Tili va adabiyoti universiteti


Ch  birikmasi  ingliz tilida  Ch



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Ch 
birikmasi 
ingliz tilida
 Ch, 
fransuz tilida
 Sh, 
italyan tilida
 K, 
nemis tilida
 X 
deb oʻqiladi.
Maksimal islohot tarafdorlari alifboni keskin isloh qilib, bir necha qoʻshimcha undosh va 
unli harflarni qoʻshish tarafdorlari hisoblanishadi. Ishchi guruh vakillari bu ham unchalik toʻgʻri 
fikr emasligini, bunday islohotlar qator muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidlashadi va oʻz 
fikrlarini 8 ta fakt bilan dalillaydilar. Jumladan, quyidagicha fikrlarni ilgari surishadi; murakkab 
alifbo tufayli jiddiy toʻsiq va muammolar yuzaga kelgach, yana ortga qaytadigan boʻlsak (oʻzi 
bir marta shunday boʻlgan: 1929-yilda 9 ta unlili alifboni qabul qilib, 1934-yilda uchta unli 
harfdan voz kechganmiz), unda shusiz ham chalkash boʻlgan yozuvga doir ishlarimiz yanada 
chigallashadi, yoshlarimizning savodxonligi battar yomonlashadi – zamondoshlarimiz oldida 
ham, kelajak avlod oldida ham uyatga qolamiz[2], degan fikrlarni qayd etishadi va yuqorida 
bayon qilingan harflar yuzasidan fikrlarini bildirishadi. Lotin alifbosi loyihasida ham ana shu 
harflarni oʻzgartirish lozim ekanini aks ettirishadi.
Yuqoridagi tahliliy fikrlardan namoyon boʻladiki, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek 
alifbosini isloh etish zarurati mavjud. Bu esa oʻzbek tilining yozuv tizimini yaxshilash bilan 
birga internet va texnologiyalarda foydalanish imkoniyatlarini oshiradi.
Alifbo harflari borasida bahslar davom etar ekan, X va H harflari yuzasidan ham 
muhokamalar 
boʻlib 
oʻtmoqda. 
Bugungi 
kunda 
X
va 

ni 
farqlashga 
qiynalayotgan 
hamyurtlarimiz yoʻq emas. Qattiq va yumshoq 
X va H
ni farqlashda muammolarga duch 
kelinishi, qaysidir darajada aholining savodxonligi pasayishiga olib kelmoqda. Tan olishimiz 
kerak, ayni paytda nafaqat oddiy yurtdoshlarimiz, balki ayrim oʻqituvchilarimiz ham X bilan H 
ni farqlashda ikkilanadi. Bu harflar borasida soʻz borar ekan, bir guruh faollar ushbu ikkala 
harfni yaxlitlash va yagona koʻrinishga olib kelish darkor deb bilishsa, bir guruh yurtdoshlarimiz 
bu harflar oʻz oʻrnida qolishi tarafdorlari hisoblanishadi. Bizning nazarimizda ham H va X 
harflari alifboda mavjud boʻlishi lozim. Chunki ushbu harflar ayrim soʻzlarning talaffuzida 
muhim ahamiyatga ega. Ishchi guruh loyihasida ham ushbu harflar oʻzgarishsiz qoldirilganligi, 
H va X harflariga ehtiyoj mavjudligini namoyon qiladi.
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi yuzasidan filologiya fanlari doktori, professor 
Shuhrat Sirojiddinov shunday fikrlarni bildirgan edi: Kishilarning yozma savodxonligi darajasini 
oshirishda alifboning mukammal boʻlishi juda katta ahamiyatga ega. Nazarimda, bugungi kunda 
mazkur alifboni yanada mukammallashtirish davr talabiga aylandi. Bu alifbodagi ayrim 
ziddiyatli holatlar bilan bogʻliq [4].
Bundan koʻrinadiki, hozirgi davrda oʻzbek lotin alifbosidagi muammolarni bartaraf etish 
eng muhim va oʻz oʻrnida amalga oshirilgan barkamol ishlardan boʻlib qoladi. Joriy alifboni 
takomillashtirmay turib, oʻzbek tili imlosini talab darajasida ishlab chiqib boʻlmaydi. Imlo 
tuzatilmas ekan, reklama va koʻcha-koʻydagi yozuvlarga talab qoʻyib boʻlmaydi. Bu esa «Davlat 
tili toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini sekinlashtiradi. Davlat tili ijrosi 
haqida qaygʻurar ekanmiz, birinchi navbatda «Lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosini 
takomillashtirish» boʻyicha yangi qonun ishlab chiqilishi, soʻng «Oʻzbek tilining yangi imlo 
qoidalari» ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlanishi, tartibga keltirilishi 
lozim. Ana shu ishlardan soʻng «Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali 
boʻladi. Shuningdek, qayd etilgan qonunlarga muvofiq bosqichma-bosqich har bir sohada oʻzbek 
tilining targʻibotini olib borish maqsadga muvofiq.
Umuman, lotin yozuviga oʻtish istibdod yillaridagi milliy siyosatda yoʻl qoʻyilgan katta 
va jiddiy xatolardan birini tuzatish chorasidir. Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashdagi 


457 
muhim qadam boʻlmish bu oʻzgarish mustaqillik davrida amalga oshirilayotgan eng qiyin va 
murakkab amaliy tadbirlardan biri. Alifboni mukammal holga keltirish esa, oʻzbek tilining 
kelgusidagi taraqqiyoti uchun zamin yaratuvchi muhim istilo boʻladi.
Til millatning dunyoda mavjudligini koʻrsatuvchi ramzlaridan biridir. Uning yozuvi, 
alifbo va imlosining mukammaligi ushbu xalqning savodining darajasini namoyon etadi. 
Alifboning bekam-u koʻst boʻlishi, imlo me’yorlarining mukammal ishlanib, amalda qoʻllanilishi 
bu masaladagi turli munozaralarni oldini olish bilan birga xalqning savodxonlik darajasini 
koʻtaradi, mamlakatning taraqqiyotiga yoʻl ochadi, qolaversa, kelgusi avlodning yanada 
intellektual salohiyati yuqori boʻlishiga zamin yaratadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish