Tibbiyot psixologiy asi


‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish



Download 0,96 Mb.
bet11/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

0‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish
tarixi
0‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi fani tibbiyot institutlarining asab kasalliklari kafedrasi tarkibida, 0‘zbekiston Milliy universitetining umumiy psixologiya, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining amaliy psixologlar tayyorlash kafedralarida o‘qitib kelinmoqda. Uzoq yillar tibbiyot psixologiyasiga psixiatriyaning bir qismi sifatida qaralgan va ushbu fanni faqat psixiatrlar o'qitib kelgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, tibbiyot psixologiyasi bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturlari psixiatriya fani bo‘yicha tuzilgan dasturlarga juda o‘xshab ketgan va ular boshqa rivojlangan davlatlarning o‘quv dasturlaridan keskin farq qilgan.

  1. asrning 90-yillarida MDH davlatlarida tibbiyot psixologiyasini o‘qitishga oid bahs-munozaralar boshlanib ketdi. Tibbiyot psixologiyasini «Klinik psixologiya» deb atash lozimligi haqida tavsiyalar paydo bo‘la boshladi. Nafaqat tibbiyot universitetlarida, balki boshqa universitetlarda ham «Klinik psixologiya» kafedralari tashkil qilindi. Masalan, Moskva Davlat Universitetidagi «Neyro va patopsixologiya» kafedrasining nomi «Klinik psixologiya» deb o‘zgartirildi. Klinik psixologiyani kim o'qitishi kerak degan savol ko'ndalang turdi. Tibbiyot oliygohlarini tugatgan mutaxassismi yoki umumiy psixologiya fakultetlarida klinik psixologiya yo'nalishida ta’lirn olgan mutaxassismi? Rivojlangan xorij davlatlarida tibbiyot va umumiy psixologiya yo'nalishidagi oliygohlarni tugatgan mutaxassislar «Klinik psixologiya» kafedralarida dars berish huquqlariga egadirlar. Biroq ular «Klinik psixologiya» bo‘yicha magistrlik diplomini himoya qilgan bo‘lishlari kerak.

0‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasini o‘qitish konsepsiyasini ishlab chiqish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali tibbiy psixologlar tayyorlashni keng yo‘lga qo‘yish kerak. Bugungi zamon talabi ham shu. Buning uchun Toshkent tibbiyot akademiyasida «Tibbiyot psixologiyasi» bo'yicha magistratura tashkil etish maqsadga muvofiq. Unga nafaqat tibbiyot institutlarida bakalavriaturani tugatganlar, balki 0‘zbekiston Milliy universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetlarining psixologiya fakultetlarini tugatganlarni ham qabul qilish lozim. Keyinchalik esa boshqa universitetlardan ham psixologiya fani bo'yicha bakalavriaturani tugatganlarni qabul qilish mumkin.
«Tibbiyot psixologiyasi» bo'yicha magistraturani tugatgan mutaxassislar umumiy amaliyot shifokorlari, oliy malakali hamshiralar


19




va tor doiradagi mutaxassislar bilan bir qatorda sog'liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Albatta, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar tibbiy ilmga ega bo'lishlari zarur. Xuddi tibbiy yordamni mutaxassis ko‘rsatgani kabi, psixologik yordamni ham mutaxassis ko'rsatishi kerak. Buning uchun Oliy o‘quv yurtlarida klinik psixologiya bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarni sog‘liqni saqlash tizimigajalbqilishimizkerak. Vaholanki, barcha rivojlangan davlatlarning klinikalarida klinik psixologlar vrachlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 0‘zbekistonda bu ishni yo‘lga qo‘yish uchun sog'liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi «Tibbiy yoki klinik psixolog» statusini ishlab chiqish va ularga yuridik maqom berish maqsadga muvofiq.
X.A. Alimov - 0‘zbekistonda psixiatriya fanining asoschilaridan biri, tibbiyot fanlari doktori, professor. Olim psixiatriyaning bir qator yo‘nalishlariga oid ishlari bilan mashhur va u bu yo‘nalishda katta maktab yaratdi. Yirik tashkilotchi olim nafaqat markazda, balki viloyatlardagi tibbiyot institutlariga, sog‘liqni saqlash tizimiga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda bevosita rahbarlik qildi. X.A. Alimov Toshkent davlat tibbiyot institutida psixiatriya, narkologiya va tibbiyot psixologiyasi kafedrasining mudiri bo‘lib ishlagan va bir qancha monografiyalar, o‘quv- uslubiy qo'llanmalar yaratgan. Uning asarlaridan hanuzgacha tibbiyot institutlarida o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Sh.A. Murtalibov - Tibbiyot fanlari doktori, professor. Olimning hayot faoliyati Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan bog'liq bo‘lib, bir necha yillar psixiatriya va psixoterapiya kafedrasini boshqargan Sh.A. Murtalibov uzoq yillar bosh psixiatr lavozimida ishlab yurtimizda psixiatriya xizmatining rivojlanishiga bevosita rahbarlik qilgan. Sh.A. Murtalibov shizofreniya, alkogolizm, psixoz va serebral aterosklerozga oid yirik ilmiy asarlar yaratgan. U ruhiy buzilishlarni davolashda psixoterapiya usullaridan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqqan. Olimning psixoterapiya bobida yaratgan ilmiy asarlari hanuzgacha tibbiy amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda.
M.G. Davletshin - 0‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan yirik olim, psixologiya fanlari doktori, professor. U pedagogik psixologiyaga, ayniqsa yosh psixologiyasiga oid ishlari bilan mashhur. M.G. Davletshin rahbarligida yaratilgan «Qobiliyatlar va ularning diagnostikasi» asari amaliy psixologlar tayyorlashda keng qo‘llab kelinmoqda. U o‘zining so‘nggi paytlarda yaratgan asarlarida 0‘zbekistonda yangi asr avlodini tarbiyalashda psixologiyaning o‘rnini asoslab berdi. Olimning asarlari Respublikamizning barcha oliy o‘quv maskanlarida yangi davr psixologlarini tayyorlashda o‘qitib kelinmoqda.


20




E.G‘. G'oziyev - 0‘zbekiston Milliy universiteti psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor. E.G‘. G‘oziyev 0‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim. Uning ilmiy faoliyati psixologiyaning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan, u ayniqsa, tafakkur psixologiyasiga oid ishlari bilan mashhur. Olimning tashabbusi bilan Milliy universitetning psixologiya kafedrasida tibbiyot psixologiyasi kursi o'qitila boshlandi. Uning rahbarligida salomatlik psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi, aqliy zaif bolalar psixologiyasi, yurak ishemik kasalliklarida bemorlar shaxsi, psixodiagnostika, emotsional holatlarni boshqarish kabi asarlar yaratildi. Olim asarlaridan Respublikamizning turli oliygohlarida nafaqat umumiy psixologiya, balki umumiy va tibbiyot psixologiyasini o'qitishda ham foydalanib kelinmoqda.
U.X. Alimov - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor. Bugungi kunda olim Sh.A. Murtalibov maktabini davom ettirib 0‘zbekistonda psixiatriya va psixoterapiya fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. U.X. Alimov “Psixiatriya klinikasining muqaddimasi” va “Ruhiy buzilishlarga tashxis qo‘yish va davolash modellari” nomli asarlar yaratgan. Olimning asosiy ilmiy yo‘nalishlari shizofreniya, alkogolizm, narkomaniya va shu kabi turli ruhiy kasalliklarga oid bo'lib, bu yo‘nalishda bir qancha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. U.X. Alimov sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixiatri lavozimida Respublikamizni ushbu ixtisoslikka oid yetuk kadrlar bilan ta’minlashga boshchilik qilib kelmoqda.
V.M. Karimova - 0‘zbekistonda oila psixologiyasi bo‘yicha yirik mutaxassis, psixologiya fanlari doktori, professor. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori. Olima o‘zbek ayolining sog'lom turmush tarzi modelini yaratdi. U psixologiyaning turli sohalariga oid bir qancha darsliklar, o'quv qo‘llanmalari va metodik ko‘rsatmalar muallifi. V.M.Karimova oila va salomatlik psixologiyasiga oid bir qancha yirik asarlari bilan mashhur. Uning asarlari barcha universitetlar, tibbiyot oliygohlari, kollej va litseylarda o'qitib kelinmoqda. Uning o‘smirlar tarbiyasiga oid bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari chop qilingan. V.M. Karimova o‘z asarlarida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazishda salomatlik tamoyillariga amal qilishni targ'ib qilib keladi.
B.R. Qodirov - Psixologiya fanlari doktori, professor. Serqirra ijodi bilan tanilgan olim psixologiyaning bir qancha yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Bular - psixofiziologiya, yoshga oid psixologiya, shaxs psixologiyasi, psixogenetika, oliy nerv faoliyati, qobiliyatlar psixologiyasidir. Uning keyingi yillarda bajargan ilmiy-


21




tadqiqot ishlari maktabgacha bo'lgan bolalarning psixofiziologik yetukligini aniqlash va baholashga qaratilgan. Olim bugungi kunda 0‘zbekiston Milliy universtitetining psixologiya kafedrasida tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishini boshqaradi.
S.Z. Yeshimbetova - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Olimaning asosiy ilmiy ishlari turli ruhiy kasalliklarda shaxs patologiyasi, seksual buzilishlar psixologiyasi, depressiya, psixofarmakoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza kabi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan. U Respublikamizda birinchi bor virgogamiyani ilmiy asoslab berdi va ushbu patologiyaga oid bir qancha o‘quv-uslubiy va amaliy ko'rsatmalar tayyorladi. Olima tomonidan tayyorlangan o'quv qo'llanmalar amaliy shifokorlarni ti yyorlashda dars berish jarayonlarida keng qo'llab kelinmoqda. S.Z. Yeshimbetova Sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixoterapevti sifatida ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Z.R. Ibodullayev - Toshkent tibbiyot akademiyasi asab kasalliklari kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Asosiy ilmiy yo'nalishlari bosh miya kasalliklarida oliy ruhiy funksiyalarni o'rganishga qaratilgan. U ambidekstlarda insult modelini yaratdi va miyaning psixologik himoya konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning tashabbusi bilan «Tibbiyot psixologiyasi» darsligi yetuk xorij davlatlari darsliklariga moslab tuzildi va unga Freyd nazariyasi, neyropsixologiya asoslari, psixosomatik sindromlar va depressiyaga oid yangi materiallar kiritildi. Tibbiy- psixologik statusni tekshirish bo'yicha kasallik tarixnomasini ishlab chiqdi. Uning muallifligida Respublikamizda ilk bor yaratilgan «Tibbiyot psixologiyasi» darsligi «Yilning eng yaxshi darsligi» sovriniga sazovor bo‘ldi.
Shunday qilib, tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar ta’siri ostida rivojlandi va alohida fan sifatida butun dunyoda tan olindi.


22


  1. Bola ruhiyati shakllanishining asosiy bosqichlari


Bolalik davridagi har qanday kasallik asab faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun onaning homiladorlik davridan boshlab bolaning ruhiy salomatligini saqlash choralari ko‘rilishi kerak. Homilador ayol asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan o‘zini saqlay olsa, ruhan tetik bola tug'adi. Shuning uchun unga ruhiy sog'lom muhit yaratib berish lozim. Shu masalaga oid bir misol keltiramiz. Uyida yolg'iz qolgan homilador ayol zerikkanidan faqat pianinoda o'ziga yoqqan bitta kuyni chalar ekan. Bola tug‘ilganidan so‘ng xuddi shu kuy chalinsagina tinch uxlar ekan. Bu o‘ziga xos fenomen hanuzgacha ilmiy jihatdan tasdiqlangani yo‘q.
Xo‘sh, qanday davrlarni jiddiy davrlar deyish mumkin?
Funksional sistemalar shakllanadigan davrlarni rivojlanishning jiddiy davrlari deb atash mumkin. Evolyutsion nevrologiya uchun bu davrlarni o'rganish va aniqlash juda muhim ahamiyat kasb etadi, vaholanki, rivojlanishning mana shu davrida hali shakllanmagan funksiya juda sust va tez shikastlanadigan bo'ladi. Bu davrda yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan nuqsonning oldini olish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Rivojlanishning jiddiy davrini o'rganish uchun nutqning shakllanish jarayonini misol qilib olish mumkin. Ma’lumki, nutqni egallab olish qobiliyati vaqt nuqtai nazaridan chegaralangan. Inson hayotining dastlabki davrlarida nutqni ta’minlab beruvchi jarayon boshqa yordamchi mexanizmlar bilan mustahkamlanib borilmasa, nutq funksiyasi so‘nadi. Masalan, vaqtida aniqlanmagan tug‘ma karlik nutq rivojlanishiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda nutqni ta’minlab beruvchi sistema bola bir yoshga to‘lmasdan buziladi. Bunday bolaning keyinchalik og‘zaki nutqqa qobiliyati yo'qolib, faqat imo-ishoralarni tushunadi va imo-ishoralar bilan maqsadini atrofdagilarga tushuntiradi, xolos. Agar og‘zaki nutq 4-5 yoshlarga qadar tiklanmasa, nutqning keyinchalik rivojlanishi katta shubha ostida qoladi. Boshqa funksional sistemalar shakllanishi jarayonida ham jiddiy davrlar mavjud bo‘lib, biron-bir tashqi yoki ichki salbiy ta’sir ostida sistemalararo aloqa xuddi shu davrda uzilib ketishi mumkin. Bunga qattiq qo‘rquvdan so‘ng bolada nutqning birdan yo‘qolishini misol qilsa bo'ladi.
Jiddiy davrlarni tahlil qilish ko'pgina cheklanishlaming mohiyatini ochib beradi. Shaxsning shakllanishi bolalik davridan boshlanadi. Ota- onaning yomon kayfiyati bolada aks etmasligi kerak. Bosiqlik, mehribonlik, talabchanlik, aql bilan to‘g‘ri munosabat o'rnatish bolada asab-ruhiy buzilishlarning oldini oladi. Kattalarning jahldorligi, bo'lar- boimasga bolani koyish, unda asab-ruhiy funksiyalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


23




Nutq rivojlanishida ruhiy funksiyalaming bir maromda rivojlanganligi katta ahamiyat kasb etadi. Bolada yozma nutq markazlarining sust rivojlanganligi so‘zlarni to‘g‘ri yozishni o‘rgatishda qiyinchiliklar tug‘dirsa, og‘zaki nutqning yetishmovchiligi o‘qish va sanashning buzilishiga sabab bo'ladi. Qo'lida qalamni to'g'ri ushlay olmaslik esa chiroyli yozish va chizishni o'rganishga xalaqit beradi.
Shunday qilib, miya tuzilmalarining bir maromda rivojlanishi organizmning sinxron rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun individual rivojlanishning jiddiy davrlarin t kuzatiladigan har qanday asab-ruhiy kasallik o'z vaqtida aniqlanib, unga davo qilinishi g'oyat muhim masala hisoblanadi.
Endi eng murakkab muammolardan biri bo'lmish bolalarda uchraydigan giperaktiv sindrom haqida so'z yuritamiz.

  1. Giperaktiv sindrom

Giperaktiv sindrom, ayniqsa, erta maktab yoshidagi bolalarda ko‘p kuzatiladi. Ota-onalar bolasining bebosh bo'lib qolganligi, bir joyda o'tira olmasligi, gapga quloq solmasligi, qo'lidagi narsalarni hadeb tushirib yuborishi, sergapligi va uni hech tarbiyalab bo'lmayotganligidan shikoyat qilishadi. Ular aksariyat hollarda bu bolalami psixologga ko'rsatmasdan qattiq tarbiyaning turli yo'llarini ishga solib «mayib» qilib qo'yishadi.
Bolalar yashashni hayotdan o‘rganadiIar. Agar bola tanqid qilinaversa, nafratlanishga, adovatda yashasa, tajovuzkorlikka o‘rganadi, masxara qilinsa, u indamas, odamovi bo‘lib qoladi, hadeb tanqid qilinaversa, u o‘zini gunohkor his qilib o‘sadi. Agar sabr-toqat, xotirjamlik bilan o‘stirilsa, u boshqalarni tushunishni, maqtalsa, u minnatdor bo‘lmoqlikni o‘rganadi. Agar bola vijdoniylik va halollikda ulg‘aysa, u adolatli bo‘lishni, xavfsizlikda yashasa hamda qo‘llab-quwatlansa, unda o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘Iadi va boshqa insonlarga ishonish Iozimligini o‘rganadi.
Xo'sh, giperaktiv sindromning sabablari nimalardan iborat? Homiladorlik paytidagi turli kasalliklar (anemiya, avitaminoz, infeksiyalar, aroqxo'rlik, chekish, nevrologik kasalliklar va h.k), tug'ish paytidagi asoratlar, go'daklik davridagi kasalliklar va albatta, ota-ona orasidagi urush-janjallar, noto'g'ri tarbiya bu sindromning asosiy sabablaridandir.
Giperaktiv sindromning asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg'ulari va xulq-atvorining buzilishidan iborat. Shuningdek, bu holat quyida ko'rsatilgan holatlarda ham yaqqol namoyon bo'ladi:

  1. impulsiv harakatlar.

  2. bir joyda tinch o'tira olmaslik;


24




  1. boshlagan o'yinni oxiriga yetkazmaslik;

  2. birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik;

  3. o‘z bilganidan qolmaslik, qaysarlik;

  4. diqqatning pasayishi, uquvsizlik;

  5. atrofdagilar ishi va boshqa bolalar o‘yiniga aralashish, ularga xalaqit berish;

  6. tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish yoki ularga butunlay befarqlik; .

  7. o‘zining narsalarini bog‘cha, maktab yoki boshqa joyda unutib qoldirish;

  8. berilgan savolga shoshib javob berish;

  9. tez xafa bo‘lish, yig'loqilik;

  10. enurez;

  11. boshi og‘rib turishi;

  12. fikrining tez chalg'ishi;

  13. sergaplik.

Giperaktiv bolalarning aksariyati o‘z tengqurlaridan zehni o‘tkirligi bilan ajralib tvradi. Shunday bo‘lsa-da, ularning nutqi yaxshi bo‘lmasligi, nozik harakatlar talab qiluvchi ishlarni bajarish yoki yangi mashg‘ulotlarni o'zlashtirishda qiynalishlari mumkin. Ularning ba’zilari, umuman, rasm solishga no'noq bo‘lsa, boshqa birlari (ayniqsa, chapaqaylari) juda kuchli rassom bo‘lishadi. Yuqorida sanab o'tilgan simptomlarning 70 foizi aniqlangan bolalarga giperaktiv sindrom tashxisi qo'yiladi.
Oila a’zolarining bunday bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda boMishi juda katta ahamiyatga ega. Giperaktiv boladagi ortiqcha impulsiv harakatlarni pasaytirish va ularni bir maromga keltirish ota-onadan katta sabr-toqat talab qiladi. Ularning tarbiyasida bir tomondan keraksiz qattiqqo'llikni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha rahmdillikni kamaytirish kerak. Chunki o‘ta qattiqqo'llik bolani battar qaysar va o‘jar qilib qo‘ysa, o‘ta rahmdillik undagi yig‘loqilik va erkalikni kuchaytiradi. Bolani hadeb urib-so‘kaverish unda butun umrga og‘ir ruhiy jarohatlar qoldiradi. Bolaga qo‘yilgan talab uning yoshiga mos bo'lishi va undan o‘zi bajara olmaydigan ishlarni talab qilmaslik kerak. Bola tarbiyasi haqida uning yonida bahslashmaslik kerak. Tarbiya faqat tanbehdan iborat bo‘lmasligi va boladagi har bir kamchilik unga yotig‘i bilan tushuntirilishi zarur.
Psixolog ota-onaga giperaktiv bolani davolash uzoq vaqt davom etishini tushuntirishi va aniq ko‘rsatmalar berishi zarur. Bolaning xulq- atvoridagi o'zgarishlarni faqat so‘z bilan emas, balki uning fikrini chalg‘ituvchi ishlar bilan davolash o‘ta muhimdir. Buning uchun bola turli to'garaklar va sportningo'zi istagan turiga (suzish, gimnastika, tennis,


25




futbo] va h.k) qatnashishi lozim. Sport bolaning xulq-atvoriga keskin ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bolani sportga berishdan oldin uni tibbiy ko'rikdan o'tkazish va aniqlangan kasalliklarni o'z vaqtida davolash zarur. Chunki ko'p hollarda giperaktiv sindrom boladagi bosh miya kasalliklari va turli surunkali infeksiyalar (tonzilit, gaymorit, otit va h.k) asoratidan ham bo'lishi mumkin. Nevrolog olimlar boladagi giperaktiv sindromning as! sababi bosh miya ba’zi to'qimalarining tug'ma yetishmovchiligi va notekis rivojlanishi (sababli) deb ham qaramoqdalar. Bunday paytlarda, odatda, miyaning minimal disfunksiyasi tashxisi qo'yiladi. Ammo psixologlar bu flkmi inkor qilmagan holda «Giperaktiv sindromning asl sabablaridan yarn biri noto'g'ri tarbiyadir»,
deyishadi. Psixologlar og'ir nevrologik va somatik kasalliklar bilan xastalangan, lekin giperaktiv sindrom aniqlanmagan bolalarni bunga misol qilib ko'rsatishadi. Demak, tibbiy tomondan sog'lom bo'lgan bolalarda ham giperaktiv sindromni ko'p kuzatish mumkin.
Giperaktiv bolalarni davolashda ota-onalar faol ishtirok etishlari va quyidagi maslahatlarga amal qilishlari zarur: birinchidan, ota-ona bolaning «yomon qilig'idan» so'ng jahliga erk bermasligi va uni urishib tashlamasligi kerak. Nima bo'lganini aniqlab, bolani qo'llab-quvvatlab, xatosini tushuntirib berishi kerak. Ba’zan bu shart ham emas, chunki har gal uning xatosini tushuntiraverish teskari natijalarga olib keladi. Xatoni tuzatishdan ko'ra uning oldini olish oson. Chunki biror narsaga intilgan bola xato qiladi. Shuning uchun ham uning intilishlarini rag'batlantirish kerak; ikkinchidan, ota-ona bolaga qattiq gapirmasligi, zarda qilmasligi va qo'rqitishlardan o'zini tiyishi, har qanday holatda ham uni kamsitmasligi kerak. «Yo'q», «Mumkin emas», «Hali mendan ko'rasan», «Bas qil» kabi iboralarni ko'p ishlatmaslik kerak. Aks holda bolaga bu so'zlar ta’sir qilmay, uni о‘jar qilib qo'yadi. Ba’zi hollarda bola depressiyaga tushib, gapirmay qo'yadi. Bu holat, ayniqsa 3-5 yoshli bolalarda ko'p kuzatiladi; uchinchidan, iloji boricha bolaga alohida xona qilib berish va uni turli narsa (o'yinchoqlar, qiziqarli kitoblar, «lego» va h.k.) lar bilan boyitish zarur. Bolaning xonasidagi narsalar yaltiroq va qizil rangda bo'lmagani ma’qul. Bolani uzoq davom etuvchi multfilmlar va kattalar ko'ruvchi kinofilmlardan asrash kerak. Televizor yonida uzoq o'tirish bolaning asabi va ruhiyatiga yomon ta’sir ko'rsatadi.
Giperaktiv sindromni aniqlash va davolash bo'yicha bir qancha neyropsixologik testlar mavjud. Bu sindromni davolashda nootrop dorilardan ham foydalaniladi.


26


  1. Oliy nerv faoliyati va psixofiziologik jarayonlarning shakllanish bosqichlari


Avval aytib o‘tganimizdek, psixologiyaning rivojlanishiga fiziologik
tadqiqotlar juda katta turtki bo‘ldi. Tibbiy psixologiya ham fan sifatida
shakllanib, oliy nerv faoliyati chuqur o‘rganila boshlandi. Bu davr XX
asming boshlariga to‘g‘ri keldi.
Oliy nerv faoliyatining psixologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligini

  1. P. Pavlov, U. Penfild, G. Jasper, K. Primram, J. Ekllz, O. Foxt,
    P.K. Anoxin kabi olimlar chuqur o‘rganishdi. Ular psixik jarayonlar
    reflektor tarzda boshqarilishi mumkinligini isbot qilishdi.
    Fiziologlarning fikricha, refleks - organizmning tashqi muhit bilan
    bo‘lgan o‘zaro munosabatining bir ko‘rinishidir. U ikki xil refleks turlari
    mavjudligi haqidagi muammoni o‘rtaga tashlagan. Birinchisi doimiy
    tug‘ma reflekslar bo‘lib, asabning quyi tuzilmalari orqali amalga
    oshiriladi, degan va uni «sof reflekslar» deb atagan. Ikkinchisi bosh miya
    po‘stloq markazlari bilan bog‘liq reflekslar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan
    bo'ladi va individual rivojlanish mobaynida shakllanib boradi, degan.
    Bu reflekslarni I.M. Sechenov ham fiziologik, ham psixologik hodisa deb
    ta’riflagan. Bu borada I.P. Pavlov (1849-1936) o‘tkazgan tadqiqotlar
    e’tiborga molikdir. I.P. Pavlov oliy nerv faoliyati haqida ta’limot yaratdi
    va fanga «shartli refleks» degan iborani kiritdi.

Shartli reflektor faoliyat uchun nafaqat yangi shartli reflekslarning
paydo bo‘lishi, balki po‘stloqdagi eski aloqalarning yig‘ilib, murakkab
bog‘lanishlar hosil qilishi ham o‘ta muhimdir. Bosh miya organizmning
barcha tashqi va ichki faoliyatini reflektor prinsipga asoslangan holda
boshqarib, bir-biri bilan bog‘lab turadi.
Oliy nerv faoliyati yoki shartli va shartsiz
reflekslarning asosiy prinsiplari nervizm, ruh
va tananing yagonaligi, tuzilma va funksiya-
larning yaxlitligi, organizm faoliyatining
boshqarilishi mumkinligi va bunda tashqi
muhitning ahamiyati juda muhimligini
yuqorida nomi keltirib o‘tilgan olimlar ilgari
surgan.
Shunday qilib, shartli reflekslar
organizmning individual rivojlanishi natijasida
shartsiz reflekslar negizida bosh miya
po‘stlog‘ida hosil bo'lgan vaqtinchalik
bog‘lanishdir. Tashqi va ichki muhitning
o‘zgarishiga qarab, shartli reflekslar yo‘qolib






Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish