Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

*

Annotation:
The article mainly focuses on origination of proper nouns, evaluation of 
names, population’s history and organically connection with intellect. Thereby, from point of 
onomastics terms, the Difference between conception and idea are clearly identified. Proper 
nouns are society’s mirror that are expanded with examples.
Key words:
anthropocentrism, onomastics, proper nouns, idea, conception, toponymy, 
nominate. 
Til insonlarning oʻzaro aloqa vositasi hamda hayotiy zaruriyati boʻlib, oʻz taraqqiyotining 
hamma bosqichlarida jamiyat rivoji bilan bogʻliq holda rivojlangan. Boshqacha aytganda, tilning 
taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan.
Til narsa va hodisalar, ular haqidagi turli xil hamda murakkab tushunchalar, ularning 
qirralarini asosiy belgi va xususiyatlariga asoslangan holda umumlashtirib nomlaydi. Ammo 
jamiyatning kundalik muloqoti, lisoniy hayoti uchun zarur boʻlgan ikkinchi bir ehtiyoj ham bor. 
Bu obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, tirik mavjudotlarning har birini alohida, yakkalab, 
donalab nomlashdir. Shu tariqa tilshunoslikda turdosh va atoqli otlar deb yuritilayotgan otlar 
guruhi vujudga keldi. Ular tilning leksik tarkibini – lugʻaviy tarkibini tashkil qiladi. 
Tildagi atoqli otlarni, ularning paydo boʻlishi, motivlari, semantikasi, grammatik tarkibini 
oʻrganadigan onomastika [Podolskaya, 1988: 96] til va inson oʻrtasidagi madaniy-ma’naviy, 
etikaviy, estetik munosabatlarning oʻzaro ta’sirini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Zero, nomlar tabiat 
va jamiyatdagi ma’lum oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda ma’lum qonuniyatlar asosida vujudga 
keladi. Ularning oʻzgarishi xalq tarixi, tafakkur tarzi bilan uzviy bogʻliqdir [Nikonov, 1969: 76].
Haqiqatan ham, nomlar uzoq davrlardan beri mavjud boʻlib, xalq hayotida yuz bergan 
voqea va hodisalarning atamasi sifatida saqlanib qolgan. Kishilarning ijtimoiy hayoti 
mafkuraviy, iqtisodiy va xususiy mulkka boʻlgan munosabati oʻzgargan sayin nomlar ham 
oʻzgarib boradi [Superanskaya, 1966: 87].
Shunday ekan, onomastik birliklarni tadqiq qilish jarayonida ushbu faktorlarni e’tibordan 
qochirmaslik kerak. Bundan tashqari, tilning mohiyatan va funksional jihatdan koʻpqirrali hodisa 
ekanligini nazarda tutish lozim. Til va uning egasi boʻlgan inson orasidagi bogʻliqlik va 
koʻpqirrali munosabatni ifoda etadigan tadqiqotlar antroposentrik paradigma asosida ancha 
samarali boʻlishi mumkinligi haqida tahlil qilishga arzigulik fikrlar bayon qilingan.
Atoqli otlar tizimini antroposentrik tahlil qilish tafakkurda konseptning shakllanish 
bosqichlari va taraqqiyoti, bu murakkab ijtimoiy-lisoniy jarayonni kengroq tasavvur qilishga 
yordam beradi. Atoqli otlar mohiyatan ma’lum tushunchalar umumiy fondidan ajratilgan 
tushuncha nomidir. Shuning uchun ham Y.K.Voyshvillo tushunchani “qandaydir bir predmetga 
kiruvchi predmetlarning umumiy va farqlovchi belgilariga nisbatan ajratuvchi mantiqiy faoliyat 
natijasida hosil boʻladi” ‒ deb izohlaydi [Voyshvillo, 1989: 91]. 
Sh.Safarov “mantiqiy faoliyat hosilasi boʻlgan “tushuncha” va kognitiv tilshunoslikda 
keng miqyosda qoʻllanilayotgan “konsept” atamalarini bir xil mazmunda qoʻllash mumkinmi?” ‒ 
degan savolni oʻrtaga tashlar ekan, bu ikkala hodisa ham, soʻzsiz, tafakkur birligi sifatida 
namoyon boʻlishi; ikkalasining ham boshlangʻich nuqtasi voqealikdagi predmet ‒ hodisaning his 
qilinishi bilan bogʻliqligi, (shuning uchun) paydo boʻlgan hissiy obraz dastlab har bir shaxsda 
alohida, individual koʻrinishda boʻlishiga urgʻu beradi [Safarov, 2006: 16].
“Konsept” atamasiga birinchi marta 1928-yil S.A.Askoldov oʻzining “Konsept va soʻz” 
maqolasida “Konsept – fikrlash jarayonida bizni ayni bir turdagi koʻpdan koʻp predmetlarning 
oʻrnini bosadigan fikriy hosila” ‒ deb ta’rif bergan [Juravlyova, 2003: 261-262]. “Ingliz tili 
lugʻati”da esa konsept andaza, stereotip, umumqabul qilingan fikr, nuqtai nazar kabi 
*
Filologiya fanlari nomzodi, Urganch davlat universiteti, y.doniyor.t@gmail.com


108 
tushunchalarga yaqin turishi qayd etilgan [Hornby, 1974: 176]. “Konsept – bu inson ongidagi 
madaniyat yigʻindisi; insonning mental dunyosiga madaniyat tarzida kirgan narsa; madaniyat 
boyliklarining ijodkori. Konsept – oʻsha jamiyatning ideologiyasi”dir [Stepanov, 1997: 40]. 
V.N.Teliya “Konsept – bilimning hajmini kengaytirishga qaratilgan, biz obyekt haqida bilgan, 
tasavvur qilgan narsa” ‒ degan mulohazani bildiradi [Teliya, 1996: 97]. G.G.Slishkin fikricha, 
“qanchalik konseptni ifodalovchi belgilar potentsial boʻlsa, shunchalik konsept qadimiy boʻladi 
va oʻsha til jamoasida uning qimmati ortadi” [Slishkin, 2000: 97]. V.A.Maslova esa bu atamani 
nisbatan keng tarzda “Konsept – bu lingvomadaniy oʻziga xoslik qayd etilgan va muayyan 
etnomadaniy gʻoyalarini u yoki bu tarzda tavsiflovchi semantik tuzilmadir” ‒ deb talqin qiladi 
[Maslova, 2008: 50]. 
Oʻzbek tilshunosligida ham bu masalaga e’tibor qaratilgan, jumladan, “konsept – bu 
ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqdagi obrazlar va unga boʻlgan ijobiy, salbiy, neytral 
munosabatlar, ya’ni baholashlar; konsept – obyektga boʻlgan shaxsiy munosabat” [Yusupov, 
2011: 50] sanaladi. Demakki, konsept kognitiv tilshunoslikdagi tayanyach atamalaridan biridir. 
Bu soʻz aslida lotincha “conceptus” boʻlib, “tushuncha” soʻzining sinonimi sifatida 
foydalanilmoqda. Bu termin matematik mantiq, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi fanlarda 
ham faol qoʻllanadi. Konsept lingvistik kategoriya sifatida tushuncha kategoriyasini til tizimida 
namoyon etuvchisidir. Konsept – til vositalari, leksik-semantik paradigmalar orqali namoyon 
boʻladi, ya’ni konseptning umumiy mazmunini bir markazga birlashgan semantik maydon hosil 
qiluvchi leksik birliklar tashkil etadi. Konsept tafakkur birligi hisoblanib, uning asosida 
tushuncha, ma’no va obraz yotadi.
Kognitiv tilshunoslikdagi bu qarashlar atoqli otlar tizimi tahliliga joriy qilinsa, 
nominatsiya tamoyillarini belgilash, atoqli otlar tadriji, obyekt ‒ nominator ‒ nom munosabatlari, 
mikro va makro onomastik birliklar kabi koʻpgina masalalarga bir qadar oydinlik kiritishga 
xizmat qiladi.
Avvalo, onomastika nuqtai nazaridan konsept va tushuncha farqlanadimi? Bizning 
xulosalarimizga koʻra, konsept ‒ atoqli ot anglatgan ma’no (obyekt) xususidagi umumiy 
tasavvur, tushuncha ana shu ma’nodan anglashiladigan xususiy tasavvur, har bir shaxs 
tafakkuridagi shakli. Masalan, 
Buxoro
toponimi konsept sifatida juda keng tushunchalar 
majmuidir (viloyat, shahar, koʻcha va hokazo). Ana shu konsept asosida “Buxoroda 
ziyoratgohlar koʻp” jumlasidan kimdir Buxoro shahrida, kimdir Buxoro viloyatida ziyoratgohlar 
koʻpligini anglaydi. Haqiqatan, “tushuncha” soʻzining umumiste’moldagi ma’nosiga nazar 
soladigan boʻlsak, bu termin obyekt haqidagi xususiy tasavvur, har bir shaxsning tafakkuridagi 
mahdud, chegaralangan qismni anglatishi ma’lum boʻladi. Masalan, iqtisod nazariyasi nutqai 
nazaridan “pul”ga berilgan izoh konsept boʻladigan boʻlsa, har bir shaxsning oʻz tafakkur 
koʻlamidan kelib chiqqan holda pul haqidagi qarashi tushuncha sanaladi. Shu kabi mulohazalar 
konsept va tushuncha oʻrtasidagi muhim farqlar quyidagilardan iboratligini qayd etishga imkon 
beradi: 
1.
Konsept atoqli ot haqidagi umumiy tasavvur, tushuncha ‒ xususiy tasavvur. 
2.
Atoqli ot tilda konsept, nutqda tushuncha sifatida namoyon boʻladi. 
3.
Onomastik birliklar tahlilida atoqli otlar koʻpincha konsept sifatida tahlil qilinadi. 
Antropotsentrik tahlil imkon qadar konsept majmuiga kirgan koʻproq tushunchalarni qamrab 
olishi lozim.
Kognitiv tilshunoslikning asosiy jihatlariga e’tibor qaratish atoqli otlarni antropotsentrik 
paradigma asosida izchil tahlil qilishga imkoniyat beradi. Xususan, atoqli otlar nominatsiya 
tamoyillarini belgilashda har bir tip nomlarga oʻz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
yondashish talab etiladi. Masalan, antroponimlarda nomning apellyativ ma’nosi aniq va ravshan 
koʻrinib turgan holda unga asos nominatsiya tamoyilini qat’iy belgilash imkoni yoʻq. Masalan, 
Komron
ismining yuzaga kelishi qaysidir oʻrinda, apellyativ ma’nosiga asoslanib (shodlik, 
quvonch), orzu-umid ifodasi, qaysidir oʻrinda yaqinlar sharafiga nomlash, qaysidir oʻrinda ism 


109 
qofiyadoshligiga intilish, qaysidir oʻrinda shakliy chiroyga asoslanib nomlash boʻlishi mumkin 
yoki 
Yulduz
ismi osmon jismlari asosida yuzaga kelgan deb qat’iy xulosa chiqarib boʻlmaydi.
Koronavirus balosi nafaqat oʻzbek xalqi, balki butun dunyoda balo, xavf-tahdid sifatida 
baholanishi ayni kunlarda, qanchalik erish tuyulmasin, hindistonlik ota-ona oʻgʻliga 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish