Eski o’zbek adabiy tilida bitilgan baytlar:
Bu ulus to xublar ko’rdik, ey o’zbegim,
Dilrabolikda sizingdek sho’xi ra’no ko’rmadik. (ATOYI)
Shohu, toju xil’atkim, men tomosha qilg’ali
O’zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog’i bas. (NAVOIY)
Qaro meng ol yangoqingg’a yaroshur,
Boshim doyim adoqingg’a yaroshur. (XORAZMIY)
Qarinchqa aydi: “Mavlodin ne tilading?”
Sulaymon aydi: “Andoq mulk tiladimkim, mandin o’zga kim ersada bo’lmasin”.
Qarinchqa aydi: “Bu so’zdin hasad isi kelur, manga bo’lgin, o’zgalarga bo’lmasun”.
(RABG’UZIY)
ESLATMA: “Devoni hikmat”, “Qissasi Rabg’uziy”, “Muhabbatnoma”, “Me’rojnoma”, “Muqaddimat ul-adab”, “Yusuf va Zulayho”, “O’g’uznoma” kabi asarlar XII-XIII asrlarda yaratilgan bo’lib, ularda eski o’zbek tilining mahalliy shevalari aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |