9.4. O’zbekiston tijorat banklarida tezkor va strategik rejalashtirishni
takomillashtirish
Banklarda tezkor va strategik rejalashtirishni takomillashtirish yo’llari:
Strategik rejalashtirish jarayonida moliyaviy aktivlarning amortizatsiya qilinadigan qiymatini to’g’ri aniqlash va ularning qadrsizlanishini aniq baholash maqsadida samarali foiz stavkasi usulini rejalashtiriish jarayoniga joriy qilish lozim.
Samarali foiz stavkasi shunday foiz stavkasiki, u moliyaviy instrument
bo’yicha kutilayotgan davr mobaynidagi barcha pullik tushumlar va to’lovlarning hisoblangan summasini ularning dastlab tan olingan sof balans qiymatiga keltirish imkonini beradi (diskontlash yo’li bilan).
Samarali foiz summasini stavkasini hisoblash uchun har bir tegishli hisobot davrida samarali foiz stavkasi aktiv yoki majburiyatning o’tgan hisobot davrining so’nggidagi amortizatsiyalangan qiymatiga ko’paytiriladi. Mazkur davr uchun hisoblangan samarali foiz bilan aktivning foizli kuponi o’rtasidagi farq summasi mazkur davrdagi amortizatsiya summasi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga qoidalariga ko’ra, barcha moliyaviy majburiyatlar dastlabki tan olingandan so’ng samarali foiz stavkasini qo’llagan holda amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanishi kerak. Biroq, mazkur qoidalar quyidagi turdagi moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qo’llanilmaydi:
123
Adolatli qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy majburiyatlar. Chunki, mazkur turdagi moliyaviy majburiyatlar shu davrdagi foyda yoki
zarar tarkibida hisobga olinadi.
Moliyaviy aktivni uzatayotganda tan olinishi to’xtamaydigan holatda yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar.
Bozor stavkasidan past bo’lgan foiz stavkalarida beriladigan kreditlar berish bo’yicha bitimlar bo’yicha yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar.
2. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini rejalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida, birinchidan, qimmatli qog’ozlar emitentlarining moliyaviy va mulkiy holatini tahlil qilish tizimini takomillashtirish orqali banklarning koroporatvi qimmatli qog’ozlarag qilingan investitsiyalari hajmini oshirish zarur; ikkinchidan, banklarning Markaziy bankning obligatsiyalariga qilingan investitsiyalari hajmini oshirish orqali ularning joriy likvidlilik darajasini oshirish lozim; uchinchidan, banklarning ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi ortiqcha pul mablag’larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub bo’lgan korxonalarning qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish lozim.
Ushbu taklifimizning amaliyotga tatbiqi natijasida:
– tijorat banklarining qimmatli qog’ozlardan oladigan daromadlari miqdori ko’payadi;
– yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hisobidan tijorat bankining joriy likvidlilik darajasi oshadi;
– banklarning qimmatli qog’ozlar portfelining likvidlilik darajasi oshadi.
Tijorat banklari daromadlarini tezkor rejalashtirishdaa asosiy e’tibor
tijorat banklarining kreditlardan olinadigan foizli daromadlarining yalpi daromad hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlashga qaratilishi lozim:
birinchidan, kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’ini pasayishiga yo’l qo’ymaslik zarur; ikkinchidan, kreditlar foiz stavkalarining keskin tebrashining oldini olish lozim; uchinchidan, muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i ko’rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash zarur.
124
Nazorat uchun savollar
Tezkor rejalashtirish nima uchun tijorat banklariga kerak?
Tijorat banklari uchun strategik rejalashtirish nima uchun zarur?
Banklarda tezkor rejalashtirish qaysi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi?
Tijorat banklarida strategik rejalashtirish qaysi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi?
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi qanady
ko’rsatkichlar mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |