Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Qay pari-paykarga dersen, telba boʻlding bu sifat? 
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, boʻldum sanga! 
(Navoiy. Gʻazallar, 23 b.) 
Hur-u gʻilmon, pari-paykar obrazlari, ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz durdonalarida, 
shuningdek, oʻzbek xalq ertaklari tarkibida ham koʻp uchraydi. Bu soʻzlarning hammasi qiyosan 
bir xil “farishta, malak” ma’nosida qoʻllaniladi. Ularning oʻrtasida hech qanday genderologik 
tafovutlar ham koʻzga tashlanmaydi. Biroq bu soʻzlarning etimologiyasiga nazar tashlaydigan 
boʻlsak, gʻilmon soʻzi erkaklarga nisbatan qoʻllanishi lozimligiga guvoh boʻlamiz. OʻTIL.da bu 
haqda shunday izoh keltirilgan: “Gʻilmon – arabcha “gʻulom” soʻzining koʻplik shakli boʻlib, 
bolalar, yigitlar, xizmatkorlar degan ma’noni bildiradi. Diniy qarashlarga koʻra mazkur soʻz 
jannatda xizmat qiladigan yosh goʻzal yigit ma’nosini anglatgan. Bundan kelib chiqadiki
mazkur soʻz asosan erkaklarga nisbatan qoʻllanishi joiz, biroq eski va hozirgi oʻzbek tillarida 
buning aksini, asosan, ayollarga nisbatan qoʻllanishiga guvoh boʻlamiz. Yoki goʻzal ayollarga 
nisbatan qoʻllanuvchi paripaykar, parivash, pariruxsor, parichehra, pariroʻy soʻzlariga asos boʻlib 
xizmat qiluvchi pari soʻzining izohiga e’tibor qaratamiz. Birinchisi, bu soʻzning mifologik 
ma’nosi boʻlib, sharq xalqlari folklorlarida keng tarqalgan, juda goʻzal qiz qiyofasidagi, nurdan 
yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz, goʻzallik ramzi. Bu haqda 
koʻplab maqollar ham bor. Masalan, 
Qari bilganni, pari bilmas.
Ikkinchisi uning asosida 
yaratilgan suv parisi obrazi. Suvda yashaydigan pari ma’nosida qoʻllaniladi, oʻzbek xalq 
ertaklarida bu obrazni koʻp uchratishimiz mumkin. Parichehra, pariroʻy, pariruxsor soʻzlari 
aynan bir xil, pari yuz, paridek goʻzal ma’nolarini anglatadi. Ular ham badiiy adabiyot 
namunalari qahramonlarini tavsiflashda faol metaforik birlik hisoblanadi. Bundan tashqari 
parixon (pari, jin kabi gʻayritabiiy kuchlar yordamida bemorlarni kasalliklardan xalos qiluvchi; 
duoxon, azayimxon, folbin), parizod (paridan tugʻilgan), paritoʻp (oʻzbek xalqi tarkibidagi 
urugʻlardan birining nomi) kabi nomemalar ham borki, bu soʻzlar oʻzbek lingvomadaniyatida 
diniy-mifologik qarashlar qanchalik chuqur ildiz otganligidan dalolat beradi. Religiomorfik 
metaforalar ingliz lingvomadaniyatida angel soʻzi va u bilan bogʻliq birikmalar bilan keng 
qoʻllaniladi. Chunonchi, 
godlike face, divine face, angel face 
shular jumlasidan. 
One morning in 
1816 an Englishman with a godlike face and a deformed foot registered at a Belgian island, as 
soon as he reached his room fell like a thunderbolt upon the chambermaid.
(Peter Quekkel, To 
die Dark Tower, 67 b.). Religiomorfik metafora turlariga nafaqat diniy-mifologik qarashlar, balki 
afsonaviy, xayoliy qahramonlarga aylangan shaxs nomlarini ham kiritish mumkin. Masalan, 
oʻzbek xalqida 
alpday yigit, Alpomishday yigit, Rustami Dostonday zoʻr
kabi sifatlari, 
arvohday 
ozgʻin, devday zabardast, avliyodek oqil, murdaday oppoq, gadoday qashshoq, goʻdakdek 
begʻubor, zanjidek qora 
sifatlashlari ham aynan goʻzallik konseptining yo ijobiy, yo salbiy 
ottenkalarini ifodalash uchun qoʻllaniladi.
Samandardek qayta tugʻildim, 
Uzun boʻyli yillar oralab. 
(Ulugʻbek Hamdam, Soʻlmagan gulim). 


94 
Ingliz tilida 
Herculean body, as black as Hamlet, the beauty of Madonna 
kabi afsonaviy 
qahramonlar nomi bilan bogʻliq birikmalarini misol keltirish mumkin. 
Gastronomorfik metaforalarga ingliz tilidan 
as nice as milk – sutday ajoyib; as sweet as 
chocolate 
birikmalarini misol keltirish mumkin

Hozirgi zamonaviy oʻzbek tilida bu kabi 
metaforalarni koʻplab uchratish mumkin. 
Gulruxsorning qoʻllari onasi Sitorabonuning 
qoʻllaridan ham mayin, muloyim, chiroyli, koʻzlari osmonday koʻm-koʻk, tili novvotdan ham 
shirin. 
(Odil Yoqubov, Koʻhna dunyo. 102 b.) Goʻzallik konseptini xunuklik sifati bilan bogʻliq 
metaforalarsiz tasavvur qilish mushkul. Erkin Vohidovning mashhur “Boshindadur” hajviy 
gʻazali ham besoʻnaqay, xunuk yigitni ifodalashda gastronomorfik metaforalar qoʻllanilgan 
ajoyib misol boʻla oladi. 
Nay misol shim kiygan ul, Sandiqdayin tufli bilan, 
Hurpayib turgan savatdek soch aning boshindadir. 
Umuman, metaforalarning mazkur turlari oʻzbek va ingliz lingvomadaniyatida har ikki til 
egalarining oʻziga xos milliy-mental dunyoqarashini aks ettirishda alohida ahamiyatga ega. 
Bunda goʻzallik har qanday millatning, etnik tarkibning kalit konseptlaridan biri hisoblanadi.
Konseptual borliqda goʻzallik mahalliy, milliy, madaniy, tarixiy va diniy e’tiqodlar bilan bogʻliq 
boʻlishi mumkin. Yuqorida tasnif etganimiz fitomorfik, naturmorfik, zoomorfik, religiomorfik, 
gastronomorfik metaforalar har ikki til vakillariga tegishli flora, fauna dunyosini, diniy-
mifologik qarashlarini, maishiy-ijtimoiy munosabatlarini aynan leksik-frazeologik birliklar 
vositasida goʻzallik konseptini aks ettirishdagi ahamiyati qay darajada katta ekanligining guvohi 
boʻldik. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish