Asab tizimining ontogenezi
Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh miyasining og'irligi 400 g atrofida bo‘lib, tana og'irligining 1/8 qismini tashkil qiladi. Go'dakda po'stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan, pushtalar yirik-yirik, lekin chuqurligi va balandligi uncha rivojlanmagan bo'ladi. To'qqiz oylarga borib, miyaning dastlabki og'irligi ikki barobar oshadi. 2 yoshda bosh miyaning og'irligi bola tug'ilgan davridagiga qaraganda bir necha barobar kattalashadi. Bu jarayon, asosan, asab tolalarining miyelinlashuvi va tug‘ilgan zahotiyoq bosh miyada mavjud bo‘lgan 20 mlrd. hujay-ralaming kattalashuvi hisobiga kechadi.
Go'dakning miya to'qimasi hali takomillashmagan bo‘ladi. Po'stloq hujayralari, po'stloq osti tugunlari, piramidal yo‘llar yaxshi rivojlanmagan, kulrang va oq modda orasidagi aloqalar takomillashmagan bo'ladi. Uning asab hujayralari bosh miyaning katta yarim sharlari yuzasi va oq moddaning asosida to‘planib joylashadi. Bosh miya kattalashgan sayin asab hujayralari po‘stloq tomonga siljib boradi. Bosh miya qon tomirlari ham rivojlanib, takomillashib boradi.
Go'dakda katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ensa qismi katta yoshdagilamikiga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Bola o‘sgan sayin yarim sharlar pushtalari shakli va topografik joylashuvi o‘zgarib boradi. Ayniqsa, bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib, 15-16 yosh- larga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilamikidan deyarli farq qilmaydi. Yon qorinchalar bolalarda nisbatan keng va katta bo‘ladi.
Go‘daklarda ikkala yarim shami birlashtirib turuvchi targ'il tana nozik va qisqa bo'ladi. Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ‘il tana yo‘g‘on- lashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa to‘la shakllangan bo‘ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda miyacha sust rivojlangan, uzunchoq shaklga ega, pushtalari va egatchalari sayoz, gorizontal holatda bo‘lib, kranial nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi.
Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan tugallangan tuzilishga ega. Shuning uchun ham orqa miya go‘dakda nisbatan takomillashgan, katta yoshdagilamikiga qaraganda uzunroq bo'ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda umurtqaga qaraganda orqada qolib boradi. Orqa miyaning o‘sishi 20 yoshgacha davom etadi. Bu davr ichida uning og‘irligi ham oshadi.
Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan, nerv tolalari siyrak bo'lib, notekis taqsimlangan. Miyelinlanish jarayoni turli nerv tolalarida turlicha kechadi. Kranial nervlaming miyelinlashuvi bir yoshga yetib tugallanadi. Orqa miya nerv tolalari miyelinlashuvi 2-3 yoshgacha davom etadi. Vegetativ asab tizimi chaqaloq tug‘ilganidan
36
boshlab faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Embriogenezning dastlabki bosqichlarida asab tizimining turli bo'Iimlarida aniq takomillashgan mustahkam aloqalar paydo bo‘ladiki, ular tug‘ma hayotiy muhim funksiyalaming asosini tashkil qiladi. Bu funksiyalaming yig‘indisi bola tug‘ilgach hayotga dastlabki moslashuvni ta’minlab beradi (tnasalan, nafas olish, emish, yurak urishi va h.k.).
Ontogenetik rivojlanish jarayonida odamning miyasi kuchli o‘zgarishlarga uchraydi. Anatomik jihatdan olganda, yangi tug'ilgan chaqaloq miyasi bilan katta yoshdagi odamning miyasi bir-biridan anchagina farq qiladi, chunki individual rivojlanish jarayonida yosh o‘tgan sayin miya tuzilmalari yetilib boradi. Hatto, morfologik jihatdan yetilgan asab tizimida ham rivojlanishi yoki qayta paydo boMishi zarur bo‘lgan funksional sistemalar mavjuddir.
Bosh miya evolyutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo'nalishni aniqlash mumkin. Bulaming birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga o‘ta tayyor turishi. Bu yo'nalish tug‘ma, instinktiv reaksiyalarning katta to'plamidan iborat bo‘lib, organizm hayot kechirishi mobaynida har qanday hodisalarga shay bo‘lib turadi. Bular ovqatlanish, himoyalanish, ko'payish mexanizmlari va boshqalar. Organiznmi hamma narsaga o‘rgatish shart emas. Zero, u ba'zi qobiliyatlarga tug‘ilganidan boshlab egadir.
Agar biz xulq-atvori go‘yoki avtomatlashib ketgan hasharotlar dunyosidan sut emizuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak, boshqacha holatga ko‘zimiz tushadi, ya’ni xulq-atvorning tug‘ma, instinktiv turlari maqsadga yo'naltirilgan, shaxsiy tajribaga asoslangan xatti-harakatlarga qo'shilib ketganini ko‘ramiz. Sut emizuvchilar xatti-harakatida izlanish, o‘zi turgan muhitini topish kabi xususiyatlarning shohidi bo‘lamiz. Hayot kechirishning bunday turi uchun takomillashgan miya kerakligi o‘z-o‘zidan ayon, albatta.
Ammo asosiy gap miyaning hajmidagina emas, balki uning funksiyasidadir. Evolyutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xatti- harakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel holda kuzatiladi.
Barcha funksiyalarni po‘stloq o‘ziga «tortib» olishi uning takomillashib borishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Shu bilan birga dunyoni anglab borish, o‘rganish, po'stloqning ma’lumotlar bilan to‘lib borish jarayoni, asosan, bolalik davriga to‘g‘ri kelar ekan. Go'daklik davridan yetuk, barkamol yoshgacha bo‘lgan davr har bir individ uchun uzoq masofa hisoblanadi.
Go‘dak, ulg‘ayib, asta-sekin hayotga moslashib oladi. Xo‘sh, bu jarayon qanday kechadi? Nima qilsa, xatoga yo‘l qo‘yilmaydi? Shaxsning
37
uyg'un, ijodkor bo'lib rivojlanishi uchun nimalar zarur? Ba’zi olimlarning fikricha, hammasi tarbiyaga bog‘liq. Go‘dakning miyasini yozilmagan daftarga o‘xshatish mumkin. Daftarning tashqi ko‘rinishi boshqalaridan farq qilmasada, har bir nusxasi va sahifasining o'ziga xos xususiyatlari bor. Bitta varag‘iga yozilgan matn ikkinchisida takrorlanmaydi. Yozuvchi daftami nima bilan to'ldirsa, keyinchalik shu yozuvni o‘qiydi. Demak, oppoq varaqlami qanday toidirish, nima bilan to'ldirish o‘zimizga bog‘liq. Balki inson miyasini oddiy daftar bilan taqqoslash noto‘g‘ridir, chunki inson miyasi ma’lumodami faqat «o‘lik», «jonsiz» holatda o‘zida saqlaydigan daftar emas. U ma’lumotlami faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar chiqaradigan, ijodiy fikrlay oladigan katta bir jonli, harakatdagi sistemadir.
Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo‘lib o‘sishiga ta’sir qiluvchi sabablar uni o‘rab turgan muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bolaning oldida turgan muammolar yechimini to‘g‘ri topishga ko'mak- lashish, uning xulq-atvorini to‘g‘ri shakllantirib borish katta ahamiyatga molikdir.
Miyaning funksional sistemasi
Bosh miyaning hujayralar to‘piami faqatgina sodda vazifani bajarib qolmasdan, balki boshqa mukammal funksiyalarni bajarishda ham ishtirok etadi (P.K.Anoxin, 1973). Funksional sistemaning faoliyatini ta’minlashda asab tizimi (ayniqsa, bosh miya) ning barcha tuzilmalari ishtirok etadi (5-rasm, a). Bu jarayon neyronlararo aloqalaming ko'pligi sababli amalga oshiriladi. Bu aloqalar psixofunksional mexanizmlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega (5-rasm, b ).
Funksional sistema biron-bir funksiyani bajarishda ishtirok etuvchi asab hujayralari to‘plamidir. U miyaning muhim, o‘z-o‘zini boshqaruvchi mexanizmi hisoblanadi. Asab tizimining individual rivojlanishini to‘g‘ri baholash uchun uning anatomik jihatdan yetukligi bilan birga biron-bir funksiyani boshqarishi va bajara bilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Demak, ontogenez jarayonini, ya’ni nerv to‘qimalarining yakka holda emas, sistematik tarzda rivojlanishini sistemogenez nuqtai nazaridan tushunmoq kerak.
Funksional sistema tushunchasi individual rivojlanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asabiy-ruhiy buzilishlarning mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, embrional rivojlanish jarayonida asab tizimi turli tuzilmalarining birin-ketin paydo bo'lishi bilan birga, ushbu ketma-ket rivojlanishning buzilishi ham ro‘y beradi.
Dastlab, hayotiy muhim ahamiyati bo'lgan funksional sistemalar shakllanadi. Unga evolyutsion nuqtai aazardan olganda, xilma-xil
38
5-rasm (a). Bosh miya tuzilmalari
tuzilmalar qo‘shilishi mumkin. Shuning uchun bir bosqich darajasida funksiona] sistemaga kiruvchi ba’zi tuzilmalarning turli darajada takomilga yetishini kuzatamiz. Ayni vaqtda, bir maromda rivojlanmaslik, ya’ni geteroxronlikning ko'rinishlariga ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, go'dakda emish jarayonida qatnashadigan asab hujayralari va to‘qimalari yuz nervlarining boshqa tolalariga qaraganda miyelin pardasi bilan oldinroq va yaxshiroq qoplangan bo'ladi. Yuz nervining yuqori tolalari go'dakda miyelin pardasi bilan yaxshi qoplanmaydi, go'yoki bu tolalarga hozircha zarurat yo‘qdek.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |