Tili va adabiyoti universiteti


Bilingvizm va bilingval fenomeni



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Bilingvizm va bilingval fenomeni 
Fenomen of bilinguism and bilingual 
 
Shamsiyeva Manzura Bababekovna

 
 
Annotation:
 
multilingualism is considered one of the results of the interaction of different 
ethnic units and has a long history. Currently, more than half of the Earth's population is 
multilingv, that is, it uses two or more languages in everyday life. In connection with this, 
changes in culture and thinking require special perception. In this article, The opinions of 
linguist scientists, in particular psycholinguists, inherent in the nature of bilinguism are 

O‘zMU tayanch doktoranti (PhD), vasiya06@mail.ru 


119 
described, and this phenomenon is expressed in different ways from the point of view of different 
scientists. 
Key words

bilinguism, bilingual, monolingv, language, contemplation, psycholinguistics.
Olimlarning ba’zilari eshitish, soʻzlash, oʻqish yoki yozish kabi asosiy til qobiliyatlaridan 
birida minimal kompetensiyaga egalikni, ba’zilari ikki tilni erkin qoʻllay olish qobiliyatini 
bilingvizm deb hisoblaydi. Olimlarning bilingvizmga bergan ta’riflariga asoslanib, bilingval 
bolalarning bir tildan ikkinchi tilga erkin oʻta olish mexanizmini psixolingvistik tavsiflaymiz. Til 
faqat fikrlarni ifodalash va uzatish vositasi sifatida emas, balki fikr yuzaga kelishining yagona 
shakli sifatida qaraladigan tilning fikrni shakllantiruvchi funksiyasi konseptsiyasi bilingvizm 
toʻgʻrisidagi tasavvurlarni ishlab chiqishdagi psixolingvistik gʻoyalar kaliti hisoblanadi. Fikrlash 
yuz beradigan asosiy til shakli gap hisoblanadi, chunki aynan gaplar orqali tasavvur dunyosining 
obyektlari oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar oʻrnatiladi. Bilingvizm mezonlarini boshqa tilda 
xuddi oʻz tilidagidek gapira olish qobiliyatidan emas, balki mazkur tilda fikrlay olishdan qidirish 
lozim; oʻsha tilda fikrlay olish qobiliyati mezonlari esa bevosita gaplarni shakllantira olish 
qobiliyati hisoblanadi. 
Yevropa mamlakatlarida, AQSh, Xitoy, Hindiston, Indoneziya va dunyoning boshqa 
mamlkatlarida koʻptillilik turli shakllarda keng tarqalgan. Koʻptillilik va uning koʻp uchraydigan 
turi bilingvizm dunyo miqyosidagi hodisa boʻlib, tilshunoslik, psixolingvistika, neyrolingvistika, 
psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, madaniyatshunoslik fanlarining oʻrganish obyekti boʻlib 
kelmoqda va ushbu fanlarning har bir sohasi oʻzining nazariy va amaliy vazifalarini bajaradi. 
Shunga qaramay, ilmiy adabiyotlarda “bilingvizm” tushunchasi keng qoʻllansa-da, bu atama 
ortida aynan nima turganligi va qanday shaxs bilingv deb hisoblanishi mumkinligi haqidagi 
munozaralar hali tugallanmagan.
Ingliz tili izohli lugʻatlari (masalan, Webster’s dictionary yoki BBC English Dictionary) 
da qayd etilgan izohlarga koʻra “bilingual” soʻzi ikki turli tilda ravon soʻzlasha oladigan kishini 
anglatadi. Amerikalik tilshunos Leonard Blumfild «Language» (“Til”) asarida ushbu an’anaviy 
izohni qoʻllaydi, biroq soʻzlovchining bilingval deb hisoblanishi mumkin boʻlgan ikkinchi til 
malakasi darajasini aniq belgilash mumkin emasligini koʻrsatadi. Psixolog Dj.Maknamarova 
eshitish, soʻzlash, oʻqish yoki yozish kabi asosiy til qobiliyatlaridan biridan minimal 
kompetentsiyaga ega boʻlgan barchani bilingval hisoblash lozimligini taklif qiladi. 
Tadqiqotchilar D.Xamers va M.Blanklar bilingvizm mohiyati tavsifiga funksional yondashuvni 
taklif qiladi, chunki til – bu jamiyat va shaxsiy doirada kognitiv va kommunikativ funksiyalarni 
bajarishga moʻljallangan vosita. Ushbu mualliflar oʻz tadqiqotlarida “bilingvizm” atamasini ikki 
til amalda boʻladigan til jamiyatiga nisbatan, “Individual bilingvizm” yoki “bilingvallik” 
ifodalarini esa ijtimoiy muloqot vositasi sifatida bir nechta til kodiga ega boʻlgan shaxsning 
psixologik holatini anglatishiga nisbatan qoʻllaydi. Fransua Grojan bilingvizm fenomenini til 
faoliyati jihatidan, shuningdek, bilingval shaxsning har bir tildan foydalanish doirasi nuqtai 
nazaridan oʻrganadi. Uning fikricha, bilingvallarni tilni egallash darajasi yoki ularning ongida 
“muvozanatlashganligi”ga koʻra baholash mantiqsizlikdir, chunki bilingvallar odatda tillarni turli 
vaziyatlarda turli maqsadlarda qoʻllaydi: oila, ish, doʻstona muloqot va b.q. tillarni bu doiralarda 
qoʻllashni Grojan “domenlar” atamasi bilan ifodalaydi va bir shaxs tillarining mosligi, yoki 
oʻzaro bir-birini toʻldirish printsipini shakllantiradi. Olimning fikricha, aynan mana shunday 
tillarni “maxsus” qoʻllash natijasida bilingvallar kamdan kam hollarda ularni teng darajada 
egallagan boʻladi. 
Fransua Grojenning fikricha, bilingvallar ikki tilni yaxshi oʻzlashtirgan boʻladi, degan 
yanglish tushuncha mavjud. Ba’zilar hech bir tilda bilingvallarda aksent boʻlmasligini 
ta’kidlashsa, ba’zilar bu tillar ularga bolaligidan yod boʻlib ketganligini ta’kidlaydi. Qaysidir 
ma’noda bilingvallar bir shaxsda ikki monolingv sifatida qabul qilinadi. Aslida esa aksariyat 
bilangvallar ikki tilda ham bir ravon boʻlmasligi, koʻpchiligi hech boʻlmasa bir tilda aksenti 


120 
borligi va boshqa tilni oʻsmirlik yoki katta yoshda egallagan boʻladilar. Bilingvallar tillarni turli 
hayot doiralarida har xil maqsadlarda qoʻllaydi. Ularning tilni egallash darajasi oʻsha tilga 
boʻlgan ehtiyojga bogʻliq boʻladi. Shu sababli aksariyat bilingvallar tillarni erkin egallagan 
boʻlsa, ba’zilari tillardan birida oʻqishni yoki yozishni bilmasligi mumkin.
Bilingvlar turli tillardan qay tarzda foydalanishlari borasidagi masalada kommunikativ 
vaziyatga bogʻliq tarzda soʻzlovchilarning bir tildan boshqasiga beixtiyor oʻtish jarayonini 
ifodalash uchun psixolingvist va neyrolingvistlar “kodlarning oʻzgarishi” atamasini qoʻllaydi. 
F.Grojan bu atamani bilingvallarning xulqini ifodalash uchun yanada maxsus ma’noda qoʻllaydi. 
O.Garsia ishlarida bilingval shaxs tillari oʻzaro ta’sirini tushuntirishda ikki variant taklif etiladi: 
birinchisi bilingvlar ongida ikki turli til sistemalari bir vaqtda mavjud boʻlishiga asoslanadi; 
ikkinchi variant shaxs ongida yagona integrallashgan lingvistik tizim mavjudligini nazarda 
tutadi. Bu holatda tadqiqotchilarni tilni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan dinamik mental jarayonlar 
koʻproq qiziqtiradi. Shu tariqa, bilingvlarning miya faoliyati, xususan, til ma’lumotlarini saqlash 
tizimi va uni boshqarish usullari qanday tuzilganligi asosiy nazariy masalalardan biri 
hisoblanadi. Psixolingvist va neyrolingvistlarning tadqiqotlari bilingv va monolingvlar ongining 
jismoniy xususiyatlaridagi farqlarni aniqlash imkonini berdi: eksperimental ma’lumotlardan 
ma’lum boʻlishicha, bilingvlarda neyroplastiklik koʻrsatkichlar yuqori boʻladi. Bir qator 
tadqiqotchilarning fikricha, bilingvlar ongi uchun ikki tilning bogʻlanishli yoki birgalikdagi 
faollashuvi xos boʻlib, muvaffaqiyatli muloqot uchun bilingv ongi til vositalarini tanlashda 
nazoratni faollashtirish orqali bunday birgalikdagi faollashuvga moslashishi kerak boʻladi. 
Koʻrib turganimizdek, bilingvizm fenomeniga boʻlgan katta ilmiy va amaliy qiziqish 
hamda toʻplangan ma’lumotlarga qaramasdan, hanuz “bilingvizm” atamasiga yagona izoh 
mavjud emas va muayyan shaxs bilingvizmi haqida gapirish uchun asos boʻladigan barqaror 
mezonlar oʻrnatilmagan.
Tilshunos va psixologlarning fikricha, tilning asosiy funksiyalaridan biri olam 
manzarasini yaratish yoki “oriyentirlash (yoʻllash)” funksiyasidir. Bu atama tilshunos 
E.S.Kubryakova tomonidan qoʻllaniladi. Olimaning fikricha, tilning belgilar tizimi sifatidagi 
asosiy vazifasi inson tomonidan tashqaridan olingan axborotni obyektivlashtirish, shuningdek, 
barcha faoliyat turlarini ma’lumotlar bilan ta’minlashdir . E.S.Kubryakova tilni “inson miyasida 
ruhiy, aqliy, intellektual, intellektual kirish vositasi" deb belgilaydi. N.D.Arutyunova tilda 
voqelik “ishlov berilmagan” koʻrinishda emas, balki inson ongining tasniflovchi va 
mavhumlashtiruvchi faoliyati, tilda aks egan va mustahkamlangan koʻrinishi orqali aks etadi, 
degan xulosaga keladi. 
Til va tafakkur oʻrtasidagi aloqa tabiatini aniqlashtirish nazariy tilshunoslik va 
psixolingvistikaning asosiy masalalaridan birini tashkil etadi. Til nafaqat fikrlarni ifodalash va 
uzatish vositasi sifatida, balki fikrning oʻzini yuzaga kelishi, tafakkur voqeligining bevosita 
yagona shakli sifatida qaraladi. Aksariyat faylasuf va tilshunoslar tafakkurning tilda 
ifodalanmasdan mavjud boʻlishi mumkin emasligini aksioma sifatida qabul qilishadi. Faylasuf 
Bertran Rassel fikr paydo boʻlishi va uning soʻz shaklida yuzaga chiqishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni 
oʻrgandi. Rasselning fikricha, til nafaqat fikrni ifodalash uchun emas, balki fikr yuritish uchun 
ham xizmat qiladi, chunki tilsiz ular mavjud boʻlmas edi. Britaniyalik olimning fikricha, tilning 
asosiy funksiyalari, birinchidan, insonning oʻz fikr va tuygʻularini ifodalash, ikkinchidan, 
shaxslararo muloqotni amalga oshirishdir.
Shaxsni bilingv deb qabul qilishdagi metodologik asocni belgilashda ushbu fundamental 
holatlarni qoʻllagan holda, xulosa qilish mumkinki, bilingvizm mezonlarini boshqa tilda oʻz ona 
tilidagidek soʻzlay olish qobiliyatidan emas, balki oʻsha tilda fikr yuritish qobiliyatidan qidirish 
lozim. Tilda fikrlash qobiliyati mezoni boshqa tildan tarjima qilishdan farqli oʻlaroq, jumlalar 
yoki matnlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ma’lum bir tilda shakllantirish qobiliyatidir.
Gaplarning qurilishini ma’lum bir tilda fikrlashni amalga oshirish koʻrsatkichi deb 
hisoblab, mantiqiy (analitik) falsafa vakillarining gapni tilning asosiy semantik birligi deb 


121 
hisoblashiga tayanamiz . Bu qoidaga koʻpchilik tilshunoslar ham qoʻshiladilar. Xususan, tilning 
mantiqiy tahlili maktabi asoschisi N.D.Arutyunova fikr tilda gap shaklidan boshqa shaklda 
ifodalanmasligini alohida ta’kidlaydi. Tadqiqotchi gapning asosiy xususiyatlariga inson tafakkuri 
boshqaradigan subektlardan birortasi – obyekt, tushuncha, nom (soʻz) oʻrtasida aloqa oʻrnata 
olishini kiritadi. Aynan insonning oʻz fikrlarini ifodalashi uchun muayyan tilda gap tuza olish va 
gaplar izchilligi asosida bogʻlanishli matn tuza olish qobiliyatini uning shu til sohibi deb 
hisoblash imkonini beradi. Bunday holda ma’lum bir tilda fikrni vositachi til yordamisiz, ya’ni 
bir tildan ikkinchi tilga tarjimasiz shakllantirish shart. 
Analitik falsafaning koʻzga koʻringan vakili Lyudvig Vittgenshteyn oʻz asarlarida tilning 
faoliyati va fikrni turli tillar yordamida ifodalash imkoniyatini tekshiradi. Faylasufning fikricha, 
faqat til orqali amalga oshishi mumkin boʻlgan muayyan ruhiy jarayonlar, ya’ni tushunish va 
implikatsiya jarayonlari mavjud boʻlib, til belgilarining yagona vazifasi bunday jarayonlarni 
boshqarishdir . Vitgenshteynning fikricha, fikrlash mohiyati belgilarni boshqarishdan tashkil 
topadi. Olim fikrlamasdan gapirib boʻlmagani kabi fikrlashning mental jarayoni fikrni soʻzlar 
yordamida ifodalash jarayonidan ajralmasligini ta’kidlaydi. Inson dastlab oʻylab soʻngra 
soʻzlashi fikrlashning nisbatan tugallangan holatidir. Tilning asosiy birligi va fikrni ifodalash 
birligi gapdir, chunki soʻz oʻz tabiatiga koʻra koʻp ma’nolidir va ular muyayan gap ichidagina 
aniq mazmunga ega boʻladi. Gapning tabiati va funksiyasini tushuntirish uchun Vitgenshteyn 
“rasm” metaforasini qoʻllaydi: gap - bu oʻzi tasvirlaydigan narsa bilan umuan oʻxshaligi 
boʻlmagan “rasm”dir. Turli tillardagi ikki jumla bir xil ma’noga ega boʻlishi mumkinligidan 
kelib chiqib, bu ma’no jumlaning oʻzi bilan bir xil emas degan xulosaga keladi. Bu hodisani 
tushuntirishga urinib, olim “soya” metaforasini qoʻllaydi: "soya"ning manbai voqelikning 
ma’lum bir faktidir. Til belgilarining ikki xil mohiyati ajratiladi: bir tomondan, ular muayyan til 
tizimining boʻlagi hisoblanadi, boshqa tomondan esa, belgilar ma’nosi uni qoʻllovchi shaxs 
ongida namoyon boʻladi. Shunga koʻra, tilni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan psixik kechinmalar 
muayyan til tizimida bu belgini qoʻllash bilan ifodalanadi. Shu tariqa, Vitgenshteyn insonning 
bir ma’noni turli tillarda ifodalash mexanizmining izohini taklif qildi. 
Dj.Ostin ogʻzaki nutq yoki nutq akti amalga oshishi jarayonidagi uch asosiy nuqtani 
ajratdi: inson bir vaqtning oʻzida, birinchidan, muayyan til kodiga tegishli boʻlgan aniq 
tovushlarni talaffuz qilishi, ikkinchidan, mazkur til soʻzlaridan ushbu til grammatikasi 
qoidalariga rioya qilgan holda muayyan konstruksiyani tuzishi, uchinchidan, tinglovchiga 
muayyan ma’noni etkazish maqsadida gapni talaffuz qilish . Bundan kelib chiqadiki, nutqda 
fikrni ifodalashni Ostin grammatik va semantik jihatdan toʻgʻri konstruksiya – jumlani tuzish 
bilan bogʻlaydi.
Britaniyalik faylasuf va tilshunos Gilbert Rayl “Ong tushunchasi” asarida tafakkur va til 
oʻzaro bogʻliqligini oʻrganadi. U kichik bolaning fikrlashga oʻrganadigan algoritmini tahlil 
qiladi: dastlab bola ovoz chiqarib gapirishni oʻrganadi, keyin esa tilda ovoz chiqarmay oʻylashni 
oʻrganadi. Ovoz chiqarmay oʻz-oʻzi bilan suhbatlashish, ya’ni fikrlash qobiliyatini egallash 
muayyan vaqt va harakatni talab etadi, insonning ovoz chiqarib oqilona soʻzlash va boshqa 
soʻzlovchilarni tushunishni oʻrganish uni oʻzlashtirishning zarur sharti hisoblanadi. “Fikrlarni 
oʻz ichida yashirish va saqlash – nozik yutuqdir” . Til oʻrganish metaforasi sifatida Rayl shaxmat 
oʻynashni oʻrganish jarayonidan foydalanadi. Hech qanday nazariy darslarsiz tanqid va namuna 
yordamida amaliyotda bolalar koʻp narsalarni oʻrganadi. Shaxmatchi bolaning qanday oʻynash 
haqidagi bilimi avvalo toʻgʻri deb tan oladigan oʻz yurishlari yoki yoki raqibining yurishlarida 
namoyon boʻladi. Agar bola qoidalarga rioya qilsa, ularni shakllantira olish-olmasligi 
boshqalarni xavotirga solmaydi. Bunga oʻxshash fikrni L.Vitgenshteyn ham aytadi: til sohiblari 
tilni qoʻllar ekan, uni qoʻllash qoidalari haqida oʻylashmaydi. 
“Soʻz va obyekt” asarida amerikalik faylasuf va mantiqshunos bola qay tarzda birinchi 
tilni oʻrganishi toʻgʻrisidagi tushunchasini shakllantiradi: bola atrofidagi kishilar, toʻgʻri 
qoʻllangan til shakllari uchun bolani ragʻbatlantiradi va notoʻgʻri qoʻllashlariga toʻsqinlik 


122 
qiladilar. Bu fikr Rayl qarashlari bilan oʻxshash ekanligini ta’kidlash mumkin. Kuayn xuddi 
Vitgenshteyn kabi tilning asosiy mazmuniy birligi gap deb hisoblaydi. Uning fikricha, dastlabki 
elementar gaplarni bola butunligicha oʻrganadi. Bola rivojlanishi davomida yangi elementlardan 
oʻziga ma’lum boʻlgan modellar asosida yangi gaplarni faol tuza boshlaydi va kattalar uning 
yangi soʻzlarni oʻrganayotganini aytadilar. Biroq, aslida bola soʻzlarni matnda, gap tarkibida 
qoʻllanishini eslab qoladi, ya’ni u mazkur soʻz uchrashi mumkin boʻlgan gapni qoʻllashni 
oʻrganadi. 
Katta kishilarda chet tilini oʻzlashtirishning ikki bosqichi mavud: birinchisi – u faqat 
tarjima yordamida tushuna oladi, ikkinchisi – u chet tilida “oʻylay” oladi. Biron bir tilni 
oʻzlashtirmagan 
goʻdak esa ikkinchi 
bosqichdan boshlashiga 
toʻgʻri keladi.Koʻrib 
turganimizdek, Rassel, Vitgenshteyn, Ostin, Rayl va Kuaynlar tilning asosiy birligi, shuningdek, 
bolaning tilni oʻzlashtirishi undagi tafakkur shakllanishi bilan bogʻliqligi borasidagi qarashlari 
oʻxshashdir.
Ushbu nazariy qoidalarni bilingv bolalarga xos boʻlgan til mexanizmini tushuntirish 
uchun mezon sifatida ishlatish mumkin. Ikki yoki undan ortiq tilni oʻzlashtirgan shaxs oʻz 
birinchi tiliga bogʻliq boʻlmagan tarzda boshqa tilda fikr ifodalash,toʻgʻri gap tuzish qobiliyatiga 
ega boʻlganda bilingvizm haqida gapirish mumkin boʻladi. Chunki gap shaxs tomonidan va 
dunyo obyektlari oʻrtasida oʻrnatiladigan munosabatlar va aloqalarning asosiy shakli hisoblanadi 
va olamda sodir boʻlayotgan jarayonlarni qayd etadi, aynan gap fikrning bevosita voqnligi 
hisoblanadi. Shu tariqa, gap tuzishda tilning fikrni shakllantiruvchi funksiyasi amalga oshadi. 
Bizningcha, bu bilingvizmning haqiqiy boshlanishi haqida gapirishga imkon beruvchi ikkinchi 
tilni oʻzlashtirishdagi mezon nuqtasidir.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish