Mavzu:BURCHAKLAR CHIZISH VA ULARNI TENG BO'LAKLARGA BO'LISH. Darsning maqsadi. Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Burchak yasash va ularni teng bo’laklarga bo’lish haqida tushincha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga o’z vataniga bo’lgan muhabbati, hurmati, ongli intizom va yaxshi-xulq kabi fazilatlarni rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni burchak yasash va ularni teng bo’laklarga bo’lish haqidagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars turi: Aralash
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, amaliy mashg’ulot.
Darsning jihozi: Qog’oz, qalam, chizg’ich, sirkul, transportir.
O’quvchilar dars boshida uchta guruhga bo’lingan holda joylashtiriladi.
Darsning borishi: O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga faollashtiruvchi savollar beriladi.
1-guruh: Burchak turlarini sanab bering?
2-guruh:Chizma deb nimaga aytiladi?
3-guruh: Chizma masshtabi deb nimaga aytiladi?
Har guruh vakili savollarga javob beradi.
O’quvchilar savollarga javob bergandan so’ng o’qituvchi Burchak yasash va ularni teng bo’laklarga bo’lish haqida gapirib beradi.
Burchaklar yasash. Chizmachilikda har xil buyumlarning chizmalarini chizishda, ularda uchraydigan turli ko’rinishdagi burchaklarni yasashga to’g’ri keladi. Har qanday burchakni transportir va sirkul yoki uchburchakliklar yordamida yasash mumkin.
Burchaklarni sirkul yordamida bo’lish. To’g’ri burchak ABC ni teng ikkiga bo’lishda B nuqtadan ixtiyoriy kattalikdagi radius R bilan yoy chiziladi va uning burchak tomonlari bilan kesishtiriladi. 1- va 2-nuqtalardan o’zaro kesishadigan bir xildagi yoylar chizilsa, ular kesishib E nuqtani hosil qiladi. E nuqta B biln tutashtirilsa, burchak teng ikkiga bo’linadi. Ixtiyoriy o’tkir burchakni teng ikkiga bo’lish.
A A R
1 1
E
R
B
2 C B 2 C
a) b)
To’g’ri burchakni teng uchga bo’lish uchun B nuqtadan ixtiyoriy kattalikdagi yordamchi aylana yoyi sirkulda chiziladi. Shu yoyning kattaligini o’zgartirmasdan 1-va 2-nuqtalardan sirkulda yana yoylar chizilsa, 3-va4- nuqtalar hosil bo’ladi. 3-va 4-nuqtalar B bilan tutashtiriladi, shunda to’g’ri burchak teng uchga bo’linadi. To’g’ri burchakni teng to’rt bo’lakka bo’lish uchun, avval bu burchak teng ikkiga bo’lib olinadi, so’ngra har qaysi bo’lakni yana ikkiga bo’lib olinadi. Shunda to’g’ri burchak teng to’rtga bo’linadi.
A
R
O R
R
R
B
O C
c)
Qiyalik. To’gri burchakli uchburchakning gipotenuzasi bilan gorizontal kateti orasida hosil bo’lgan o’tkir burchak qiyalik deyiladi. Chizmalarda qiyalik ikki sonning bir-biriga nisbati ko’rinishida yoziladi.
Konuslik. Gaz jo’mragi tiqinining konusliligi ikkala asos diametrlari ayirmasining ular orasidagi masofaga bo’lgan nisbatiga teng.
Mustahkamlash.
Quyidagi javoblarni berilgan matndan foydalanib o’z o’rniga qo’ying.