Tibbiyot psixologiy asi


- amnestik afaziya; 5 - akalkuliya; 6 - aleksiya



Download 0,96 Mb.
bet23/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

4 - amnestik afaziya; 5 - akalkuliya; 6 - aleksiya.


agrafiya kuzatilishini aniqlagan. Shuningdek, u afaziyalarda agrafiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini o'rgangan. 12-rasmda agrafiya, akalkuliya, aleksiya va afaziyalar kuzatiladigan sohalar ko‘rsatilgan.
Afaziyalarda agrafiya kuzatilishining sababi qilib, so'zlarning tovush tarkibini tahlil qilish, kinetik va kinestetik asoslarining buzilishi ko‘rsatiladi.
Yozish qobiliyatining shakllanishini o‘rganadigan bo‘lsak, dastlab yozish jarayoni og‘zaki nutqdan alohida rivojlana boshlab, faqat keyingina nutq bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Yozish jarayoni va og'zaki nutqning kelib chiqishi, shakllanishi, kechishi, mazmuni va funksiyasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan tomonlari juda ko‘pdir. Masalan, bola 2 yoshga yetganda og'zaki nutqqa ega bo‘la boshlasa, yozishni, odatda, 5-7 yoshdan boshlaydi. Og‘zaki nutq kattalar bilan muloqot ta’sirida rivojlansa, yozma nutq ongli ravishda o'rganish mobaynida shakllanadi. Avvaliga bola biror so‘zni yozish uchun har bir harfning tovushini ajratadi, o‘sha harfning tuzilishini ko‘z oldiga keltiradi, yozadi va eslab qoladi. Yozish jarayoni bolaning miyasiga singgan sayin


65




yozishni ongli tarzda boshqarish zarur bo'lmay qoladi va yozish borgan sayin avtomatlashib boradi va go‘yoki «beixtiyoriy» jarayonga aylanadi. Buning natijasida xatning tuzilishi ham, bolaning husnixati ham o‘zgaradi.
Yozma nutqning talaffuz etilmasligi emas, balki fikrlanishi uni og'zaki nutqdan ajratib turadigan asosiy jarayondir. Yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Yozma nutq og‘zaki nutqqa qaraganda ixtiyoriyroqdir. Agar tovush og‘zaki nutqda avtomatlashgan bo‘lsa, odam yozishni o‘rganayotganda o‘sha tovushni maydalab, analiz va sintez qilib yozadi. Yozma nutq aniq maqsadga yo‘naltirilgan ongli jarayondir. Yozma nutqni o'zlashtirish uchun asosiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa - bu mustaqil nutqni egallash va anglashdir.
Og‘zaki nutq, odatda, gapirish funksiyasini bajaradi, masalan, suhbat paytida. Yozma nutq - yozish orqali fikmi bayon qilish, yozish orqali boshqalar bilan muloqotda bo‘lish vazifasini o'taydi. Agar yozma nutq mexanizmlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, yozish jarayoninining birinchi va asosiy tarkibi - bu so‘zning tovushini tahlil qilish, ya’ni so‘z tovushlaridan alohida fonemalarni ajrata olish demakdir; ikkinchidan, so'zdan ajratib olingan har bir tovushning harfmi tanish operatsiyasini amalga oshirish; uchinchidan esa har bir harfning optik tasavvuri grafikasini yaratish demakdir.
So‘zlarni tahlil qilish, akustik va kinestetik afferentatsiyalarga asoslanib tovushlarni ajratib olish va aniqlashtirishdan tashqari, har bir so‘zda qaysi tovushni qanday tartibda joylashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z vaqtida tovushlarni qisqa vaqtli xotirada saqlashni talab qiladi. Faqat mana shu jarayonlar amalga oshgandan keyingina so'zdan ajratib olingan va aniqlangan tovush yozilayotgan harfga aylantirilishi mumkin. Bu murakkab jarayonda ko‘ruv analizatorlari hamda fazoviy munosabatlarni idrok qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Yozma nutq quyidagi bosqichlarni o‘tadi:

  1. yozish uchun niyatning paydo bo‘lishi;

  2. nima haqida yozish;

  3. qanday yozish;

  4. tovushni harfga aylantirish;

  5. yozish jarayonini boshqarish bosqichi.

Yozayotganda tovushni harfga, o‘qiyotganda esa aksincha, harfni tovushga aylantirish murakkab psixofiziologik jarayonlar hosilasidir.
Yozish jarayoni akustik, optik, kinestetik, kinetik, proprioretseptiv analizatorlarning birgalikda ishlashi hisobiga kechadigan jarayondir. Tovushlarni analiz qilish esa akustik va kinestetik analizatorlarning birgalikda ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. Tovushlarni harflarga


66




aylantirish akustik, kinestetik, optik analizatorlar hisobiga, harflarni yozish esa optik, fazoviy va harakat analizatorlari hisobiga amalga oshiriladi. Demak, yozishning buzilishi miyaning peshona bo'lagi, uning mediobazal sohalari, chakka, pastki pariyetal va ensa sohasining oldingi qismlari zararlanganda kuzatiladi.
Shunday qilib, yozma nutq bosh miyaning umumiy funksiyasi bo'lib, u nutq markazlari zararlanganda buziladi. Yozishni faqat nutq funksiyasiga yoki faqat harakat, yoki ko'ruv sistemasining vazifasiga kiritib bo'lmaydi. Yozish murakkab neyropsixologik jarayondir.



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish