tekshiriladi.
16.2. Ashyoviy dalillarni olish va ekspertiza uchun jo’natish
Qon izlari, ajralmalar va boshqa biologik ob’ektlar topilganda,
kerakli
hujjatda qayd qilinganda, to’g’ri olinganda, ekspertizaga yuborilganda va etarli
darajada tekshirilganda ashyoviy dalillar hisoblanadi. Ashyoviy dalillarni olishdan
oldin sinchiklab ko’zdan
kechiriladi, suratga olinadi va sxematik chiziladi.
Ularning to’liq yozilishi ko’zdan kechirish yoki tekshirish bayonida ko’rsatiladi.
Predmetning qaerdan topilganligi, uning nomi material bilan birgalikda, shakli,
o’lchami,
rangi va boshqa xususiyatlari, shubhali izlarning aniq joylashuvi,
ularning xarakteri, rangi, shakli, o’lchamlari, chetlarining xususiyatlari, shilinish
darajasi va materialning qattiqlashuvi, yuzasida po’stloq
qavati va qoplamalar
borligi to’liq o’rganiladi.
Agar imkoniyati bo’lsa, shubhali izlar bo’lgan predmetlar tekshirish uchun
butunligicha yuborilgani ma’qul (kiyimlari, ichki kiyimi, qurol va boshqalar).
Bunday ob’ektlarni laboratoriyada ko’zdan kechirishda oldin ko’rinmagan izlarni
ham topish mumkin. Bundan tashqari, umuman predmetda izlar hosil bo’lish
mexanizmi haqidagi savollar ham echiladi. Agar laboratoriyaga katta predmetni
olib kelish imkoniyati bo’lmasa, uning qismlari tekshirish uchun mo’ljallangan
izlar bilan birga jo’natiladi.
Agar predmet qismlarini olish imkoniyati bo’lmasa, izlar qirib olinadi yoki
yuvindi yuboriladi. Bunda dog’ bo’lmagan joydan ham nazorat uchun qirindi yoki
yuvindi olinishi zarur. Dog’dan qirindi skalpel yoki o’tkir
pichoq yordamida
olinganda dog’i bo’lgan predmet kamroq qirilgani ma’kul. Uncha katta bo’lmagan
yuvilgan nam marli bo’lakchasi yordamidagi yuvindi uy haroratida quyosh nurlari
ta’sirisiz quritiladi. Kontrol tekshirish uchun toza to’qima bo’lakchasidan ham
jo’natiladi.
Erda topilgan qon, sperma va boshqa ajralmalarning izlarini olishda
laboratoriya tekshirishi uchun dog’ bo’lmagan toza tuproqdan jo’natishi ham zarur.
566
Agar qorda qon izi topilganda xuddi shu erdan va atrofidagi toza qordan bir xil
miqdorda 2 ta tarelkaga joylashtiriladi. Ularning tubida 4 qavatli marli bo’ladi. Uy
haroratida
qor erigach, marli quritiladi va ekspertizaga jo’natiladi.
Laboratoriyaga jo’natiluvchi barcha predmetlar quruq holatda bo’lishi kerak.
Kerakli paytlarda ularni uy haroratida quritiladi, chunki nam predmetlarda qon va
ajralmalar tez chiriydi. Bu o’z navbatida sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazishni
og’irlashtiradi, ba’zan esa buni umuman o’tkazib bo’lmaydi.
Ashyoviy dalillarni shunday o’rash kerakki, undagi izlar tashilish vaqtida
zararlanmasin. Ayniqsa, so’rilmaydigan predmetlarda po’stloq shaklidagi qon
izlarini ehtiyotkorlik bilan saqlanishi zarur. Yumshoq predmetlarda bunday izlar
toza oq qog’oz yoki to’qima bilan yopiladi. Qattiq predmetlar yashikka shunday
berkitiladiki, bunda izlar yashikni devoriga tegmasligi kerak.
O’ramning tashqi qavatiga tergovchi surg’uchli tamg’a bosadi va natijada
o’ramni ochish imkoniyati bo’lmaydi.
Ashyoviy dalillarni laboratoriyaga tergovchi o’z qo’li bilan olib keladi yoki
pochta orkali jo’natadi.
Do'stlaringiz bilan baham: