Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Ugush soʻzlama soʻz biror soʻzla oz, 
Tuman soʻz tugunini bu bir soʻzla yoz
.
Hazrat Аlisher Navoiy ham “Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning 
tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. 
Аgar nutq noma`qul boʻlib chiqsa — tilning ofatidir” deydi. Darhaqiqat, til va nutq birligi bir-
biri bilan chambarchas bogʻliqki, ularni alohida holda oʻrganish tadqiqotchining asl maqsadiga 
yetishida toʻsiq boʻladi. 
Pragmatikaga oid barcha nazariyalar uning “yuragi” boʻlgan nutqiy akt orqali yuzaga 
chiqadi. J.Serl nutqiy akt soʻzlovchi, tinglovchi, spikerning bayonoti kabi turli xil faoliyatlarni 
oʻz ichiga olishini bildirgan. (John R. Searl,1965: 221) 
Oʻzbek tilshunos olimi Sh.Safarov ta’kidlaganidek, nutqiy akt soʻzlovchining ma`lum 
muhitda, aniq maqsadda tinglovchiga lisoniy murojaatidir. (Safarov Sh, 2008: 228) 
Kommunikativ strategiya va takti ham bevosita shu murojaat bilan birga “yashaydi”. 
Tilshunos olim Issers fikricha, umumiy ma’noda nutq strategiyasiga muloqotning oʻziga 
xos shart-sharoitlari va kommunikantlarning shaxslariga qarab nutqiy muloqot jarayonini 
rejalashtirish hamda ushbu rejani amalga oshirish kiradi. Boshqacha qilib aytganda, nutq 
strategiyasi-kommunikativ maqsadga erishishga qaratilgan nutqiy harakatlar majmuidir. (Issers, 
2008: 288) 
Lekin oʻz-oʻzidan ma`lumki, nutq “shablon”larga boʻysunmaydi, u real harakat 
jarayonida oʻzgarishlarga uchrashi tabiiy. Bu muloqotga kirishuvchilarning oʻzaro xatti-harakati, 
muhit, vaziyat, xarekteri va boshqa omillar bilan bogʻliqdirki, buni “tartibga” keltirish mumkin 
emas. Lekin nutq faoliyati qancha oʻzgarishlarga uchramasin, asosida baribir kommunikativ 
strategiya asosiga qurilgan maqsad turaveradi. Issers buni muloqot ishtirokchilari oʻzlarining 
harakatlarini vaziyatga qarab qancha oʻzgartirmasin, bu oʻzgarishlar yagona asosiy vazifa 
doirasida amalga oshiriladi, deb ta`kidlaydi. (Issers, 2008: 288) 
Аna shu oldindan rejalashtirilgan yagona vazifani amalga oshirish jarayonida muloqotga 
kirishuvchi oʻz intentsiyasini oshkora yoki ochiq bildiradi. Tilshunos olim Sh. Safarov ham bu 
hodisa haqida toʻxtalib, pragmatik maqsad va mazmunning ekplitsit, ya`ni ochiq ifoda etilishida 
diqqat axborot almashinuvidan ushbu axborotni uzatish maqsadiga koʻchadi va kommunikatsiya 
maqsadi uzatilayotgan axborotning predmetiga aylanadi. Nutqiy harakat maqsadining ochiq 
bayoni turli koʻrinishdagi lisoniy birliklar vositasida bajariladi va bulardan eng asosiysi 
pragmatikada performativ formula (qolip) atamasini olgan. (Safarov Sh, 2008: 228) 
Kommunikativ maqsadni ifodalash yoʻllarini farqlashda P.Braun va S.Levinsonlar, 
negative and positive politeness, ya`ni “salbiy va ijobiy hurmat”ni farqlash fikrini ilgari 
surgan.(L.V.Tetova, 2010) Sh.Safarov ta`kidlaganidek, ularning birinchisida oʻzgalarning vaqtini 
olayotganligi, e’tiborni jalb qilayotganligi uchun, ularga yetkazilayotgan “zarar”ning oʻrnini 
toʻldirish ehtiyoji bajariladi. Binobarin, 
“Kechirasiz, band ekanligingizni bilaman, lekin menga 


100 
maqolani yozishga yordam bera olmaysizmi?”
Lekin xuddi shu iltimos intentsiyasi doʻstona 
vaziyatda, ijobiy hurmat sharoitida boshqa koʻrinish oladi: “Menga ushbu maqolani tugatishga 
yordamlashib yubor!” (Safarov Sh, 2008: 228) 
Аgarda pragmatik maqsad aniq va zohiran ifoda topsa, nutqiy tuzilma performativ 
hisoblanishini yuqoridagi fikrlardan koʻrdik. Performativ tuzilmalarning ahamiyatli jihati unda 
tinglovchiga ta’sir oʻtkazish niyati aniq va tiniq koʻrinib turadi.
Yana bir oʻzbek tilshunosi M.Hakimov ham nutqga xos ifodaning oshkora yoki yashirin 
shakllari, oʻz navbatida, kommunikativ strategiya uchun yoʻl ochadi, deya oʻz fikrini izohlaydi. 
Kommunikativ niyatni ifodalash strategiyasi lingvistik pragmatikaning bosh masalasi 
hisoblanadi. Soʻzlovchi bunda oʻz ichki maqsadini tinglovchiga bayon qilish uchun u yoki bu 
ifoda usulini tanlaydi. Tanlash jarayoni bevosita tilshunoslikning stilistika yoʻnalishi obyektidir, 
deydi tilshunos. (M. Hakimov,2013, 22) 
L.V. Tetova oʻz dissertatsiya ishida kommunikativ strategiyalar ochiqlik, simmetriya va 
aloqa uslubida farqlanishini aytib oʻtadi. (L.V.Tetova, 2010) 
D.А.Skulimovskaya muloqot strategiyalar va taktikalarini tasnifini keltirishda olim 
S.Larsonning tasniflaridan foydalanadi [Larson 1995: 15-22]. S.Larson nutqda ta’sir qilish 
usullarini tahlil qilib, ularni ikkita asosiy kognitiv strategiyaga qisqartirish mumkin degan 
xulosaga keldi: kuchaytirish (boshqa odamlarning kamchiliklariga va ularning afzalliklariga 
urgʻu berish) va past darajaga tushirish (kamaytirish (ularning kamchiliklarini yumshatish va 
boshqalarni kamsitish). xizmatlari) [Larson 1995: 15-22].
Birinchi strategiya, ya’ni kuchaytirish (boshqa odamlarning kamchiliklariga va ularning 
afzalliklariga urgʻu berish) siyosiy raqibni obroʻsini toʻkish uchun ishlatiladi. Ushbu strategiyada 
salbiy fikrni ochiq usulda bayon qilish taktikasidan, odatda, keng foydalaniladi.
Siyosiy nutqlarda raqibini kamchiliklariga urgʻu berish orqali uni oshkora haqoratlash 
strategiyasini Issers muloqotning 4 ta harakati orqali tushuntirib beradi: Muloqotning birinchi 
harakati, bu toʻgʻridan toʻgʻri haqorat. Bunda oʻz nutqi orqali siyosiy raqibini oshkora 
haqoratlash strategiyasini tanlaydi. Masalan, «U ahmoq (oʻgʻri, firibgar, professional emas, 
kasal...) « va shu kabi. Ikkinchi nutqiy harakatda haqorat bilvosita amalga oshiriladi. Bunda 
oshkoralik bir muncha “xira” tortadi. Masalan, «Bu N kabi koʻrinadi». Uchinchi muloqot 
harakatida raqibining qilayotgan da’vosini yoʻqqa chiqarish orqali uni kamchiligini koʻrsatishga 
urunish. Toʻrtinchisi, kommunikativ strategiyaning ancha murakkab amalga oshirilishi boʻlib, 
muayyan detallar (ba’zan juda ahamiyatsiz) orqali tinglovchi (oʻquvchi)ga obyekt (siyosiy 
shaxs)ning xususiyatlari haqida umumiy xulosa chiqarishga ishora qiladi, ularga siyosiy raqibi 
haqida odatda salbiy fikr uygʻotishga yordam beradi. (Issers, 2008: 288) 
Umuman olganda, siyosiy matnlarda muloqat orqali oʻz maqsadiga erishishda turli ifoda 
usullaridan (oshkora yoki yashirin) foydalanish siyosatchining avvalo, oʻzini oʻzi tanitishiga ham 
xizmat qiladi. U oʻz siyosiy raqibini obroʻsizlantirish «ustiga” oʻz obroʻsini “quradi” yoki uning 
bajarayotgan ishida kamchiliklarini koʻrsatish orqali oʻzining professional ekaniga ishora qiladi. 
Shu jihatlardan kelib chiqib kommunikativ strategiya va taktikani siyosiy olamning «nozik 
san’ati” desak ham mubolagʻa boʻlmaydi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish