Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

yoqtiraman 
fe’li oʻrnida ikkinchi va uchinchi shaxsda qoʻllaniladigan 
“gosta” – 
yoqtirasiz/yoqtiradi
fe’lidan foydalangan. 2,1-2,4 yosh orasida ba’zan 1-shaxs-son 
qoʻshimchasidan foydalangan, lekin koʻp oʻrinlarda 2-va 3-shaxs-son qoʻshimchalarini ishlatish 
davom ettirilgan. 2,4-2,5 yosh oraligʻida qiz hozirgi zamonni ifodalashda 1-shaxs-son 
qoʻshimchasini koʻproq ishlatgan, hozirgi tugallangan zamonni ifodalovchi 1-shaxs-son 
qoʻshimchasining barqaror qoʻllanilishi esa taxminan 2,7 yosh etib belgilangan. 1-shaxs-son 
qoʻshimchasining ikki zamonda turli yosh davrlarida oʻzlashtirilishi turli morfologik qoidalardan 
foydalanishni taqozo etgan. Shunday qilib, tadqiqotchilar barcha bolalar uchun hozirgi 


460 
tugallangan zamon fe’llaridagi birinchi shaxs-son qoʻshimchasining tugallanishi hozirgi zamon 
shaxs-son qoʻshimchalaridek kabi muntazam emasligini aniqlashgan. Masalan, qiz 2 yosh 5 
oyligida fe’lning barchasini 1-shaxs-son qoʻshimchasi bilan tuslangan, keyingi oyda esa (2 yosh 
6 oylik) 1-shaxs-son bilan tuslangan fe’llar berilgan barcha fe’llarning 33%ini tashkil etgan. 
Oʻtgan tugallanmagan zamonda tuslangan fe’llar bolaning nutqida 2 yosh 5 oylikdan keyin izchil 
boʻlmagan ravishda qoʻllangani kuzatilgan. Tuslangan fe’llar ham kattalar savoliga javob bilan 
cheklangan. Oʻtgan tugallanmagan zamonda 1-shaxs-sonni bildiruvchi aniq qoʻshimcha mavjud 
emas, bundan tashqari, 1-shaxs-son 2-va 3-birlik shaxs-son qoʻshimchalari bilan bir xil. 2 yosh 
hamda 2 yosh 9 oylik davrda koʻpgina fe’llar bola tomonidan buyruq maylida qoʻllangan. 
Qolgan fe’llar hozirgi zamon (26%) hamda hozirgi tugallangan zamonda (12%) tuslangan. 
Fe’lning infinitiv shakli toʻgʻri qoʻllangan, ba’zan bolaning nutqida hozirgi hamda kelasi zamon 
shaxs-son qoʻshimchalari ham uchragan. 2,7-2,8 yoshli bola nutqida turli zamon shakllari hamda 
fe’lning tuslanish holatlari kuzatilgan, lekin ularning nutqdagi chastotasi turlicha boʻlgan. Bola 
nutqida hozirgi oddiy hamda hozirgi tugallangan zamonlar tuslanishi ortgan sayin ular nutqida 
buyruq-istak maylining qoʻllanishi kamaya borgan. Olingan ma’lumotlar portugal tilida shaxs-
son hamda fe’l mayllari zamon koʻrsatkichlaridan avvalroq oʻzlashishini tasdiqlaydi. Hozirgi 
tugallangan zamon bolaning ilk nutqida faqat oʻtgan zamonda boshlangan hamda ayni paytda 
yakunlangan ish-harakatni bildiruvchi fe’llar tarkibidagina uchraydi. Tadqiqotlarga koʻra, 
hozirgi tugallangan zamondan foydalanishning cheklanganligi til rivojining universal yoʻnalishi 
boʻlishi mumkin. Bundan farqli tarzda erta oʻzlashtirilgan shaxs-sondagi tafovut fe’llarning 
semantik xususiyatlari bilan chegaralangandek tuyulmaydi, balki ular zamon koʻrsatkichlari 
bilan bogʻlangan. 
 
E.Beyts va J.Renkin italyan tilida morfemalarning oʻzlashtirilishiga doir tadqiqot olib 
borishgan [E.Bates, J.Rankin 1, 61]. Ular italyan tilida oʻlchov hamda qiymatni ifodalovchi 
sifatga qoʻshiladigan qoʻshimchalarning oʻzlashtirilishini uzoq vaqt davomida tajriba yordamida 
aniqlashgan. Ijtimoiy kelib chiqishi oʻrta qatlamga mansub 2 ta bola (Klavdiya va Fransesko) 
tajriba subyekti etib olingan. Ularning nutqi 1,3-2,9 hamda 1,4-3,9 yosh oraligʻida oʻrganilgan. 
Har ikki haftada bir marta bolalarning kattalar bilan muloqotidagi nutqi yozib olingan. Uzoq vaqt 
davom etgan tajribadan soʻng, bolaning nutqida uchragan oʻlchov (oʻlchovga munosabat 
bildirilgan sifatlar) hamda bahoni (biror narsaning ijobiy yoki salbiy bahosini bildiruvchi sifatlar) 
bildiruvchi sifatlar hamda sifat tarkibidagi qoʻshimchalar ajratib olingan. Tadqiqotchilar 
morfemadan unumli foydalanilganligini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan foydalanganlar: 
1) bola bitta soʻz tarkibida birdan ortiq qoʻshimcha qoʻshsa; 2) bir xil leksemadagi tafovutlar 
turli xil narsalarga qarama-qarshi holda ishlatilsa. Oʻlchov hamda bahoni bildiruvchi sifat 
turlanishining oʻzlashtirish jarayoni 2 davrga boʻlinadi. Birinchi davr bolalarning 1 yosh-u 8 
oylikka yetgunigacha boʻlgan davr boʻlib, bu davrda bolalarda oʻlchov hamda baho sifatlarini 
tushunishi hamda sifatlardan nutqda foydalanishi kuzatilmagan. Ikkinchi davr 1 yosh-u 8 
oylikdan boshlanib, 2 yosh 6 oylikkacha davom etadi hamda, bu davrda bolalar bir nechta 
morfemani oʻzlashtiradilar.
Oʻzbek tili agglutinativ tillar guruhiga kiradi hamda tildagi har bir koʻmakchi morfema 
muayyan funksiyani bajarish uchun xizmat qiladi. Shu jihatni inobatga olib, oʻzbek tilida 
morfemalarning oʻzlashtirish tartibini aniqlash shu tilning ona tili sifatida ham, chet tili sifatida 
ham oʻqitilishiga muayyan ta’sir oʻtkazadi hamda tadqiqotchilar oldiga tajriba oʻtkazish 
masalasini qoʻyadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish