MILLIYDAROMADSTATISTIKASI REJA: 1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti 2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari 3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi 1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti Bozor munosabatlari amal qilayotgan iqtisodiyotda daromad kategoriyasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni ikki miqyosda ko’rib chiqish mumkin: makromiqyosa va mikromiqyosda. Mikromiqyosdagi daromadlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy jarayonlarda qatnashishi natijasida olgan ixtiyoriy daromadlardan iborat bo’lib, ularning hisobi buxgalteriya hisobida to’liq aks ettiriladi. Makromiqyosdagi daromadlar buxgalteriya hisobidagi daromadlarga mos kelmaydi va ularni mikromiqyosdagi daromadlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’shish orqali hosil qilib bo’lmaydi. MHT-93 da qo’llaniladigan daromad kontseptsiyasi ingliz olimi Jon Xiksning daromad ta’rifiga asoslanadi. Uning “Qiymt va kapital” asarida keltirilgan daromad ta’rifining asosiy mohiyati quyidagicha: “Ma’lum davr boshida mavjud bo’lgan kapitalning qiymatini davr ohirida saqlab qolgan holda iste’mol uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha mablag’larning maksimal yig’indisi – shu davrda hosil bo’lgan daromaddir”. Ya’ni aholining qashshoqlashmasdan yoki qarzg botmagan holda iste’moli va jamg’arishi uchun sarflanadigan mablag’lardir. Mazkur kontseptsiyaga asoslanib quyidagi xulosalar chiqariladi: har qanday moddiy aktivlarning moliyaviy aktivlarga aylanishi, molilyaviy aktivlar shaklini o’zgarishi, aktivlar qiymatining inflyatsiya natijasida o’zgarishi daromad bo’lib hisoblanmaydi.
2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari MHTda J.Xiks kontseptsiyasiga asoslanuvchi, taqsimlash jarayonining barcha jabhalarini xarakterlovchi daromad ko’rsatkichlari tizimi yaratilgan. Bu tizim quyidagi daromad ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: birlamchi daromadlar joriy transfertlar ixtiyordagi daromadlar natura ko’rinishidagi ijtimoiy transfertlar tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad milliy daromad (yalpi va sof) milliy ixtiyordagi daromad (yalpi va sof) Birlamchi daromad bu - institutsion birliklarning boshqa birliklarning iqtisodiy faoliyatida bevosita va bilvosita (moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan) qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlaridir. Mehnat haqi uy xo’jaligi sektorining birlamchi daromadi hisoblanadi. Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga qo’shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narhiga ustama va qo’shimchalar va yashirin soliqlar kiradi. Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) subsidiyalar miqdoridan iborat. Sof foyda nomoliya, moliya, davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadi hisoblanadi. Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini tushunamiz. Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish jarayonlari aks ettiriladi. Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi. Joriy transfertlar qatoriga quyidagilar kiradi: daromad va mulk uchun joriy soliqlar; sotsial sug’urta ajratmalari; sotsial to’lovlar; sug’urta mukofotlari va qoplamalari; turli qayta taqsimlash to’lovlari(jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik yordamlari, a’zolik badallari, xayr-ehson va x.k.).
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi Milliy daromad mamlakat rezident birliklarining hisobot davrida yaratgan daromadlarining yig’indisidan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida hisoblanganligi uchun uni odatda agregat ko’rsatkich deb yuritiladi. Milliy daromad agregati mamlakatdagi barcha rezident birliklarning olgan birlamchi daromadlarining yig’indisidan iborat bo’lib, bu agregat yalpi va sof usullarda, ya’ni asosiy kapitalning iste’moli ko’rsatkichi qo’shilgan yoki qo’shilmagan holda hisoblash mumkin. Yalpi ichki mahsulot(YAIM) va YAMD ko’rsatkichlari bir-biridan rezident birliklarning tashqi dunyodan olgan va bergan birlamchi daromadlarining saldosiga farq qiladi. Bu holatni bunday ifodalash mumkin: YAMD = YAIM+CHEBDS yoki SMD =SIS+CHEBDS Mamlakat miqyosida barcha iqtisodiyot sektorlarining ixtiyordagi daromadlari yig’indisi milliy ixtiyordagi daromad(MID) deyiladi. Bu YAIM va YAMD agregatlari kabi muhim agregatlardan hisoblanadi. Bu agregat ham yalpi(YAMID) va sof(SMID) usullarda hisoblanadi. Tashqi dunyodan olingan va tashqi dunyoga to’langan joriy transfertlar o’rtasidagi farq tashqi dunyo joriy transfertlar saldosi (TDJTS) deyiladi. U musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. YAMID va YAMD o’rtasida quyidagi munosabat o’rinli: YAMID = YAMD + TDJTS.