Tijorat banklarining xarajatlari uch guruhga bo’linadi:
Foizli xarajatlar.
Foizsiz xarajatlar.
Operatsion xarajatlar.
depozitlarga to’langan foizlar;
boshqa banklardan olingan kreditlarga to’langan foizlar;
bank tomonidan chiqarilgan va qat’iy belgilangan stavkaga ega bo’lgan
qimmatli qog’ozlarga (obligatsiya, imtiyozli aktsiya, depozit sertifikati, jamg’arma sertifikati) to’langan foizlar.
Foizsiz xarajatlarga quyidagilar kiradi:
komission xarajatlar;
xorijiy valyutada ko’rilgan zararlar;
oldi-sotdi schyotlari bo’yicha zararlar;
investitsiyalardan ko’rilgan zararlar.
211
Operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar;
ijara xarajatlari;
xizmat safari xarajatlari;
transport xarajatlari;
ma’muriy xarajatlar;
homiylik xarajatlari;
asosiy vositalar bo’yicha eskirish xarajatlari;
sug’urta xarajatlari;
to’langan soliqlar.
Tijorat banklari yalpi daromadining asosiy qismi uning asosiy faoliyat turlaridan olinishi kerak. Shu sababli, tijorat banklarining kreditlardan va qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlarining o’zgarishini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
62
60
58
56
54
52
50
48
60,4
57,4
53,4
2016й. 2017й. 2018й.
17.1-rasm. Benk of Amerika yalpi daromadida foizli daromadlarning ulushi37, foizda
Расм муаллифлар томонидан Бэнк оф Американинг йилилк ҳисоботлари маълумотлари асосида тузилган.
212
17.1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2016 va 2017 yillarda Benk of Amerika yalpi daromadi hajmida foizli daromadlarning salmog’i yuqori va barqaror bo’lgan. Buning ustiga, 2018 yilda ushbu ko’rsatkichning 2017 yilga nisbatan sezilarli darajada o’sishi kuzatilgan. Ushbu holatlar Benk of Amerikaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
2018й.
2017й.
2016й.
66769
57579
51057
110584
100264
93662
-
0
|
20000
|
40000
|
60000
|
80000
|
100000
|
120000
|
|
|
|
Фоиизли даромад
|
|
Ялпи даромад
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
17.2-rasm. Benk of Amerikaning yalpi daromadi va foizli daromadi miqdorlari38, mln. AQSh dollarida
17.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2015-2018 yillarda Benk of
Amerikaning yalpi daromadi ham, foizli daromadi ham o’sish tendentsiyasiga ega
bo’lgan.
17.1-jadval
O’zbekiston Repsublikasi Aktsiyadorlik-tijorat banklar – Asakabank va
Sanoatqurlishbanknng yalpi daromadi va foizli daromadlari39, 2018 yilning 31
dekabr holatiga
Banklar
|
Yalpi daromad,
|
Foizli daromad,
|
|
|
|
Расм муаллифлар томонидан Бэнк оф Американинг йилилк ҳисоботлари маълумотлари асосида тузилган.
Жадвал муаллифлар томонидан АТ ―Асакабанк‖ ва АТ ―Саноатқурилишбанк‖нинг 2018 йил якуни бўйича эълон қилинган йилилк ҳисобтлари маълумотлари асосида тузилган.
213
|
|
mlrd. so’m
|
|
mlrd. so’m
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Asakabank
|
|
2 756
|
|
|
1 609
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Sanoatqurilishbank
|
|
1 389
|
|
|
751
|
|
|
|
|
|
|
|
|
17.1-jadval
|
ma’lumotlaridan
|
ko’rinadiki,
|
Asakabank
|
va
|
Sanoatqurilishbankda
|
yalpi daromadlar
|
hajmida foizli
|
daromadlar
|
yuqori
|
salmoqni egallaydi.
|
|
|
|
|
|
|
17.2. Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
1. Sof foizli spred koeffitsienti
SFSK
=
KOFS
SK
x 100%
–
DTFS
FTDS
x 100%
Bu erda:
SFSK- sof foizli spred koeffitsienti;
KOFS-kreditlardan olingan foizlar summasi;
DTFS – depozitlarga to’langan foiz summasi;
FTDS – foiz to’lanadigan depozitlar summasi.
Jahon tiklash va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, sof foizli spred koeffitsientini hisoblashda talab qilib olinadigan depozitlar summasi va ularga to’langan foizlar hisobga olinmasligi lozim.
Fikrimizcha, sof foizli spred koeffitsientini hisoblashda talab qilib olinadigan depozitlarning barqaror qoldig’i hisobga olinishi lozim. Chunki, Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarning bank amaliyotida talab qilib olinadigan depozitlardan kredit resursi manbai sifatida foydalaniladi. Bundan
214
tashqari, sof foizli spred koeffitsientini hisoblash formulasida banklararo kreditlar summasi va ularga to’langan, ulardan olingan foizlar summasi alohida ko’rsatilishi lozim. Buning sababi shundaki, banklararo kreditlar tijorat banklari uchun kredit resursi manbai hisoblanadi, ular muddatli depozitlar kabi aniq muddatlarga va foiz stavkalariga ega.
2. Aktivlarning daromadlilik koeffitsienti (ADK).
ADK
Soliq to’lashgacha bo’lgan sof foyda x 100 %
Aktivlarning o’rtacha summasi
Ko’pchilik mutaxasislarning fikriga ko’ra, bu ko’rsatkich bank aktivlarining daromadlilik darajasini nisbatan aniqroq aks etiradigan ko’rsatkich hisoblanadi. Uning normativ 1,0 % ni tashkil etadi. Agar bu koeffitsientning haqikatdagi darajasi 1,0 %dan past bo’lsa, bu holat bank aktivlarining daromadligini oshirishda sezilarli muamolarning mavjudligidan dalolat beradi.
3. Sof foiz marjasi koeffitsienti (SFMK).
SFMK
(foizli daromadlar – foizli xarajatlar) x 100 %
bank aktivlarining o’rtacha summasi
Bu koeffitsient tijorat bankining jami aktivlarining o’rtacha summasiga nisbatan, sof foizli daromad olish qobiliyatini tavsiflaydi. Bu ko’rsatkichning tijorat banklari uchun amaliy ahamiyati shundaki, u sof foizli daromadning normativ darajasini ifodalaydi, sof foizli daromad esa tijorat banklarining moliyaviy qolatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Sof foiz marjasi koeffitsientining normativ darajasi 4,5 foizni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |