104
Eshonqulov Oybek Tojiboyevich
*
Annotation.
This article defines the paradigm of unifying rhymes on the basis of the
special sign of rhymes in the Uzbek language and analyzes the issue of their contradictions in
speech use.
Key words:
deyksis
,
personal pronoun, possessive pronoun, indefinite pronoun, negative
pronoun, demonstrative pronouns, definitive pronoun
Til sathi birliklarining umumiy va xususiy belgilarini aniqlash, ularning xususiy belgilari
asosida zidlanishga asos boʻlgan farqlanuvchi jihatlarini ajratish, ziddiyatlarning yuzaga chiqishi
qonuniyatlarini oʻrganish tilshunoslikning muhim masalalaridan biri boʻlib kelgan.
Til sathi birliklarini til-nutq zidlanishida tadqiq etish lisoniy birliklarning bevosita
kuzatishda berilmagan, faqat nutqiy qoʻllanishda yuzaga chiqadigan semantik, funksional-
uslubiy, konnotativ-pragmatik xususiyatlarini aniqlashga imkon berishi ma’lum.
Shu kunga qadar jahon tilshunosligida lisoniy birliklarning nutqiy xususiyatlarini aniqlash
masalasiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi. Ammo bu yoʻnalishda hali oʻz yechimini
kutayotgan muammolar ham yoʻq emas. Xususan, morfologik birliklarning nutqda reallashuvchi
xususiy belgilarini ajratish, xususiy belgilari asosida ularning oʻzaro ziddiyatli munosabatga
kirishuvi muammosini tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir. Mana shularni e’tiborga olgan
holda ushbu maqolada oʻzbek tilidagi koʻrsatish va belgilash olmoshlarining xususiy belgilari
asosida zidlanish tizimida tutgan oʻrni xususidagi mulohazalarimizni bayon etamiz.
Ma’lumki, koʻrsatish olmoshlari nutqda narsa-predmet, ularga xos belgi-xususiyatni
koʻrsatish vazifasini bajaradi. Ingliz ilmiy-texnik matnining deyktik vositalari tadqiqi ustida ish
olib borgan A.Shermatov koʻrsatish olmoshlarining mantiqiy aloqa vositasi sifatida matnning
aktual boʻlishini uchun ham qoʻllanishini, matnning turli xil boʻlaklarining aynan oʻxshashligini
aniqlash vazifasini bajarishi, bundan tashqari, nutq birligi elementlarini farqlash uchun ham
ishlatilishini qayd etadi. [Shermatov A.A., 2008:32]
Oʻzbek tilshunosligiga oid ilmiy manbalarda
u (ul), bu (bul), shu (shul), oʻsha (oʻshal),
ushbu,unday (unaqa, undoq), bunday (bunaqa, bundoq), shunday (shunaqa, shundoq),ana,
mana, mana bu (manavi), mana shu, ana bu (anavi), ana shu, ana u
olmoshlari koʻrsatish
olmoshlari sifatida baholanadi. [Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiev A., Rasulov I.,
Doniyorov X., 1992: 307] Soʻzlashuv nutqida
hoʻ, huv, hoʻv, hoʻv ana, hov ana
koʻrsatish
olmoshlari ham faol qoʻllanadi.
Koʻrsatish olmoshlari shaxs, narsa-predmet, ularga xos belgi-xususiyatni koʻrsatishi
jihatida umumiy belgisini namoyon etsa; mohiyatan uzoq yoki yaqindagi shaxs, narsa-predmet,
ularga xos belgi-xususiyatni koʻrsatishi jihatidan farqlanib, xususiy jihatini namoyon qiladi.
Mana shu xususiy belgisi asosida koʻrsatish olmoshlarining quyidagi turlari oʻzaro zidlik
munosabatiga kirishadi:
1. Yaqin va uzoq masofadagi shaxs, narsa-predmetlarni koʻrsatuvchi olmoshlar oʻzaro
zidlanadi:
bu (bul), shu(shul), ushbu ↔ u (ul), oʻsha (oʻshal); mana ↔ ana (hov ana); mana bu
(manavi), mana shu ↔ ana u, ana oʻsha; ana bu (anavi),ana shu ↔ ana u , ana oʻsha.
Masalan:
Abdukarim
Do'stlaringiz bilan baham: