8.2-jadval
Tijorat bankining aktiv usulda boshqarilayotgan qimmatli qog’ozlar
portfelining shakli
Qimmatli
|
Haqiqatdagi
|
Bozor portfelidagi
|
Aktiv
|
qog’ozning nomi
|
qimmatli qog’ozlar
|
ulushi
|
pozitsiya
|
|
portfelidagi ulushi
|
|
|
|
|
|
|
|
108
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
|
|
|
S1
|
0,30
|
0,45
|
- 0,15
|
|
|
|
|
S2
|
0,20
|
0,25
|
- 0,05
|
|
|
|
|
S3
|
0,50
|
0,30
|
0,20
|
|
|
|
|
Jami
|
1,00
|
1,00
|
0,00
|
|
|
|
|
Ikkinchi ustunda portfelni aktiv boshqarish uchun qimmatli qog’ozlarning haqiqatdagi salmog’i ko’rsatilgan.
Uchinchi ustunda o’rtacha bozor portfeli sifatida olingan dastlabki portfeldagi qimmatli qog’ozlarning ulushi ko’rsatilgan.
Aktiv pozitsiya qimmatli qog’ozlarning haqiqatdagi portfeldagi ulushi bilan dastlabki portfeldagi ulushi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mazkur farqning yuzaga kelishining sababi shundaki, aktiv menedjer qimmatli qog’ozlar bo’yicha kutilayotgan risk va daromad to’g’risidagi umumiy prognozga rozi emas.
Tijorat banki tomonidan jalb qilingan mablag’lar va bank kapitalini qimmatli qog’ozlarga joylashtirishning ikki shakli mavjud:
Strategik joylashtirish.
Taktik joylashtirish.
Quyidagi rasm orqali tijorat banki mablag’larini qimmatli qog’ozlarga joylashtirishni ko’rib chiqamiz.
109
Ресурсларни қимматли қоғозларга жойлаштириш
-
Стратегик
|
Тактик
|
жойлаштириш
|
жойлаштириш
|
|
Кутилаѐтган даромад
Дисперсия
Ковариация
8.2-rasm. Tijorat banki mablag’larini qimmatli qog’ozlarga joylashtirish
8.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, tijorat banklari mablag’larini qimmatli qog’ozlarga strategik joylashtirish kutilayotgan daromadni, dispersiya va kovariatsiyani uzoq muddatli prognozlashga asoslanadi. Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga taktik joylashtiri esa, kutilayotgan daromadni, dispersiya va kovariatsiyani qisqa muddatli prognozlashga asoslanadi.
110
Nazorat uchun savollar
Tijorat bankining investitsiyaon operatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklari nima maqsadda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga
investitsiya qilishadi?
3. Tijorat banklari nima maqsadda yuqori likvidli korporativ qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishadi?
Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishning qanday printsiplari va mezonlari mavjud?
Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishning qanday usullari
mavjud?
111
9-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI TEZKOR
VA STRATEGIK REJALASHTIRISH
9.1. Tijorat banklari aktiv va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirishning mohiyati
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning resurs bazasini mustahkamlash O’zbekiston Respublikasi bank tizimini o’rta muddatli istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarida strategik rejalashtirishni takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Tijorat banklarining likvidliligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning resurs bazasini mustahkamlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarning mavjudligi banklarda strategik rejalashtirishni takomillashmaganligidan dalolat beradi. Xususan, respublikamiz tijorat banklarida balanslashmagan likvidlilik muammosining chuqurlashganligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, tijorat banklari depozit bazasining etarliligi ta’minlanmagan. 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmog’i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini etarli emasligini ko’rsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi etarli bo’lishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog’i 30 foizdan oshmasligi kerak.
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish deganda strategik rejalashtirishda ko’zda tutilgan reja ko’rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Tijorat banklarida strategik rejalashtirish deganda bankning quyidagi faoliyat yo’nalishlari bo’yicha muqobil boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish jarayonlari tushuniladi:
– aktivlarni boshqarish;
– resurslarni boshqarish;
– risklarni boshqarish;
– personalni boshqarish;
112
– marketing.
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish bank faoliyatini boqsharish jarayonida aniqlangan o’zgarishlarning sabablarini aniqlash va ushbu o’zgarishlarning salbiy ta’siriga barham berish choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
AQShlik professor J.Sinkining xulosasiga ko’ra, tijorat banki faoliyatining har bir yo’nalishi bo’yicha strategik rejalashtirish ishlab chiqilgan bo’lishi va uning pirovard maqsadi bank aktivlarining daromadliligi va risk darajalari o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
J.Sinkining ushbu xulosasi hozirgi zamon bank amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, tijorat banklari faoliyatida risklarning chuqurlashib ketayotganligi sababli Bazel qo’mitasi tijorat banklari faoliyatidagi kredit riski va operatsion riskni baholash va boshqarish bo’yicha talablar va yondashuvlarni 2004 yilda qayta ko’rib chiqishga majbur bo’ldi. Natijada, kredit riskini baholash bo’yicha yangi ―standartlashgan yondashuv‖ deb nomlangan yangi yondashuv va operatsion riskni boshqarish bo’yicha yangi bazaviy indikativ yondashuv ishlab chiqildi.
Tijorat banklaridagi strategik rejalashtirishni bankni boshqarishning muqobil stsenariylarini ishlab chiqish jarayoni sifatida qarash lozim va bunda bank faoliyatining 4 sohasi bo’yicha strategik rejalashtirishga ustuvor yo’nalishlar sifatida qarash zarur:
– marketing;
– resurslarni boshqarish;
– risklarni boshqarish;
– bank xodimlarini boshqarish.
Tijorat banklari faoliyatining moliyaviy natijalarini rejalashtirishda asosiy e’tibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar o’rtasidagi nisbatning oqilona darajasini ta’minlashga qaratilishi lozim.
113
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida tijorat banklari moliyaviy ko’rsatkichlarini strategik rejalashtirishda asosan Bazel qo’mitasining kapitalning etarlililigi va risk-menejmentga bo’yicha belgilagan mezonlari va me’yorlaridan foydalaniladi.
Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari darajasi (KKZQMZAD).
Do'stlaringiz bilan baham: |