8.3. Tijorat banklari investitsiya portfelining sifatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
105
Tijorat banklarining investitsiya portfelining sifatini baholashda xalqaro bank amaliyotida bir nechta ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin.
Bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilinadigan investitsiyalarning maksimal miqdori.
Tijorat banki tomonidan bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilinadigan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalining 15 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Oldi-sotdiga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori.
Tijorat banki tomonidan oldi-sotdi uchun mo’ljallangan qimmatli
qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Barcha emitentlarning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori.
Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarning qimmatli qog’ozlariga
qilingan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
4. Bank investitsiya portfelining daromadlilik darajasi.
IPd = (P1 – P0) : P0
Bu erda:
IPd – investitsiya portfeliniing daromadlilik darajasi; P1 – investitsiya portfelining so’nggi qiymati;
P0 – investitsiya portfelining boshlang’ich qiymati.
5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi.
Bir emitentning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak.
Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning investitsiya portfelidagi
salmog’ining o’zgarishi.
106
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan, ularning joriy likvidliligini ta’minlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi.
Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan muomala chiqarilgan qimmatli qog’ozlar, Markaziy bankining qimmatli qog’ozlari va to’lovi Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qog’ozlar kiradi.
Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, ya’ni trattalar muomalasining mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi.
Mamlakat Markaziy banki lombard kreditlarining mavjud emasligi uning qayta moliyalash siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va mazkur kreditlar Hukumatning qimmatli qog’ozlarini emissiya qilishning to’xtatilganligi sababli berilmayotir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli qog’ozlarini o’zining lombard kreditlari uchun garov ob’ekti sifatida tan oladi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’i TIF Milliy bankida 0,5 foizni, Sanoatqurilishbankda – 0,4%, Ipotekabankda - 0,2 foizni tashkil etdi20.
Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarining daromadliligiga va ularning joriy likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Respublikamiz tijorat banklarining investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlar mavjud emas. Demak, banklarning investitsiya portfeli milliy valyuta-so’mda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlardan iborat. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarining investitsiya portfelini moliyaviy risklarga ta’sirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va
devalvatsiya ta’sirida banklarning qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarining real qiymatini pasayish xavfi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |