459
bosqichda
on
predlogi
hamda
’s
egalik qoʻshimchasi; 4-bosqichda toʻgʻri va notoʻgʻri fe’l
shakllarini, 3-shaxs birlikni koʻrsatuvchi fe’l tarkibidagi
–s
qoʻshimchasi,
a, the
artikllari, hamda
to be
fe’li shakllari; 5-bosqichda
be
koʻmakchi fe’lining turli shakllarini oʻzlashtirishini qayd
etgan. Uzoq kuzatishlardan soʻng R.Broun morfemalardagi lingvistik murakkablikning umumiy
miqdori sifatida ifodaning oʻrtacha uzunligi (mean length of utterance) konseptini rivojlantirdi.
Shunga muvofiq, javobning oʻrtacha davomiyligi termini (mean length of response) har bir soʻz
birikmasidagi murakkablik miqdorini ifodalash uchun qoʻllandi
[R.Brown 3, 243].
R.Brounning tadqiqotiga asoslanib, J.Villiers va P.Villiers bolalarning bergan javoblarida
muayyan qoʻshimchaning mavjud yoki mavjud emasligi aniqlashga uringan . Ular ingliz tili ona
tilisi boʻlgan 16-40 oylik 21 ta bola bilan tajriba oʻtkazishgan. Ogʻzaki nutq namunalari 2 marta
1,5 soat davomida yozib olingan hamda har bir bolaning ifodaning oʻrtacha uzunligi hisoblab
chiqilgan hamda javob talab qilinuvchi kontekstda 14 morfema mavjudligi yoki mavjud
emasligiga koʻra aniqlangan. Berilgan morfema uchun besh yoki undan ortiq majburiy
kontekstni ta’minlaydigan transkriptlardan foydalanilgan. Tadqiqotning
mohiyatidan kelib
chiqib, J.Villiers va P.Villiers morfemalar oʻzlashtirish jarayonini tekshirishda R.Broundek 3 ta
izchil ravishda olingan nutq namunalaridan foydalanishmagan. Morfemalar qatori 2 metodga
asosan aniqlangan.
Birinchi usulda morfemalar har bir morfema birinchi marta 90% yoki undan koʻp
holatlarda yuzaga kelgan eng kam ifodaning oʻrtacha uzunligi qiymatlariga koʻra tartiblangan.
Ikkinchi usulda har bir morfemaga nisbatan foizlar barcha bolalar boʻyicha yigʻilib, oʻrtacha
hisob olingan va tartib boʻyicha joylashtirilgan. Keyin har ikki usuldan olingan natijalar
qiyoslangan. Unga koʻra tartib quyidagicha shakllangan: hozirgi zamon, on predlogi, koʻplik,
oʻtgan zamon notoʻgʻri fe’llari, artikllar, egalik qoʻshimchasi, 3-shaxs qoʻshimchasi hamda to be
fe’li. Ikkinchi usuldan olingan natijaga koʻra, egalik qoʻshimchasi eng oxirida oʻzlashadigan
qoʻshimcha sifatida tartiblangan. Tadqiqotchilar til oʻzlashtirishning
dastlabki bosqichida
morfemalar oʻzlashtirilishini aniqlovchi mezon yosh xronologiyasi emas, balki ifodaning
oʻrtacha davomiyligi degan xulosaga kelishgan.
R.Broun hamda J.Villiers va P.Villierslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida jins,
ijtimoiy-iqtisodiy darajasi hamda bolaning ota-onasi oliy ma’lumotli yoki yoʻq kabi omillar
inobatga
olinmagan, lekin olingan natijalar turlangan/tuslangan morfemalar tartibi ikki
tadqiqotda ham yuqori darajada oʻzaro muvofiqlikni koʻrsatgan.
Ingliz tilida olib borilgan tadqiqotlar boshqa tillarda ham shunday tajribalar oʻtkazishni
taqozo etdi. Xususan, portugal tilida fe’ldagi shaxs-son qoʻshimchalarining oʻzlashish rivoji
M.Perroni and S.Gammon tomonidan oʻrganilgan [M.Perroni, C.Gammon. 7, 60]. Ular 4 ta
braziliyalik bolalar bilan uzoq vaqt davomida tadqiqot oʻtkazishgan. Tadqiqot bolalarning yoshi
1,8 yoshidan ular 3 yoshga toʻlgunga qadar davom ettirilgan. Ma’lumotlar asosan bir qizchaning
nutqi asosida olingan, qolgan uch nafar bolaning nutqi esa olingan ma’lumotlarni tasdiqlash
uchun xizmat qilgan. Ma’lumotlar qizning ota-onasi bilan muloqot jarayonida yozib olingan 15
ta audio-yozuv asosida olingan. Bundan tashqari, qizning onasi 11 oy davomida qizining nutqini
qayd etib borgan. Tadqiqotchilar til oʻzlashtirish jarayonining dastlabki bosqichida bolalar fe’lga
hozirgi tugallangan zamon qoʻshimchasini juda kam qoʻshganlarini aniqlashgan.
Bolaning
nutqidagi deyarli barcha fe’llar ikkinchi/uchinchi shaxs birlikda egaga muvofiq tuslangan.
Masalan, bola 1-shaxs
Do'stlaringiz bilan baham: