Sof operatsion marja koeffitsienti (SOMK). DKA XBOT x
-
SOMK
|
100 %
|
-
|
FX x 100 %
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
JMA
|
|
|
JMM
|
Bu erda:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
215
|
|
DKA – daromad keltiradigan aktivlar;
XBOT – xizmat bo’yicha olingan to’lovlar;
JMA – jami moliyaviy aktivlar;
JMI – jami moliyaviy majburiyatlar;
FX – foizli xarajatlar.
Ushbu koeffitsient bankning operatsion faoliyatidagi vositachilik funktsiyasini bajarish natijasida oladigan daromadlarining real darajasini ko’rsatadi.
Sof operatsion marja koeffitsientining normativ darajasi 6,50 foizni tashkil qiladi.
5. Operatsion daromadlar koeffitsienti (ODK).
Bu koeffitsient quyidagicha hisoblanadi.
Operatsion daromadlar summasi x 100 %
ODK =
Bank aktivlarining o’rtasi miqdori
Ushbu koeffitsient tijorat banki moliyaviy holatining operatsion faoliyatiga bog’liqlik darajasini ko’rsatadi.
Operatsion daromadlar koeffitsienitning normativ darajasi 1,0 foizni tashkil etadi.
6. Xarajatlar/daromadlar koeffitsienti
(Foizsiz xarajatlar: Yalpi daromad)x100%
Ushbu ko’rsatkichning darajasi 45 foizdan oshmasa ijobiy holat
hisoblanadi
17.3. Tijorat banklarining daromadlari va xarajatlarini boshqarish
usullari
Tijorat banklarining daromadlari va xarajatlarini boshqarishda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
Daromadlarning barqarorligini ta’minlash usuli.
Xarajatlarning optimal tarkibini shakllantirish usuli.
216
Daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash usuli. Jahon tiklash va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, tijorat
banklari yalpi daromadlarining umumiy hajmida foizli daromadlarning salmog’i kamida 70 foiz bo’lishi kerak40.
Tijorat banklari foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlardan olingan foizli daromadlar salmog’ining yuqori va barqaror bo’lishi ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kreditlar yuqori salmoqni egallaganligi sababli kreditlardan ko’rilgan zararlar miqdorining o’sishi banklarda sof foydaning kamayishiga olib keladi. Shu sababli, Jahon tiklash va taraqqiyot bankining ekspertlari kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalariga nisbatan me’yoriy cheklov joriy qilishni tavsiya qiladilar. Ularning tavsiyasiga ko’ra, tijorat banklarida kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari miqdori bank aktivlari o’rtacha summasining 0,5 foizidan oshib ketmasligi kerak. Mazkur tavsiya taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida keng qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasida kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari to’liq tijorat banklarining xarajatlariga olib boriladi va ular 56802-hisobraqamining debetida hisobga olinadi. Ammo respublikamiz tijorat banklarida kredit riski bo’yicha yaratilgan zaxira ajratmalariga nisbatan me’yoriy cheklovlar belgilanmagan.
Fikrimizcha, Jahon tiklash va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan taklif etilgan tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalariga nisbatan me’yoriy cheklov respublikamiz tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish amaliyotiga joriy etish lozim. Ammo bunda bank tomonidan haqiqatda yaratilgan zaxira summasi emas, balki kreditlarni to’g’ri tasniflash natijasida yaratilishi lozim bo’lgan zaxira ajratmalari hisobga olinishi lozim.
40Макнотон Д. Банковские учреждения в развивающихся стран. Пер. с англ. – Вашингтон: ИЭР, 1994.
217
AQSh tijorat banklarida aktivlarning daromadligini baholash uchun
foydalilik koeffitsienti (FK) qo’llaniladi.
Ushbu koeffitsient quyidagi formula asosida hisoblanadi.
FK
Do'stlaringiz bilan baham: |