Tibbiyot instituti talabalari uchun


Suyaklariga qarab yoshini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Suyaklariga qarab yoshini aniqlash.
Buning uchun odatda kalla suyagi, 
tishlar va shuningdek elka va son suyagining pastki qismlaridan foydalaniladi.
Kalla suyagiga qarab yoshini aniqlashda kalla suyagi choklari holati 
o’rganiladi. Yoshi o’tishi bilan kalla choklari bitib ketishi tufayli kam ko’zga 
tashlanuvchan bo’ladi. Bitish jarayoni ichkaridan tashqariga qarab yuzaga kelib, 
sodir bo’lgan vaqtiga, shuningdek kuzatilgan joyiga qarab ma’lum birin keyinlik 
asosida boradi. Choklarni bitishi 20-30 yillar ichida boshlanadi. 30-40 yoshlarda 
kalla suyagining chekka qismi choklarining bitishi yaqqol ko’rinadi. 40-50 
yoshlarda ham bunday choklarning keyinchalik bitishi davom etishi mumkin. 
Sekinlik bilan ko’z olmasi va chekka suyagidagi ponasimon peshona hamda tepa 
choki bitib ketadi. 50-55 yoshlarda kalla suyagining boshqa qismidagi choklar ham 
621


bitaboshlaydi. Bunda birinchi navbatda nayzasimon choki, keyinchalik esa engsa 
choki butun yo’nalishi bo’ylab bitadi. Barcha choklarni to’liq bitishi to chuqur 
keksalikkacha kuzatiladi.
Yoshini aniqlashda kalla suyagidagi boshqa yoshiga qarab o’zgarishlarni 
rentgenologik o’zgarishllarga qarab ham aniqlash mumkin. Yoshi o’tishi bilan 
suyakda osteoporoz rivojlanadi. Pastki jag’ atrofiyasi kalla suyagining qarilikka 
xos xarakterli belgisi hisoblanadi. Tish chuqurchalari va mandibulyar kanal bunda 
yo’qoladi, suyak strukturasi o’chirilib ketadi. Suyak to’qimasini yoshga qarab 
o’zgarish tempi va intensivligi organizmni individual xususiyatlari hamda atrof 
muhitning ta’siriga bog’liq, shuning uchun ham ular har doim ham pasportlari 
yoshiga to’g’ri kelavermaydi.
Yoshni tishlarini holatiga qarab 20 yoshdan to 25 yoshgacha aniqlashda 
hech bir qiyinchilik tug’ilmaydi. Yosh bolalarda avvalo sut tishlari vaqtinchalik 
paydo bo’lib, keyinchalik doimiy tish bilan almashinadi. Barcha doimiy tishlar 
chiqib bo’lgandan keyin yosh tishni chaynovchi yuzasini silliqlanishi, ildizi va 
pulpasini holatiga qarab yoshi aniqlaniladi.
Boshqa suyaklarda yoshni aniqlashda anatomik, rentgenoanatomik va 
antropometrik ma’lumotlarga asoslaniladi. Regressiv jarayonlar ta’sirida 
rivojlanayotgan suyak to’qimasining o’ziga xos ayrim morfologik xususiyatlari 
anatomik usul yordamida yoshni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Bunda asosan 25 
yoshdan keyin paydo bo’ladigan atrofik o’zgarishlar hisobga olinadi.
Ertaroq va ko’pincha qarish jarayoni elka va I-oyoq kafti barmog’i 
bo’g’imida, shuningdek qo’l kafti panjalararo bo’g’imida ko’zga tashlanadi. Qo’l 
kafti o’rta barmoqlari oxirgi qismining shakllari va ulardagi lokal struktura 
o’zgarishlarni o’rganishga katta ahamiyat beriladi.
Bundan tashqari, elka va son suyagi yuqori qismiga qarab ham yoshi 
aniqlanilishi mumkin. Bunda suyaklarning tashqi ko’rinishi, epifizar chiziqning 
xarakteri, suyak-miya bo’shlig’i yuqori qirrasini joylashuv chegarasi, suyaklar 
kompakt va g’ovak moddalarining xarakteri hisobga olinadi. Bunday 
ko’rsatkichlarning yig’indisi yoshni 5 yilgacha aniqlikda o’rganish imkoniyatini 
622


beradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish