Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Shum bolа 
Shundoq dedi, qulluq qilib
Gapni qoʻyib joyiga. 
Yangi zamon shum bolasi 
Yangi zamon boyiga: 
“Qoshingizga yana keldim, 
Quloq soling, Boy ota, 
Sidqidildan xizmat qilay, 
Ishga oling, Boy ota. 
Fazilatim koʻpdir, yana 
Аybimni ham aytganman. 
Lekin endi yangi zamon, 
Men yolgʻondan qaytganman. 
Chunki endi yolgʻonni hech 
Аybgina deb boʻlmaydi. 
Аldaganni balo urmas, 
Аldangan ham oʻlmaydi. 
Shart emas Shum bola boʻlish, 
Yolgʻon bukun osondir. 
Gazet toʻla, kitob toʻla, 
Majlis toʻla yolgʻondir. [Vohidov, 2001:26]
Bu sheʼrga Gʻafur Gʻulomning oʻzbek kitobxoni uchun yaxshi tanish boʻlgan “Shum bola” 
qissasining nomi sarlavha sifatida tanlangan. Sheʼr mazmuni esa bevosita uning qahramoni 
xarakteri asosida, yanada aniqrogʻi qissadagi Shum bola va Boy ota bilan bogʻliq epizod asosida 
qurilgan.
“Shum bola” qissasi va unga bogʻliq har qanday jumla yoxud qahramonlar allaqachon 
oʻzbek kitobxonlarining xotirasida mavjud va matn mazmuniy idroki ham shu asosda tashkil 
topgan.
Tajriba ishtirokchilarining sheʼr mazmuni boʻyicha bergan bayonlarini tahlil qilish 
asnosida ham bunga ishonch hosil qildik.
 
“….esingizda boʻlsa, “Shum bola” qissasining davomi bor deb unga yakun qoʻyilgan 
edi. Bu goʻyoki “Yangi zamon shum bolasi”ning davri kelganiga ishoradek.”
Bu sheʼrda eski avlod shum bolasi oʻrniga yangi realist shumbola haqida fikr yuritiladi.
Bu izohdan maʼlum boʻladiki, kitobxon uchun sarlavha sifatida berilgan “Shum bola” 
interteksti orqali bevosita shu nomli qissaga ishorani tushunish qiyin boʻlmagan. Hatto kitobxon 
qissani toʻliq oʻqiganligi bois, uning davomi borligi haqidagi qismigacha yodida qolgan hamda 
buni sheʼriy matn bilan bogʻlay olgan. Retsipient sheʼr matnidagi Shum bola bilan qissadagi 
Shum bolani qiyoslab, matnning umumiy mazmunini izohlagan. Kitobxon uchun “Shum bola” 
sarlavhasi va matndagi shu soʻzning takrori matnni tushunishga asos boʻlgan. Shu bois muallif 
nazarda tutgan jamiyat haqidagi fikrlar kitobxon uchun unchalik ahamiyat kasb etmagan. Bu esa 
“Shum bola” sarlavhasini koʻrishi bilan kitobxonda unga nisbatan assotsiatsiya paydo boʻlishi va 
matnni idrok qilishga sabab boʻlgan.
Bu sheʼriy matnga nisbatan bildirilgan fikrlarda “Shum bola” sarlavhasi asosiy tushunish 
vositasi hisoblansa-da, baʼzi izohlarda bevosita matnning bugungi kun bilan qiyosi ham 
uchraydi. Yaʼni respondentlar Gʻafur Gʻulomning asari haqida emas, balki bugungi kundagi 
voqeliklarga bogʻlagan holda matnni tushunishga harakat qilganlar.


97 
“…Masalan oldin hamma katta mansabdorlarga siz zoʻrsiz, qilgan ishlariz zoʻr rosa 
maqtashgan-ku hozir unaqa emas koʻproq haqiqat aytilyapti”.
“…Oʻzbek adabiyotida shum bola obrazi oʻz nomi bilan shum va quv obrazdir. Yolgʻon 
ishlatish shum bola tabiatiga xos. Parchada zamon soʻzi koʻp ishlatilgani bois, shum bolani ham 
bugungi kunimiz bilan bogʻlaymiz. Аniqlik talab qilinadigan har daqiqa, har vaqtda yolgʻonga 
oʻrin yoʻq”.
“…Bu yerda “yangi” soʻziga eʼtibor berish kerak. Bu yerda hozirgi kunda yolgʻon 
gapirish ayb emas, balki insonlar turmush tarziga singib ketgan oddiy odatga aylangani 
taʼkidlangan. Yangi zamonda endi yolgʻondan hech kim hayratlanmaydi, yolgʻon uchun hech 
kim jazolanmaydi. Endi bu ayb emas, tabiiy holga aylangani taʼkidlangan”. 
Yuqoridagi izohlarda tajriba ishtirokchilari muallif niyatini toʻgʻri anglay olishgan, ular 
qissa mazmuni bilan ham yaxshi tanish va Shum bolaning xarakteri, davri bilan shoir tasvirlagan 
zamonni, uning odamlarini taqqoslash imkoniga ega boʻlishgan va bu orqali berilgan matn 
mazmunini toʻgʻri idrok qilganlar. 
Sarlavha sifatida tanlangan intertekstning xalq ichida mashhurligi, uni oʻqishi yoki 
eshitishi bilan oʻquvchi ongida oʻziga xos reaksiya paydo boʻlishi nazarda tutilishi sheʼriy 
matnning kommunikativ muvaffaqiyatini taʼminlagan omillardan biri boʻlgan.
Sarlavha sifatida tanlanadigan intertekstning badiiy matnda yana bir vazifasi mavjud 
boʻlib, koʻpincha bunday matnlar intertekst ishora qilayotgan matnlarga parodiya qilinadi. Yaʼni 
muallif oʻzidan oldin yaratilgan muayyan bir matnning sarlavhasi yoki uning ichidan biror soʻz 
yoki jumlani sarlavha sifatida qoʻllab, oʻz matnini ham oʻsha asarga qiyosan yaratadi. Quyida 
tajriba uchun olingan “Boshindadir” sheʼri ham shu usulda yaratilgan boʻlib, Navoiyning 
mashhur gʻazalining radifi sarlavhaga chiqarilgan hamda unga parodiya sifatida hazilomuz 
tarzda yozilgan.
Boshindаdir 
(“Kulgi mushoiralari”dan) 
Oʻn sakkiz ming olam oshubi 
Padar boshindadir, 
Neajab, chun oʻgʻli oning 
Oʻn sakkiz yoshindadir. 
Nay misol shim kiygan ul 
Sandiqdayin tufli bilan, 
Hurpayib turgan savatdek 
 
 Soch aning boshindadir.[Vohidov, 2001:39]
Bu sheʼriy matnning sarlavhasi – intertekst, shuningdek, uning birinchi misrasi ham 
mashhur gʻazaldan iqtibos. Sheʼr davomida esa boshindadir, yoshindadir kabi gʻazaldan olingan 
qofiya soʻzlardan ham aynan qofiya sifatida foydalanilganini koʻrish mumkin. Muallif nega 
bunday sarlavha tanlaganini kitobxon sheʼrning birinchi misrasini oʻqigandayoq tushunib oladi. 
Muallif mashhur gʻazalni parodiya qilar ekan, uning mazmuniga tamoman teskari maʼnoni bir xil 
shaklda berishga harakat qiladi. Tajriba ishtirokchilarining 50% dan koʻprogʻi bu sheʼriy 
matnning Navoiy gʻazaliga parodiya, oʻxshatma, nazira deya baholagan va shu asosda uning 
mazmunini izohlagan, idrok qilgan. Аksariyat ishtirokchilar esa oʻz diqqat-eʼtiborlarini 
Navoiyning gʻazaliga emas, balki sheʼriy matndagi soʻzlardan kelib chiqib, uning sharhiga 
qaratganlar.
“…yo hozirgi moda yo avvalgi moda, tanqidga olingan 18 yoshida yosh ota boʻlgan yigit, 
balki chorasizligidandir, kiyinish va sochi bir ahvolda(hali turmushga tayyor emas, yoki oila 
qurmagan)”. 
“… Insonning yoshi ulgʻayishi bilan uning tashvishlari ham ulkanlashib boradi. Bunga 
Ota va oʻgʻil misol boʻladi. Yoshlikdagi xayolparastlik ham faqat yoshlikka yarashadi. Yoki 
sheʼrdagidek kiyinish ham faqat 18 yoshga yarashadi”. 


98 
“...Bugungi kun yoshlarining kelajagi, muammosi haqida faqatgina otalari qaygʻuradi. 
Oʻzlari esa muallifning kinoya oʻxshatishlariga mos holda hayot kechirishadi - olifta
yengiltabiatlik tarzida”.
Demak, sarlavha sifatida berilgan intertekstlar kitobxonni matn mazmuni tomon 
yoʻnaltiradi, bunda har ikki matnni nazarda tutyapmiz. Yaʼni avval kitobxon uchun tanish 
boʻlgan matn persepsiyalanadi, undan keyin berilgan asl matn mazmuni avvalgi persepsiya bilan 
qoʻshib idrok qilinadi. Shu jarayon orqali kitobxon muallif niyatini, berilgan matnning gʻoyasini 
chuqurroq anglaydi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish