insof sari – baraka
, – degan mashoyixlar!
Adibning oʻzi ta’kidlaganiday, “xalqimizning ajoyib udumlari bor. CHaqaloqning
tanglayini koʻtarayotganda “Umring uzoq boʻlsin, insofli-tavfiqli boʻl”, –deb duo qiladi. Biror
muammoni hal etayotganda “Insof sari baraka”, – deydi. Birovning noinsofligidan ranjisa, “Insof
qiling-da, birodar”, – deydi. Va, nihoyat, judayam jonidan oʻtib ketsa, (kechirasiz-ku, qoʻpolroq
boʻlsa ham xalq iborasini oʻz nomi bilan aytishga majburman) “Oʻgʻri boʻl, gʻar boʻl, insof bilan
boʻlgin-da”, –deydi…
Xullas, “Insof”degan tushuncha bilan bogʻliq gaplar koʻp.Oʻylab qarasam, bu soʻzning
boshqa tillardagi tarjimasini topish anchayin qiyin ekan. Masalan, rus tili dunyodagi eng boy
tillardan biri. Unda “честность”, “порядочность”, “великодушие”, “долг”, “совесть” singari
teran ma’no tashuvchi soʻzlar koʻp. Biroq, menimcha, ular aynan “insof” degan soʻz ma’nosini
toʻliq
anglatmaydi.
Balki,
adashayotgandirman,
lekin,
bilishimcha,
shunday”
[Hoshimov,2014:3].
Bizningcha ham,
insof
soʻzining boshqa tillardagi aynan tarjimasini topish anchayin
mushkul. Xalqimiz insoflilik va odillikni eng yaxshi insoniy fazilat deb biladi, moddiy
manfaatining barakasi, deb hisoblaydi. “Ma’nolar maxzani”da
Insof sari – baraka
maqolining
izohi keltirilib, oʻtmishda imonning bir daraxtga tashbih etilishi hamda uning beshta shoxidan
biri insof ekanligi aytilgan [Shomaqsudov, Shorahmedov, 2001:134]. Adibning “Koʻk yoʻtal”
hajviy hikoyasida mazkur maqol vositasida insoflilikning yaxshi samara berishi, insofsizlikning
esa oqibati yomon boʻlishi uqtirilgan.
Milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan mehmonnavozlik yozuvchi mahorati tufayli
quyidagi maqollar vositasida aks ettirilgan. Masalan:
– Bahay! Mehmon otangdek ulugʻ!– pakana
kishi pildirab borib dadamga tirsagini tutdi. – Xush kelibsiz, mehmon! ... Uqdim, mehmon kelsa
bosh ustiga, dedim-ku!
,
Mehmon – atoyi xudo! Siylash kerak!
Adib bu kabi maqollarni qoʻllash
orqali, avvalo, asarlari tilining xalqona, ravon, tasvirning ishonarli, sodda va ta’sirchan boʻlishini
ta’minlagan, qolaversa, boy milliy qadriyatlari bor millat va elning ichki, sirli, takrorlanmas urf-
odatlarini maqollar vositasida koʻrsata olgan hamda badiiy voqelikni yorqin aks ettirgan.
Azaldan oʻzbek xalqida mehnat va mehnatsevarlik doim ulugʻlangan. Adib shunday
mazmunni ifodalovchi maqolni quyidagi matn tarkibiga ustalik bilan kirita olgan:
Murodjon
86
qolipni qumga qorar ekan, shu tomonga qarab jilmayib qoʻydi: –
Do'stlaringiz bilan baham: |