Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Key words:
iconic image, metaphorical imitation, strong emotion, individual choice, 
sound and image, linguistic reflection, phonetic unity. 
Tilning paydo boʻlishidan tortib, uning tarixiy tarqqiyoti-yu yashash tarzigacha, istiqomat 
sharoitidan tortib, evrilish shamoyillarigacha, umuman, bu yaxlit benazir hodisaning mohiyati va 
tabiatini osonlik bilan inkishof qilish mushkul ish. Zotan, inson tili benihoya murakkab, 
benihoya koʻp tomonlama, benihoya oʻziga xos muhtasham va muntazam hodisadirki, uning 
barcha jihatlarini yaxlitligicha va birdaniga tasavvur qilishga koʻpda inson aqli ojizlik 
qiladi[N.Mahmudov,2020:4]. Uzoq vaqt davomida, yaʼni Platondan to hozirgi kungacha 
idrokning turli darajalarida til belgisining taqlid (ikonizm) muammosi chuqur ilmiy, zamonaviy 
va keng muhokama qilib kelinmoqda. 
Idrokning fiziologik jihatlarini, yaʼni eshitish yoki koʻrishning ustunligi kabilarni hisobga 
olsak, yetakchi koʻrish aʼzo hisoblanadi. Lekin nominatsiya paytidagi odam tabiiy yoʻnalishga 
ega ekan, obyektni boshqa bir qator koordinat obyektlardan ajratish va ovoz xarakteristikasi 
cheklangan miqdordagi voqelikka xoslanadi. Darhaqiqat, odamlar va hayvonlar fonatsiyasini 
hamda jonsiz tabiatni bildiruvchi soʻzlar orasida juda koʻp hamda bir-biriga oʻxshash va farqli 
taqlidlarni uchratishimiz mumkin. Аsosiysi, ilm-fan texnikasining rivojlanishi, IT sohalari va 
sunʼiy intellektning taraqqiy etishi va globallashuvi hamda insonning intuitiv hissining tadriji 
taqlidlar (ikonik va metaforik leksik tasvir) sonini tinimsiz koʻpayishiga olib keladi.
Taqlid hodisasi turli olimlar tomonidan turlicha taʼriflanib kelinadi. Baʼzi olimlar 
[Platon,1968; Gerder (Xerder),1959; Renan,1866; Pogodin,1913] uni tilning kelib chiqishi 
haqidagi gipotezaning bir qismi deb hisoblashsa, boshqa bir olimlar esa [Budagov,1965; 
Golovin,1983; Barannikova,1973] taqlidni inson miyasi, fikrlash qobiliyati voqelikni shu tarzda 
idrok etishga tayyor boʻlgan paytda maʼlum bosqichda paydo boʻlgan nisbatan yangi hodisa 
sifatida tushunadilar. Tabiiyki, bu kabi nazariy yondashuvlar evolyutsiyasidagi sathlashishlar 
tilning keying (ichki) bosqich tadrijlarida ham tumtaroq qatlamli fikrlar majmuini vujudga 
keltiradi. Xususan, olim R.Qoʻngʻurov N.Аshmarin va N.Dmitriyevlarning taqlid soʻzlarni 
undov soʻzlar sifatida qarashini aytib oʻtsa-da [Qoʻngʻurov,1966:7-8], oʻzining bu boradagi oʻz 
qutbiy pozitsiyasini keltirmaydi. Shu bilan birga, N.Аshmarinning taqlid soʻzlarning grammatik 
va etimologik xususiyatlari toʻgʻrisidagi fikrlariga N.Dmitriyevning tanqidlarini ham keltiradi 
[Qoʻngʻurov,1966:8], lekin shu holatda ham olim R.Qoʻngʻurovning oʻz qarashlarini 
uchratmadik. Bizningcha, N.Аshmarin va N.Dmitriyevning taqlid soʻzlarni undovlarga qoʻshib 
qoʻyishi [Qoʻngʻurov,1966:7] xato qarash hisoblanadi. Biz taqlid soʻzlarning distinktiv va 
spetsifik xususiyatlarini quyidagicha belgilaymiz: 
taqlid soʻz – aslida, anglatgan obyekt yoki harakatga maʼlum darajada yaqin tovushlarga 
yaqin va oʻxshash soʻz yaratish;
taqlidlar – tabiiy, subyektning mustaqil ravishda yaratgan soʻz belgisi; 
*
O‘zR FА O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti stajor-tadqiqotchisi, yodgorov202@mail.ru 


112 
bu soʻzlar fonetik jihatdan nutq fonemalari oʻrtasidagi munosabat va denotatning tovush 
(akustik) belgisi kategoriyasiga asoslanadi; 
taqlidlar – tabiiy va ruhiy ovozning ramziy tasviri; 
taqlid soʻzlar – tabiiy va ogʻzaki tovushlarning koʻpayishi; 
bunday soʻzlar – inson tomonidan ishlab chiqarilgan tovushli fiziologik jarayonlar, 
shuningdek, tashqi tabiat va insonning nutqsiz organlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovushlar; 
taqlidlar – materiyaning oʻzaro munosabati, ularning xossalari korrelyatsiyasi asosida 
vujudga kelgan belgi; 
taqlid soʻzlar – materiyaning xayoliy yoki real yaqinligiga asoslanadi; 
taqlid – tilda tasviriy motivatsiyaning namoyon boʻlishi; 
taqlid soʻzlar – bir tilning yangi ildizlar bilan boyish manbalaridan biri va hk. Bundan 
koʻrinadiki, taqlid soʻzlarning vujudga kelishida hissiy-taʼsiriylik, kuchli emotsiya yoki affekt 
kabi insonning individual (personal) va ikonik-metaforik potentsial holatlariga uzviy bogʻliq 
jarayonda verballashuvchi tovushli simvolizmlar hisoblanadi. Shuningdek ular, badiiy matnda 
yanada lingvistik imkoniyat, poetik va estetik makon yaratishi bilan ahamiyatli hisoblanadi, shu 
bilan birga, badiiy matn sathida hissiy-tonal ohanglar garmoniyasini vujudga keltiradi.
1. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish