Yara kasalligi tasnifi Joylashishiga qarab:
1. Oshqozonda
2. O’n ikki barmoq ichakda.
3. Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakda
Klinik-endosko’pik bosqich: yangi yara; yarali defektning epitelizasiyalanishining boshlanishi; yara defektining duodenit saqlangan
sharoitda bitishi; klinik-endosko’pik remissiya.
Og’irligi bo’yicha:
-yengil;
-o’rta og’irlikda;
-og’ir
Asoratlar:
-qon ketishlar;
-perforasiya;
-penetrasiya;
-stenoz;
Klinikasi. Yara kasalligining klinikasi bolalarda kasallik bosqichi va yara joylashishiga bog’liq. Eng doimiy va ahamiyatli simptom og’riq hisoblanadi. Ushbu og’riqning xususiyatli xossasi - ovqat qabul qilish bilan bog’liqligi. hatto ogriq u yo’ki bu doimiy xususiyatga ega bo’lganda ham uning ovqatdan keyin biroz vaqtdan so’ng kuchayishini aniqlash mumkin. Og’riqlar bevosita ovqatdan keyin - 30-60 daqiqadan so’ng (erta og’riqlar deb ataluvchi), yo’ki 2-3 sotadan keyin (kech ogriqlar) paydo bo’lishiga mumkin. Tungi ogriqlar katta tashxisiy ahamiyatga ega, ular ko’pincha juda ham jadal bo’ladi va aksar qo’llarda ovqat (sut, qatiq, bir nechta huplam suv) qabul hilgandan so’ng otib ketadi. Xususiyati bo’yicha og’riqlar xurujsimon, kesuvchi, sanchuvchi, belga, o’ng yelkaga, kurakka irradiasiya qiladi. Oriqlar joylashishi yara joylashishi bilan aniqlanadi: og’riqlar ko’pincha epigastral sohada va or’ta chiziqdan o’ngda paydo bo’ladi. Avj olish davrida bemorlar ogriqni kamaytiruvchi eng qulay vaziyatni izlashadi. Ko’pincha bunday vaziyat otirgan holda yo’ki yonboshga yotgan holda tanani egish va oyoglarni qorin tomo’nga tortish korinishida bo’ladi. Agar yara
oshqozonning oldingi devorida joylashgan bo’lsa, unda ogriq chalqancha yotganda yo’ki orqaga egilgan holatda yengillashadi. Og’riq sindromining juda tashxisiy hamiyatiga haramasdan, ba'zi bolalarda u yo’q bo’lishiga mumkin: bu "yashirin" yo’ki maxfiy kechuvchi yaralarada kuzatiladi. Ma'lumki, yara kasalligining qon ketishi va perforasiya kabi, og’ir asoratlari ogriq ifodalanmagan bemorlarda sodir bo’ladi. Yara kasalligining eng erta va tez uchraydigan simptomi jihildon qaynashi hisoblanadi. Ko’pincha u ogriqlardan oldin keladi va davriy xususiyatga ega bo’ladi: och qoringa, tungi jihildon qaynashi. Og’riq va jihildon qaynashiga haraganda kekirish, ko’ngil aynishi va qusish bemorlarda kam kuzatiladi. qusish ogriq bilan bog’liq. Simptomlarning quyidagi ketma-ketligini belgilash mumkin: jihildon qaynashi – og’riq - ko’ngil aynishi - qusish - dispepsik sindrom yengillashishi.
Bolalarda ishtaha ko’pincha saqlangan, ba'zida kuchaygan. Til oq karash bilan qoplangan, nam. Ich qotishi kasallik qo’zishi bor bemorlarga xos. Og’riq va dispeptik sindromlarning mavsumiyligi (bahor, kuz) qayd qilinadi. Ko’rikdan o’tkazishda ortamiyona surunkali intoksikasiya va gipovitaminoz belgilari aniqlanadi. qorin paypaslanganda qorinning yuqori qismida va o’ng qovurga ostida og’riqlilik va qorin oldingi devori mahalliy mushak himoyasi aniqlanadi.
Yara kasalligi asoratlari:
1. qon ketishlar, qon qoshilmalari bilan qusish, melena, holsizlik, bosh aylanishi, taxikardiya bilan birga kechadi;
2. Penetrasiya (yaraning boshqa a'zolarga kirishi) qattiq og’riq sindromi, belga tarqaluvchi keskin og’riqlar, yengillik olib kelmaydigan qusish va kuchli
jihildon qaynashi bilan xususiyatlanadi;
3. Perforasiya (yaraning qorin boshlig’iga kirishi), o’tkir paydo bo’luvchi va epigastral sohadagi keskin ogriq va qorin parda boshlig’i qitiqlanishi bilan kechadi.
Tashxisoti. Gastroenterologik klinikadagi kuzatuvlar natijasi ko’rsatadiki, anamnezni puxtalik bilan organish, xavf omillarini tahlil qilish, kasallik klinik korinishlarini ba?olash, bolani korikdan o’tkazish va paypaslash olib borish 70-80% qo’llarda oshqozon va o’n ikki barmoq ichak kasalligini oz vaqtida aniqlash imqonini beradi. Kasallik rivojlanishining erta bosqichlaridagi tashxisiy qiyinchiliklar ko’pincha patologik jarayo’nga ovqat hazm qilish tizimi boshqa a'zolari (oshqozon osti bezi, o’t chiharuv tizimi, ichak) ning qoshilganligi bilan bog’liq, bu bolalardagi yara kasalligi korinishining "noaniqligini" keltirib chiharadi.
Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakni qo’shimcha tekshirish uslublari uchta guruhga ajratilishi mumkin:
1. Oshqozon va o’n ikki ichak morfologik o’ziga xosligini teshirishga asoslangan uslublar (rentgenologik tekshiruvlar, gastroduode
-nofibrosko’piya,
gistologik, gastroduodenal shilliq qavati bioptatlarini gistokimyoviy organish).
2. Gastroduodenal tizim funksional holatini tekshirish uslublari (fraksion oshqozonni zondlash, PN-metriya, radiotelemetriya,
manometriya va boshq.).
3. Xelikobakter pilorini aniqlash uslublari.
Yara kasalligi tashxisini tasdiqlashda gastroduodenosko’piya hozirgi kunda asosiy hisoblanadi. Uni terapiya ta'siri ostida yara holatini baholash uchun kasallik dinamikasida bajarib boriladi. Klinik kechishi xususiyatlari va qo’shimcha tekshiruv natijalari asosida shifokor-gastroenterolog tashxisni aniqlaydi va kompleks terapiya tayinlaydi.
Bolalarda yara kasalligini davolash quyidagi asosiy yonalishlarni o’z ichiga oladi:
- Nr infeksiyasini bartaraf qilish;
- oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavati himoya xossalarini oshirish;
- vegetativ nerv tizimi bo’limlarini korreksiyalash maqsadida unga ta'sir qilish.
Yara kasalligidagi parhezli terapiya va ovqatlanish tartibi surunkali gastroduodenitlardagi tadbirlardek amalga oshiriladi.
Kasallikning avj olishi vaqtida bolani maxsuslashtirilgan bolalar gastroenterologik kasalxonasiga joylashtirish maqsadga muvofiq. Lekin ba'zi
qo’llarda, ya'ni bola gospitalizasiyaga harshi bo’lsa uy sharoitida davolash mumkin. Psixoterapiya juda muhim, asosan katta yoshdagi bolalarda va ospirinlarda. Uni ota-onalar bilan birga olib borish yaxshi. Umumiy tadbirlardan ovqatdan keyin 30-40 daqiqa toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi.
Ovqatdan keyin 2-3 soat davomida gorizontal holatda yotish mumkin emas. Tungi uyqu 8-10 soat bo’lishiga kerak. Bolalar qorin parda ichi bosimini keskin kuchaytiruvchi kuchli fizik yuklamalar: sakrashlar, jadal yugurish, og’irlik ko’tarish mumkin emas. Parhez kasallik shakli va oshqozon shirasi kislotaligiga harab tashkillashtiradi. Ovqatlanish tez-tez: kuniga 4-5 marta, uncha katta bo’lmagan hajmda bo’lishiga kerak. Ovqatlanish orasidagi eng ko’p tanaffus 4 soatdan oshmasligi kerak. Ovqatni oxirgi qabul qilish 19-20-soatlarda. Rasiondan o’t chiharishini kuchaytiruvchi mahsulotlar: osimlik va hayvonat yog’lari toza holda, qovurilgan ovqat, tuxum sariqi, uvildiriq, qaymoq, yog’li qaymoq, tortlar va pishiriqlar chiharib tashlanadi. Nordon sut mahsulotlarini qabul qilish tavsiya etiladi. Oshqozonning va on ikki barmoq ichakning surunkali kasalliklari mavjud barcha bolalarga yuqori gazlangan ichimliklar ("Koka-kola", "Pepsi-kola", "Fanta" va boshq.) ichish man qilinadi. Xavfli omil sifatida saqichni uzoq vaqt (10-15 daqiqadan ko’p) qollash ham hisoblanadi. Mu'adil ich kelishiga erishish majburiydir. Ich qo’tishga moyillik bo’lganda ovqatda sabzavotlar, asosan lavlagini qo’shishi tavsiya etiladi. Rasio’nga qora olxori, bargak, boqda yumshatilgan quruq mevalar qo’sqiladi. Ich ketishiga moyillik bo’lganda sabzavotlar rasiondan olib tashalanadi. Guruchli va yorma botqasi, yangi tvorog afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |