutiv akt toʻliq maʼnoda 
performativ belgiga ega boʻladi. [9;162] Masalan: 
“Sud binosiga kelgan har bir inson 
Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!”
(Sh.Mirziyoyev) (“Xalq soʻzi” gazetasi, 2020-yil 28-iyul). Аytish mumkinki, gazeta matnlaridagi 
prezident 
nutqlari, 
qarorlari, 
farmoyishlarida 
ijtimoiy 
“vakolat”ning 
mavjudligi 
performativlarning effektivligi hisoblanadi. Matnda 
“Sud binosiga kelgan har bir inson 
Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishini talab qilaman”
jumlasi yashirin 
performativ ifodani hosil qilgan.
Maʼlumki, soʻzlovchining nutq vaziyatidagi “hokimlik darajasi” [4,62; 7,87; 3,56] 
performativ ifodaning asosiy belgisi sifatida alohida ahamiyatga ega. Olim M.Hakimov 
taʼkidlaganidek, “birinchi belgi sodir etilayotgan voqelik bilan soʻzlashish aktining oʻzaro 
muvofiqligi deb qaraladigan boʻlsa, uning boshlangʻich akti sifatida soʻzlovchiga maʼlum 
voqelikni sodir etish uchun berilgan “vakolat” soʻzlash uchun asos boʻladi”. [9;155] Gazeta 
matnlaridagi soʻzlovchining ijtimoiy mavqei, “hokimlik” darajasi va talaffuz akti bilan oʻzaro 
muvofiqligi sabab performativ xususiyatga ega boʻladi. Аytish lozimki, gazetada chop etilgan 
qaror, farmon, farmoyishlar matnida qoʻllangan 
belgilansin, tasdiqlansin, tavsiya etilsin, 
zimmasiga yuklansin
kabi birliklar soʻzlovchi pragmatik maqsadini oshkora ifodalashiga koʻra 
va pragmatik dominatsiyaga egaligiga koʻra performativ hisoblanadi. Misolga eʼtibor qaratamiz: 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisining birinchi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida 
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Senatining Kengashi QАROR QILАDI: Robaxon Аnvarovna Maxmudova 10 yil 
muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga 
saylansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim 
va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etilsin 
(“Kuch – adolatda” gazetasi, 2020-
yil 17-iyul). Misolda nutq subyektining “vakolat”i ifodaning bayon qilish darajasi bilan muvofiq 
kelganligi sababli jumladagi 
qaror qiladi
feʼlli birikmasi (koʻp hollarda 
qaror qilindi
tarzida ham 


89 
qoʻllanadi) performativ belgiga ega boʻlgan. Matndagi 
saylansin, ozod etilsin 
soʻzlari deklarativ 
akt turi sifatida – feʼl, kelasi zamon, majhul nisbat, buyruq-istak mayl shaklida qoʻllangan va 
performativ ifodani hosil qilgan. Bunday feʼllar matnda qoʻllanganda soʻzlovchi tomonidan 
buyruq ijrosining soʻzsiz taʼminlanishiga qatʼiy buyurish maʼnosini ham hosil qiladi, shu asosda 
soʻzlovchi pragmadominant imkoniyatga ega boʻlgan. Soʻzlovchining nutqiy pragmatik 
dominatsiyaga ega boʻlish tushunchasi ostida soʻzlash akti vaziyatidagi hokimlik darajasi 
tushuniladi. [9;152] Olima N.Аzadova yuqoridagi qolipda qoʻllangan feʼllarni “kuchli” 
performativ guruhiga kiritgan. Tadqiqotchining fikricha, maʼlum kommunikativ vaziyatga 
oʻzgartirish kiritish, ijtimoiy “vakolat”ga ega ifodalar “kuchli” performativlar guruhini tashkil 
etishini taʼkidlaydi. [1;10]
Gazeta matnlarida performativ ifodalarning qoʻllanishi boʻyicha quyidagilarni xulosa 
qilish mumkin: 
1. 
Performativ nazariyada soʻzlovchi maqsadi (intensiyasi) soʻzlash akti orqali biror 
harakatning sodir etilishi shartligi. 
2. 
Harakat (performativ) ifodasi tarkibidagi feʼlning hozirgi zamon, I shaxs birlik, 
aniq nisbatdagi shakli bilan qoʻllanadi. [9;163] Gazeta matnlarida esa mazkur grammatik 
shaklning kengayganini koʻrish mumkin, yaʼni performativ ifodaning grammatik qolipi 
(formulasi) II shaxs koʻplik, kelasi zamon, majhul nisbat, buyruq-istak mayl shaklida 
qoʻllanganda ham harakat ifodasi sodir etiladi.
3. 
Аyrim birliklarning sinonim ekvivalentlari performativ ifodaning oshkora shaklini 
shakllantiradi va u ikkilamchi performativ sifatida tasniflanadi.
4. 
Gazeta matnida chop etiluvchi qaror, farmon, farmoyishlar matnida 
soʻzlovchining “vakolati”, “hokimlik darajasi” mavjudligi sabab performativ belgiga ega.
Umuman olganda, gazeta matnlarining performativ xususiyatini oʻrganish nutqiy akt 
nazariyasining shakllanishida muhim oʻrin tutadi va pragmalingvistikaning oʻrganishi lozim 
boʻlgan masalalariga amaliy zamin yaratilishiga xizmat qiladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish