Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Bo’yini aniqlashda
har bir suyak o’zining rivojlanish jarayonida tana 
umumiy uzunligiga nisbatini ma’lum darajada saqlashligi hisobga olinadi. Buning 
uchun har xil avtorlar tomonidan taklif qilingan suyaklarga qarab o’sishni 
aniqlovchi ko’pgina miqdordagi usullar mavjud. Ularni amaliyot va tajriba 
materiallarida tekshirish orqali shu narsa ma’lum bo’ldiki, bu usullarning hech biri 
ekspertiza amaliyoti uchun taklif qilinishi mumkin emas, chunki har bir usul 
alohida guruh aholining har xil o’rtacha o’sish ko’rsatkichini o’rganishga 
asoslangan (Pashkova V.I., 1963). Shuning uchun ham, tekshirish usulini tanlashda 
tekshiriluvchi suyaklarning o’lchamlaridan kelib chiqilgan holda taxminan suyak 
qoldiqlari aholining qaysi asosiy guruhi bo’yining o’rtacha ko’rsatkichi hisobga 
olinadi.
Suyakning bo’yi aniqlanilgach, antropologiyada qabul qilingan o’lchanish 
usulidan foydalaniladi.
Tashqi ko’rinishiga qarab yoshni aniqlashda qo’yidagi belgilar hisobga 
olinadi:
1) umumiy fizik rivojlanish - bo’yi, ko’kragini aylanasi, mushaklari, suyak 
skeletining rivojlanishi, qizlarda chanog’ini etilishi;
2) yuzi, qo’ltig’ini tagi, qovida sochini xarakteri va o’sish darajasi, sochi 
rangini o’zgarishi;
3) teri qoplamasini holati:
a) teri qoplamasini rangi
b) sut bezlari so’rg’ichi va jinsiy organlar pigmentatsiyasi
v) teri qoplamasi konsistentsiyasi (elastikligi, bo’shashganligi);
4) tishlarning soni va ularning holati.
Bo’yi, ko’kragini aylanasi ko’rsatkichlari yosh bolalar va o’smirlarni yoshini 
aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Alohida guruh yoshdagilar uchun o’rtacha 
o’sish ko’rsatkichini aniqlash maqsadida juda ko’pgina tekshiruv usullari taklif 
qilingan. Quyida ayrim Moskva tadqiqotchilari tomonidan keltirilgan jadval havola 
qilinadi (2-jadval).
623


Bo’yini o’lchashlar natijasida har bir odamni bo’yidagi o’sishda ayrim 
o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan. Masalan, katta odamni bo’yi 
ertalab va kechqurun (ishdan keyin) 2 sm va undan ko’proq kamayishi mumkin. 
Ba’zan bir xil odamni bo’yi tik turganda va yotganda farqlanishi mumkin. 
Yotganda o’lchanganda tik turgandagiga qaraganda 1 sm uzunroq bo’lishi 
mumkin. Tik turganda 1 sm ga qisqarishining sababi umurtqa pog’onasining tog’ay 
qismi yupqalashsa, oyoq gumbazi yassilanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish