Etiologiyasi va patogenezi.
Zamonaviy harashlarga binoan YaK polietiologik kasallik sifatida haraladi, uning sabablari tarkibiga quyidagilar kiradi:
irsiy moyillik
homila gipoksiyasiga, shu jumladan oshqozon gipoksiyasiga olib keluvchi perinatal patologiya (bola tashlash xavfi, homiladorlik gestozlari, tug’ruq patologiyalari, MNT ning perinatal zararlanishi)
oshqozon shilliq qavati (OShQ) allergik shikastlanishi, bunda to’qima eozinofiliyasi va IgE ishlab chiharuvchi hujayralar soni oshishi qayd qilinadi
ovqatlanish xususiyatining o’zgarishi:
1) sun'iy ovqatlantirishga erta o’tkazish
2) yangi meva va sabzavotlarning; makro- va mikroelementlarning; enterosorbent vazifasini bajaruvchi ovqat tolalarining yetishmovchiligi
3) rafinasiyalangan oqsil va uglevodlarning ovqatlanish rasionida ko’pligi, shuningdek tarkibiga pestisidlar, metalorganiq birikmalar, mikotoksinlar, antibiotiklar, gormonlar kiruvchi ko’p miqdorda yo’q va qonservirlangan mahsulotlarni qabul qilish
4) maktab o’quvchilarida tartibsiz ovqatlanish
ekologik sharoitning yomonlashuvi, organizmga suv bilan ksenobiotiklar, og’ir metallar tuzlari, turli metabo’litlar tushishi
ichak disbakteriozi
antimikrob va ulserogen dori vositalarini (kortikosteroidlar, NYaQD) tez-tez va uzoq kurslar bilan qabul qilish
bolalarda oshqozon-ichak trakti (OIT) ning sil, zahm, zamburu?li zararalanishi ehtimoldanholi emas
gelmintozlar, parazitar kasalliklar
tez uchraydigan infeksion kasalliklar: virusli gepatitlar, rotavirus infeksiyalar, dizenteriya, salmonellez
mikrob florasining boshqa vakillari: bakteroidlar, laktobakteriyalar, fuzobakteriyalar, stafilokokklar, streptokokklar, neyseriyalar va boshq., ular shartli-patogen flora bo’lishigaa haramasdan oshqozonning ishqorlanishiga va shuning bilan birga oshqozon shirasining proteolitik faollligi oshishiga olib keladi
boshqa somatik kasalliklar: jigar, oshqozon osti bezi, ichak, yurak-qon tomir tizimi, buyraklar, kamqonlik bilan kechuvchi qon kasalliklari; endokrin tizimi kasalliklari (qandli diabet), motor-evakuator buzilishlar bilan sodir bo’luvchi gipodinamiya, stress omillari
urbanizasiya, chunonchi bolalarning erta ishlab chiharish faoliyati, yomon material ta'minot, ota-onalarning alkogolizasiyasi
bolalardagi, asosan ospirinlarda neyrovegetativ va ruhiy-emosional buzilishlar
reflyuks, sfinkter apparati yetishmovchiligi bilan namoyon bo’luvchi ovqat hazm qilish tizimi sfinkterlarining faoliyati buzilishi
almashinuv jarayo’nlarining muvozanati buzilishi va zoriqishi, neyrogumoral va endokrin boshharuvning tuzilishi, immunogenezning etilmaganligi
ikkilamchi immunotanqislik holatlar, ko’pincha ekologik noqulay regionlarda yashovchi bolalarda YaK hosil bo’lishigada NR patogenetik ahamiyati, ularning oshqozon piloroantral bo’limi shilliq pardasini kolonizasiyalash va on ikki barmoq ichak piyozchasida oshqozon metaplaziya ochoqlarini shakllantirish xususiyati bilan bog’liq.
NR komplement tizimini faollashtirib komplement bog’liq yalliglanish chaqiradi, immunokomponent hujayralarni qo’zg’atadi va ularning lizosomal fermentlari oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavati epiteliositlarini shikastlaydi, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliqi gliko’proteinlari sintezini va sekresiyasini pasaytiradi, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavati rezistentligini kamaytiradi, shu bilan N+ retrodiffuziyasi kuchayishi bilan shilliq qavatning proteolitik "buzilishi"ga olib keladi. Patogenetik jarayonlarda xelikobakter ahamiyati uning maxsus oqsil - xlorid kislota sekresiyasini ingibitorini ishlab chiharadi, shuningdek epitelial qavat butunligini buzuvchi proteaza va fosfolipazani faollashtiradi, epitelial qavatni zararlovchi katalaza va alkogol-degidrogenazani kuchaytiradi.YaK rivojlanishidagi endogen omillar ichidan eng ahamiyatlisi qatoriga OShQ va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatiga ta'sir hiluvchi agressiv omillar (kislota ishlab chiharish sathi, yuqori proteolitik faollik, asosan pepsinogenning oshgan miqdori hisobiga) va uning himoya elementlari holati (shilliq ishlab chiharish xususiyati va darajasi, shu jumladan gliko’proteidlar va glikoaminoglikanlar almashinuvi, prostoglandin Ye2, bikarbonatlar, sekretor immunoglobulin A ishlab chiharilishi, OShQ dagi qon aylanishi) orasidagi nisbatdir. YaK da ushbu muvozanatning himoya omillari kamayishi tomon o’zgarishi korsatilgan, bu OShQ va on ikki barmoq ichak shikastlanishiga sharoit yaratadi. Muhim rol bemorning asab-ruhiy zoriqishi, asosan vegetativ statusning parasimpatik yonalishi mavjud bolalarda ancha
ifodalangan gastroduodenal motorikaga beriladi. Oshqozon motor faolligi kuchayishi undan nordon tarkibning o’n ikki barmoq ichakka tezda o’tishiga, OShq morfologik o’zgarishlariga olib keladi. Duodenogastral reflyuks borligi oshqozo’nga yog kislotalari tushishiga sharoit yaratadi, shilliq himoya barerini shikastlaydi. Korsatilgan vaziyat NR mavjudligi bilan chuqurlashadi, u ?imoya qavatiga kirib oshqozonning antral bo’limi qoplovchi epiteliysida adgeziyalanadi. Epiteliy bilan bog’lanish mahalliy yalliglanish va tizimli immun reaksiya rivojlanishi bilan kechadi, himoya shilliq qavatining degenerasiyasiga olib keladi. Yalliglangan shilliq qavat kislotaga va pepsinga juda ham sezgir va oxir-oqibat yara chuqurchasi paydo bo’lishiga mumkin. Oshqozon boshatilishi natijasida uning nordon tarkibi o’n ikki barmoq ichakning epiteliysi bilan qontaktga tushadi, natijada unda oshqozon metaplaziyasi rivojlanadi. NR ning oshqozon epiteliysiga bo’lgan yuqori va spesifik oxshashligi on ikki barmoq ichakdagi metaplazirlangan ochoqlar paydo bo’lishigaa olib keladi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda YaK rivojlanishida NR yetakchi rol o’ynashi haqida tola asos bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |