Miltiq dori.
Ko’pgina turdagi qurollar patronlari
kolloidli yoki tutunsiz
miltiq dori bilan to’lg’aziladi, qisman signalli pistoletlarning patronlari va ba’zan
ovchi miltiqlarida qora yoki tutunli miltiq dori qo’llaniladi (51-rasm).
Kapsula
miltiq dorini alangalanishi uchun xizmat qiladi. U gilzaning tubiga
o’rnatilgan mis va rux qotishmasidan tayyorlangan stakanchadan iboratdir. Uning
ichida maxsus tarkibli, zar qog’oz bilan o’ralgan yaxshilab siqilgan modda bo’ladi.
Kapsulaga quyidagi tarkib kiradi:
1) tarkibida shaldirovchi qo’rg’oshin yoki qo’rg’oshin stifnati bo’lgan
modda;
2) yoqilg’i (odatda antimoniy);
3) oksidlovchi (bertole tuzi yoki boshqa moddalar).
51-rasm. Miltiq dori donachalari:
A – VUFL markali miltiq dori;
B – pistolet uchun viskozali;
C – pistolet uchun g’ovak;
D – «Sokol» markali plastinkasimon miltiq
dorilar.
172
C
D
A
B
10.2. Otish paytidagi jarohatlovchi faktorlar
Otishda miltiq zatvorining urg’ich qismi kapsulaga
urilib miltiq dori va
kapsula tarkibining alangalanishi kuzatiladi. Bunday miltiq dorining yonishida
ko’p miqdorda gaz paydo bo’ladi. Gazning bosimi
jangovor qurol stvolining
patronida 1000-2800 kgs\sm
2
etadi. Bu bosim ta’sirida o’q qurol stvoli bo’ylab
juda katta tezlik bilan harakatlanadi. 9 mm lik Makarov pistoletidan o’qning
boshlang’ich stvoldan uchish tezligi 315 m\s, 7,62 mm lik AKM avtomati
stvolidan uchish tezligi esa 716 m\s ni tashkil qiladi.
Miltiq dori gazlari bosimi faqatgina o’qqa, balki gilzaning devori, stvol
kanali devori, shuningdek gilza tubi orqali miltiq zatvoriga ham ta’sir qiladi.
Avtomatik qurollarda bu bosimning bir qismi miltiqni qaytadan o’qlashda
foydalaniladi. Gaz bosimi otuvchiga orqaga silkish ta’sirini ham beradi. Agar
stvolning devori yupqa bo’lsa, u ko’pincha yasama qurollar bilan otilganda yorilib
ketishi mumkin.
Stvol kanali burama kesiklari va o’q yuzasi orasiga kirib qolgan gazlarning
uncha katta bo’lmagan qismi ta’siri o’qdan oldingi bo’shliqdagi havoni o’q
stvoldan tashqariga itarishi mumkin. Agar odam tanasi
yoki kiyimi stvolning
og’ziga juda yaqin bo’lsa, bunday hollarda havo o’qdan oldin urilib jarohatlanish
sodir bo’lishi mumkin. Keyin stvoldan o’q orqasidan kapsula tarkibi va miltiq dori
yonishi tufayli hosil bo’lgan qattiq mahsulotlar aralashgan gazlarning qolgan
kattagina qismi ham otilib chiqadi. Shuningdek to’liq
yonmagan miltiq dori
donachalari, qurol stvoli, gilza devori hamda o’q
yuzasidan ajralgan metall
zarrachalari ham uchib chiqadi. Stvoldan chiqadigan gazlarning yonishidan otilish
ovozi paydo bo’ladi.
Stvoldan ajraluvchi gazlar katta bosim va yuqori haroratga ega bo’ladi.
Shuning uchun ham agar stvolning og’zi ob’ektga yaqin joylashgan bo’lsa, shunda
gazlar unga aralashgan tutunsimon mahsulotlar, miltiq dori va metall zarrachalari
bilan mexanik, termik va ximik xarakterdagi jarohatlovchi ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
173
Qurol stvolining og’zi bilan odam tanasi orasida qandaydir predmetlar
bo’lsa, ular gazlar va o’q ta’sirida emirilishi mumkin. Ularning bo’laklari ham
ikkilamchi snaryad sifatida har xil jarohatlanishlar chaqirishi mumkin. Odam
tanasida suyak siniqlari ikkilamchi snaryad sifatida jarohat etqazadi. Odam
tanasiga yaqin joylashgan qattiq predmetga otilish tufayli o’q
tekkanda uning
yo’nalishi o’zgaradi va deformatsiyalanib yorilib ketishi mumkin. Bunday hollarda
odam tanasidagi jarohatlanishning xarakteri ham o’ziga xos bo’ladi.
Shunday qilib, otilish paytida sodir bo’ladigan jarohatlanishlar nima bilan
etkazilganligi, ya’ni tanaga ta’sir qiluvchi faktorlarning xarakteriga qarab turli
tuman bo’ladi (2-sxema).
Do'stlaringiz bilan baham: