HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI
Bu davr adabiy tili aslida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllangan. XIX asrda o’zbek tilida dastlabki o’qish kitoblari va amaliy grammatika qo’llanmalari yuzaga keldi. Bu ish XX asrda yanada keng tus oldi. Hozirgi o’zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhim bosqich eski o’zbek adabiy tili hisoblanadi. Chunki XIV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan tarixiy davr o’zbek xalqi tilining takomillashuvida muhim rol o’ynadi. Shuningdek, XIX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat ham muhim omil hisoblanadi. Ya’ni rus istilosi natijasida tilimizda ko’plab rusiyzabon va ovro’pacha so’zlar paydo bo’ldi: uyezd, gazeta, gimnaziya, general gubernator, veksel, poyezd kabi. Bu esa tilimizning zamonaviylashishiga sabab bo’ldi.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida e’lon qilingan dastlabki gazeta – “Turkiston viloyatining gazeti” (1875)
Do'stlaringiz bilan baham: |