KKZQMZAD = (ZAS / BAO’S) x 100%
bu erda:
ZAS – zaxira ajratmalari summasi;
BAO’S – bank aktivlarining o’rtacha summasi.
Ushbu ko’rsatkichning yuqori me’yoriy darajasi 1,0 foizni tashkil etadi. Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari
darajasi ko’rsatkichining me’yoriy darajadan yuqori bo’lishi tijorat banki tasniflangan kreditlari tarkibini yomonlashganligidan dalolat beradi.
2. Muddati o’tgan kreditlarning mo’’tadil darajasi (MO’KMD).
MO’KMD = (MO’KS / BK) x 100%
bu erda:
MO’KS – muddati o’tgan kreditlarning o’rtacha summasi; BK – brutto kreditlar.
Mazkur ko’rsatkichning yuqori me’yoriy chegarasi 3,0 foiz qilib belgilangan.
Muddati o’tgan kreditlarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaraviy
darajasi.
Ushbu ko’rsatkich 2-formula orqali hisoblanadi va uning yuqori me’yoriy
darajasi 5,0 foizni tashkil etadi.
9.2. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirish.
Tijorat banklarining aktivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda likvidli
aktivlarining miqdorini depozitlarning nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki
114
joriy depozitlar va jamg’arma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori bo’lib, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotiga xos bo’lgan holat hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror bo’lgan mijozlarning ko’pligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini mo’tadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimini barqaror darajasini ta’minlashga zamin yaratadi. Rivojlanyotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatini takomillashmaganligi va boshqa omillar xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xo’jalik sub’ektlarining pul oqimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va jamg’arma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi kuchayadi.
Tijorat banklarining passivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda asosiy e’tibor bankning depozit bazasining barqarorligini ta’minlashga qaratilishi kerak va bunda tijorat banklari resurslarining eng barqaror qismi bo’lib muddatli depozitlar va jamg’arma omonatlari hisoblanadi va ular quyidagi muhim xususiyatlarga egadir:
– hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi va ularga to’lov
hujjatlari yozilmaydi;
– muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlaridagi mablag’larning aylanish tezligi past;
– qat’iy belgilangan foiz to’lanadi, Markaziy bank zarur hollarda foiz stavkalarining yuqori chegarasini tartibga solishi mumkin;
– tijorat bankini depozitni olish to’g’risida oldindan ogohlantirish tartibi
mavjud;
115
– nisbatan past majburiy zahira stavkalari qo’llaniladi.
Transaktsion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining
likvidliligiga jiddiy ziyon etkazadi. Shu sababli, Glass-Stigoll qonuniga asosan 1933 yilda transaktsion depozitlarga foiz to’lashning ta’qiqlanishi oqilona tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga tijorat banklari tomonidan to’lanadigan foiz stavkalarining yuqori chegarasining belgilanishi tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy ta’sir qiladi.
Bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish kamida 2–10 yilga mo’ljallanib ishlab chiqiladi, bunda asosiy e’tibor resurslarni jalb etish va joylashtirishni muddatlar bo’yicha muvozanatlashtirish, mijozlarning tarkibini shakllantirish, resurslarni jalb etishni omonatchilar va mijozlar bo’yicha diversifikatsiyalash kabilarga e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiyotning o’tish sharoitida tijorat banklari resurslarini boshqarishning strategik rejalashtirish usuli iqtisodiy va siyosiy risklarni minimallashtirishda, bankning o’zgaruvchan bozor sharoitiga moslashuvchanligida muhim rol o’ynaydi.
Sberbankning 2014-2018 yillarga mo’ljallangan rivojlantirish strategiyasida moliyaviy natijalar bo’yicha quyidagi 6 ta ko’rsatkich bo’yicha strategik rejalashtirish amalga oshirilgan:
Kapitalning rentabelligi.
Birinchi darajali kapitalning etarliligi.
Xarajatlarning daromadlarga nisbati.
Xarajatlarning aktivlarga nisbati.
Sof foydaning o’sishi.
Aktivlarning o’sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |