Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Download 8,52 Mb.
bet117/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

XUSUSIY PATOLOGIYA
BOLALARDA OZIQLANIShNING SURUNKALI BUZILIShI

Oqsil-energetik yetishmovchilik

Distrofiya (oqsil-energetik yetishmovchilik) - bolaning to'gri jismoniy rivojlanishining buzilishiga olib keluvchi oziqlanishning va to'qima trofikasining surunkali buzilishi. Iqtisodiy qiyinchilik yillarida distrofiya turli yoshdagi bolalarda rivojlanishi mumkin, lekin asosan 3-yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq kasallanadi. Kasallik moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi, immunitetning pasayishi, jismoniy, ruhiy-motor, keyinchalik intellektual rivojlanishning buzilishi bilan kechadi.

Klassifikasiyasi

Distrofiyaning uchta turi ajratiladi.



  • Gipotrofiya ( tana vaznining bo'yiga nisbatan tanqisligi)

  • Paratrofiya (paratrofiya variantlaridan biri - semizlik)

- Tana vaznining bo'yiga nisbatan ustunlik qilishi

- Tana vazni va bo'yining ortiqligi

- Tana vazni va bo'yi normada


  • Gipostatura (tana vazni va boyining bir xilda yosh me'yoridanorqada qolishi). Bundan tashqari distrofiyalar oqsil-energetik yetishmovchilikka bog'liq bolgan birlamchi (alimentar) va tug'ma xamda orttirilgan kasalliklar fonida kechadigan ikkilamchi turlarga ajratiladi.

Gipotrofiya - distrofiyaning eng ko'p tarqalgan turi hisoblanadi. Kelib chiqish vaqtiga ko'ra gipotrofiya uch turga bo'linadi:

  • Prenatal - bola tug'ilganga qadar rivojlanadi

  • Postnatal - bola tug'ilgandan keyin yuzaga chiqadi

  • Aralash - homila ichi va homiladorlikdan tashqari davrda bola organizmiga ta'sir qiladigan sabablar tufayli shakllanadi.

Distrofiya sabablari:

homila ichi (prenatal) distrofiyasi, homilaning to'g'ri rivojlanishini buzadigan turli xil omillar va noqulay sharoit bilan bog'liq.



  • homiladorlikning erta (20-yoshgacha) yo’ki katta yoshda (40-yoshdan keyin) rivojlanishi;

  • homiladorlik davridagi yuqumli va somatik kasalliklar;

  • homiladorlik davridagi gestozlar;

  • Noqulay sosial sharoit, stress holatlar, norasional ovqatlanish va zararli odatlar;

  • Ota-onadagi kasbiy zararlik;

  • Yo'ldosh patologiyasi (ko'p hollarda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni iste'sno etilgandan keyin, bolada prenatal distrofiya tashqislanadi). homila tashqarisidagi (postnatal) distrofiya ikkilamchi distrofiyani chaqiruvchi ekzogen va endogen omillar ta'sirida rivojlanadi.

Postnatal distrofiyaning asosiy ekzogen omillari:

  • Alimentar: ovqatlanish soni yoki sifatining buzilishi, mikroelementlar tanqisligi (rux, mis, selen va boshqalar) bilan bog'liq bo'lgan oqsil-energetik yetishmovchilik

  • Yuqumli: ichak infeksiyalari, qaytalovchi otit bilan asoratlangan O'RVI

  • Sosial omillar postnatal distrofiyaning endogen etiologik omillariga quyidagilar kiradi:

  • rivojlanish nuqsonlari va xromosom kasalliklar

  • enzimopatiya va malabsorbsiya (birlamchi, ikkilamchi)

  • konstitutsiya anomaliyalari

  • immuno tanqislik holatlari

Patogenezi. Prenatal distrofiya rivojlanishida MNS trofik funksiyasining buzilishiga olib keluvchi bachadon – yo’ldosh qon aylanishi buzilishi va homila ichi gipoksiyasi asosiy rol o’ynaydi. Postnatal gipotrofiya patogenezi uning kelib chiqishi va shaklidan qat'iy nazar bir butun patofiziologik jarayon deb xisoblangan, uning asosida oziqlanishning buzilishi va bosh miya postloqi qo'zgaluvchanligining pasayishi yotadi. Paratrofiya yuqori kaloriyali ovqat va uning tarkibida yog va uglevodlarning ko'p miqdorda bo'lishiga bog'liq. Paratrofiyaning rivojlanishiga limfatiko-gipoplastik va ekssudativ-kataral diatezlar moyillik tug'diradi.Gipostatura neyroendokrin tizimning chuqur zararlanishiga (ko’p hollarda homila ichi) bog'liq.

Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish