Sof foyda (soliq to’langandan keyin) x 100 %
aktivlarning o’rtacha miqdori
Mazkur koeffitsientni belgilash uchun 5 ta guruhga ajratiladi: birinchi guruhga aktivlarining miqdori 100 mln dollardan kam bo’lgan banklar, ikkinchi guruhga aktivlarining miqdori 100 mlndan 300 mln dollargacha bo’lgan banklar, uchinchi guruhga aktivlarining miqdori 300 mlndan 1 mlyard dollargacha bo’lgan banklar, to’rtinchi guruhga aktivlarining miqdori 1 mlyarddan 5 mlyard dollargacha bo’lgan banklar, beshinchi guruhga aktivlarining miqdori 5 mlyard dollardan ortiq bo’lagn banklari kiradi.
Har bir guruh bo’yicha va guruhdagi har bir bank bo’yicha so’nggi uch yil mobaynidagi foydalilik koefitsientining o’rtacha miqdori aniqlanadi. Undan keyin foydalilik koeffitsientini uch yil mobaynida haqiqatdagi o’rtacha miqdori har bir bank bo’yicha pasayib borish tartibida joylashtiriladi.
Bir reytingi oliy daraja hisoblanadi va bunda foydalilik koeffitsienti bir foizdan yuqori bo’ladi va bank kreditlardan ko’rilidagan zararni qoplash uchun to’liq zahiralar tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Reytingning ikkinchi darajasi qoniqarli daraja hisoblanadi va foydalik koeffitsienti 0,75 foizdan 1,0 foizgacha bo’ladi.
Reytingning uchinchi darajasi uzviy daraja hisoblanadi va bunda foydalilik koeffitsienti 0,5 foizdan 0,75 foizgacha bo’ladi. Bunda devidentlar bo’yicha stavkalarning darajasi yuqori bo’ladi, kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralar etarli bo’lmaydi.
Reytingning to’rtinchi darajasi chegaraviy daraja hisoblanadi va bunda aktivlarning foydalilik koeffitsienti 0,25 foizdan 0,5 foizgasa bo’ladi. Bunda bankning foydasi regulyativ kapital hajmini oshirish uchun etarli bo’lmaydi,
218
kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralar etarli bo’lmaydi.
Reytingning beshinchi darajasi qoniqarsiz daraja hisoblanadi va bunda aktivlarning foydalilik koeffitsienti 0,25 dan past bo’ladi. Bu bank joriy faoliyatini zarar bilan yakunlaydi41.
AQSh banklarida aktivlarning daromadlilik darajasini baholash maqsadida keng qo’llanilayotgan foydalilik koeffitsienti so’nggi uch yil mobaynida ma’lumotlar asosida hisoblanadi va bu holat foydalilik koeffitsientiga qisqa muddat davriy oraliqlarda yuzaga keladigan vaqtinchalik omillarning ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Tijorat banklari xarajatlarining optimal tarkibini shakllantirishda tijorat banklarida kassali aktivlarni yirik miqdorda to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, avvalo, tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida muddatli depozitlar va jamg’arma depozitlari salmog’ini oshirish lozim. Buning natijasida transaktsion depozitlarning depozitlar umumiy hajmidagi salmog’i pasayadi. Bu esa, o’z navbatida, banklarning ―Nostro‖ vakillik hisobvaraqlarida yirik mikdordagi pul mablag’larini saqlab turish zaruriyatidan xalos qiladi. Bundan tashqari, respublikamiz tijorat banklari ri muddatli va jamg’arma depozitlariga to’lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo’li bilan foiz marjasini mo’’tadil darajaga keltirishlari mumkin. Lekin buning uchun har bir tijorat banki daromadlilikning ―o’lik nuqtasi‖ni hisoblab chiqish zarur. Aks holda, ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishiga yo’l qo’ygan tijorat bankida foiz marjasini qisqarishi hisobiga daromadlarni etmay qolishi yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |