Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

xos xususiyatlari
O’tkir vositalar bilan jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasi paytida 
jarohatlanish borligi va xarakteri, jarohatlovchi faktorlarning turi va o’ziga xos 
xususiyatlari, jarohatlovchi vosita bilan urish yoki uning harakat soni, urish kuchi, 
jabrlanuvchining o’ziga jaroxat etkazish mumkinligi, jarohat etkazish paytida 
jabrlanuvchi tanasining holati kabi ko’pgina savollarni aniqlashga to’g’ri keladi.
Ekspertiza paytida birinchi masala ko’zdan kechiriluvchida yoki murdada 
o’tkir vositalar bilan jarohatlanish borligini aniqlash hisoblanadi. Odatda, bunday 
yaralar chetlari tekis va silliq bo’lishi, hoshiyalanish va qontalashlar bo’lmasligi, 
yara tubida ulag’ich to’qimaning bo’lmasligi, yara kanali devorining silliqligi 
(bundan teri tagi kletchatkasi istisno), kesilgan qon tomirlarining ochilib qolishi, 
ancha tashqi yoki ichki qon ketishning bo’lishi bilan farqlanadi.
Har bir o’tkir vositadan jarohatlanishdan sodir bo’lgan yaraga aloqador 
umumiy belgilardan tashqari ularga tashxis qo’yishni belgilovchi o’ziga xos 
xarakterli belgilar ham bor. O’zining asosiy morfologik belgilariga ko’ra o’tkir 
vositalar yordamida paydo bo’lgan yaralarni 2 guruhga bo’lish mumkin. Ulardan 
biri yaraning uzunligi kengligiga qaraganda ustunligi bilan xarakterlansa (kesilgan, 
chopilan, arralangan), boshqa guruxi esa teridagi yaralarning uzunligi va 
kengligiga qaraganda yara kanalining chuqurligi (sanchuvchi va sanchib-kesilgan 
yaralar) ustunligi bilan farqlanadi. Odatda, ekspertga har bir guruhga aloqador 
yaralarning differentsial diagnostikasini o’tkazishga to’g’ri keladi.
Chopilgan yaralarning kesilgan yaralardan farqi, chopilgan yaralarning 
chetlarida ko’pincha hoshiyalanish, shuningdek chopuvchi vositalar uchun 
xarakterli jarohatlanishni suyakkacha borib etishi ko’zga tashlanadi. Ba’zan 
kesilgan yaraning chetlari qurib qolganligi uchun uni hoshiyalanishga 
163


o’xshatadilar. Bunda gistologik tekshirish natijalari bu xatolikning oldini olishga 
ko’maklashadi. Arralangan yaralar ularning chetlari tishsimon bo’lganligi, 
suyaklarning o’ziga xos jarohatlanishi va yaraning tubida suyak qipiqlarining 
borligi bilan osongina farqlanadi.
Sanchuvchi va sanchib-kesilgan jarohatlarni teri yarasining shaklida farq 
bo’lganligi uchun bir-biridan farqlashni qiyinchiligi tug’ilmaydi. Konussimon yoki 
tsilindrik sanchuvchi va ingichka sanchib-kesuvchi uchli vositalar bilan 
jarohatlanishlarni aniqlashda qiynchilik tug’iladi. Bunda sanchuvchi vositalar teri 
elastik tolalari yo’nalishi bo’ylab kirgani uchun to’qimalarni yorib kiradi, ammo 
sanchib-kesilgan yaralarning yo’nalishi yaralanish paytida vosita uchining holatiga 
bog’liq. Bundan tashqari, sanchuvchi yaralarning markaziy qismida ko’proq, 
chetlarida esa kamroq hoshiyalanish ko’zga tashlanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasining muhim elementi jarohatlovchi vositani 
aniqlashdir. Kiyimlaridagi jarohatlanish va barcha qo’shimcha tekshiruv usullari 
yordamida yarani sinchiklab tekshirish faqatgina jarohatlovchi vositaning guruxi 
va turini aniqlashda ham yordamlashadi. Bu jihatdan kesilgan yaralar kamroq 
ma’lumotga ega bulib, ular vositaning o’tkir tig’iga qarab fikrlashni taqozo qiladi. 
Chopilgan yaralarda ularning shaklini, chopuvchi vosita ponasining qalinligi va 
turlari, tig’ining uzunligi va o’tkirligi imkoniyati boricha aniqlaniladi.
Sanchuvchi yaralarda sanchuvchi vosita ko’ndalang kesimi shakli va 
o’lchamlari, uning uzunligi o’rganiladi. Sanchib-kesilgan yaralarda asboblarning 
guruhlarga xos belgilari, tig’ining soni, o’tkirlik darajasi, uning muhrasi borligi va 
shakli, uzunligi, kengligi, ponasining qalinligi, chetlarining shakli o’rganiladi. 
Arralangan yaralarda arralarni orasini ochilish darajasi, tishlarining kesuvchi 
qirralari, ba’zan ular orasidagi masofa, tishlarining balandligi, arralar tasmasining 
eskirish darajasini aniklash mumkin. Jarohatlovchi asbob tayyorlangan metallni 
aniqlashda kimyoviy rangli reaktsiyalar va rangli alomatlarni tekshirish usuli 
qo’llaniladi.
Agar ekspertiza uchun bir yoki bir necha taxmin qilingan jarohatlovchi 
asboblar keltirilganda sud tibbiyoti ekspertiga jarohatlanish qaysi vosita bilan 
164


etkazilishi yoki etkazilmasligi mumkinligi masalasini echishga to’g’ri keladi. 
Bunda jabrlanuvchi kiyimi va tanasidagi jarohatlanish xarakteri va detallari taxmin 
qiluvchi qurollarning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Bunday hollarda murdadagi 
yaraga asbobni kiritish mutlaqo mumkin emas. Buni, taxmin qilinuvchi 
jarohatlanish asbobi bilan yaraga plastik massani kiritish yoki murdada yara 
kanalidagi plastik quymani solishtirish orqali o’rganiladi. Barcha keltirilgan usullar 
asbobning guruhlarga aloqadorligi to’g’risidagi savolni echishda ko’pincha 
yordamlashadi, ya’ni ekspert faqat taqdim qilinuvchi asbob tomonidan emas, balki 
shunga o’xshash asboblar tomonidan etkazilishi mumkinligini ko’rsatishi mumkin.
Qaysi vosita bilan jarohatlanish etkazilganligi haqidagi savolni echishda 
jarohatlovchi vositada qon, soch, odam to’qimasi hujayra elementlari, shuningdek, 
jabrlanuvchi kiyimi tolalarining topilishi muxim ahamiyatga egadir. Ko’pincha 
chopuvchi va arralovchi vositalar bilan jaroxatlanishni bir biridan farqlash va faqat 
ayrim hollarda sanchib kesuvchi vositalar bilan etkazilgan jarohatlarni aniqlash 
ham mumkin.
O’tkir vositalar bilan jarohatlanishda ekspertlar tomonidan sud tibbiyoti 
laboratoriyasining biologiya bo’limi va fiziko-texnika bo’limlarida o’tkaziladigan 
laboratoriya va maxsus tekshiruv usullarining o’rni juda muhimdir. Murdani 
tekshirib ko’ruvchi ekspert laboratoriyaga jaroxatlangan teri qismlari va boshqa 
kesib olingan to’qimalarni jo’natadi. Jo’natiladigan materialni formalinda 
qotirilmasdan jo’natish yoki ularni (muzlagan sirka kislotasi – 10 g; etil spirti – 20 
g; pergidrol – 10-20 g; distillangan suv – 100 ml) boshqa suyuqliklarga solib 
yuborishni tavsiya qilinadi.
165



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish