XVIII-BOB. TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIDAGI
HUQUQ BUZARLIGIDA ISH MATERIALLARINING SUD TIBBIYOTI
EKSPERTIZASI
18.1 Tergov va sud ishlari materiallarining sud tibbiyoti ekspertizasi
Sud tibbiyoti ekspertizasida ish hujjatlari deb,
tergov va sud ishlariga
aloqador ma’lumotlar va bular asosida tibbiyot savollariga binoan ekspert
xulosasini tuzishga aytiladi.
Tergov ishlari natijalari u yoki bu darajada sud tibbiyoti ekspertizasining
barcha hollarida ekspert tomonidan foydalaniladi. Masalan, sud tibbiyoti eksperti,
murdani tekshirishdan tashqari o’limning sababi haqidagi savolni echibgina
qolmasdan, balki o’limning sodir bo’lish holati haqidagi ish materiallari bilan
tanishib, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish bayonini o’rganadi hamda marhumga
aloqador kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlarini ham sinchiklab ko’zdan
kechiradi. Ekspert o’z xulosasida murdani tekshirishda
olingan natijalar barcha
yig’ilgan ma’lumotlar bilan solishtirilib, yuqorida keltirilgan hujjatlarni o’rganib
chiqadi. Shuningdek ekspert tirik shaxslarda tan jarohatlarini og’irlik darajasini,
sog’liq holatini va boshqa hollarni aniqlashga kirishadi. Jinoiy ish hujjatlari
ashyoviy dalillarning ekspertizasida ham foydalaniladi.
Bu materiallar tergov va sudga faqat aloqador bo’lganda ekspertiza hollarida
ekspertning birdan bir tekshiruv ob’ekti hisoblanadi. Birinchidan,
bunday
ekspertiza qachonki tirik shaxs, murda yoki ashyoviy dalillarga nisbatan xulosa
berilganda,
ikkinchidan, xulosa faqat barcha ish materiallari asosida berilganda
tayinlanadi.
Jinoyatga oid hujjatlarning ekspertizasi birlamchi, qo’shimcha va qaytalama
bo’lishi mumkin. Bunday ekspertiza ko’pincha komission o’tkaziladi. Ekspert
komissiyasini odatda sud tibbiyoti ekspertizasining byurosi boshqaradi. Komission
ekspertiza murakkab ishlarni echish uchun tayinlaniladi, jumladan, vrachlarni kasb
huquqbuzarligi jinoiy javobgarligiga tortilish hollarida va shuningdek, qaytalama
629
ekspertiza hollarida amalga oshiriladi. Ba’zan kompleks ekspertiza o’tkaziladi.
Bunda
vrachlardan tashkari, boshqa profildagi ekspertlar ham, jumladan sud-
kriminalistik, sud-kimyogar, avtotexnik xodimlar va boshqalar ham qatnashadilar.
Ko’pchilik hollarda sud jarayonidagi ekspertizalar ham jinoyatga oid
materiallarning ekspertizasi hisoblanadi.
Jinoiy ish materiallarining tekshiruv hajmi ekspertning oldiga qo’yilgan
savollar mazmuni, ishning xarakteri va undagi hujjatlarning miqdoriga bog’liq
bo’ladi. Har xil hujjatlar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgani
va sud
tibbiyoti ekspertizasi uchun ahamiyatlisi kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi,
tibbiyot komissiyasining guvohnomasi, ma’lumoti va boshqalardir. Ba’zan jinoiy
ish hujjatida birlamchi sud tibbiyoti ekspertizasi xulosasi bo’ladi. Bunday barcha
hujjatlar (asosiy nusxasi) sinchiklab o’rganiladi va taxlil qilinadi. Bundan tashqari,
boshqa hujjatlarni, jumladan ko’zdan
kechirish bayonlari, ayblanuvchi,
jabrlanuvchi, guvohlarni va boshqalarni so’roq qilish haqidagi ma’lumotlar bilan
tanishiladi.
Yuqorida keltirilgan hujjatlarni o’rganish natijasida ekspert yoki ekspert
komissiyasi barcha aniq materiallarni batafsil tafsilini tuzadi va unga qo’yilgan
savollarni echilishida ekspertiza uchun ahamiyatini ko’rsatadi. Ekspert xulosasida
bu obzor odatda «Ishning holati» deb ataluvchi bo’limga joylashtiriladi. Buerda
izohlanuvchi asosli ma’lumotlar ko’pincha ko’chirma shaklida hujjatni ko’rsatish
va ish qog’ozini taqdim qilish asosida amalga oshiriladi. Ish materiallaridan
muxim ma’lumotlarni keltirilishi tufayli ekspert bir vaqtning o’zida bunday
ma’lumotlar haqida o’zining bahosini aytishi, ma’salan, qo’yilgan savollarga javob
uchun keltirilgan aniq voqeaning negativligi yoki pozitivligi hisobga olinishi zarur.
Komission ekspertiza o’tkazish paytida «Ishning holati» loyihasini kotib
yoki komissiya a’zolaridan biri tuzadi. Bu loyiha keyinchalik komissiyaning
barcha a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga kerakli qo’shimchalar va
o’zgartirishlar kiritiladi. Keltirilgan barcha faktik ma’lumotlarga asoslanib
komissiya qo’yilgan savollarga asoslangan javoblarni shakllantiradi. Agar
komissiya bir xil fikrga kelgan
takdirda umumiy xulosa tuzilib, unga butun
630
komissiya a’zolari imzo chekadilar. Agar fikrlar bir-biriga to’g’ri kelmasa har bir
ekspert o’zining alohida xulosasini tuzadi.
Ish materialida, ayniqsa, tibbiyot hujjatlarida to’lig’icha yig’ilganligi,
ularning sifati va nuqsonsizligi, ekspert xulosasidagi savollar har-xil shakllangan
holda mujassamlantirilgan izohlantirilishi mumkin. Ba’zan bu materiallarda taqdim
qilingan tibbiy va boshqa to’liq bo’lmagan ishonchsiz ma’lumotlar borligi singari
ularning to’g’riligi hamda asoslanmaganligiga shubha tug’iladi. Bunday holda agar
tirik shaxs, murda yoki ashyoviy dalillarni tekshirish mumkin bo’lmasa, ish
materiallari bo’yicha qo’yilgan savollarga javob berish mumkin emasligi
to’g’risida ishonchli xulosa tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: