Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash sud tibbiyoti ekspertizasining
o’ziga xos xususiyatlari
Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash hollarida sud-tibbiyoti eksperti
tergov organlari tomonidan qo’yilgan savollarni echilishida barcha savollar
tekshiriluvchida qanday jarohatlanishish yoki patologik jarayonlar topilganligi;
ular qanday etkazilishi mumkinligi va tekshiriluvchida qanday holatda sodir
bo’lganligini ta’svirlaganligini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Sun’iy kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash sud-tibbiyoti ekspertizasi tirik
shaxslarni ko’zdan kechirish umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi, ammo uni
o’tkazish usullarining o’ziga xos ayrim xususiyatlari mavjud. Ko’zdan
kechiruvchini so’rash paytida qachon, qaerda, qay darajada va qanday holatda
(ishchi, operatsiya, xo’jalik ishlari va boshqalar) jarohatlanish olingan; buni kim
ko’rgan, eshitgan; jarohat etkazgan asbob yoki qurol qaerda bo’lgan; jarohat
372
olgandan keyin jabrlanuvchi nima qilgan, qaerga tezlik bilan yordam uchun
murojaat qilganligi aniqlaniladi. Sun’iy kasalliklarda kasallik vaqti va sabablari,
qanday davolash usullari, shuningdek operatsiya qo’llanilganligi oydinlashtiriladi.
Tekshiriluvchini ko’zdan kechirish uning umumiy holatini qayd qilishdan
tashqari, jarohatlanish paytida topilgan o’zgarishlar, kasallikning barcha belgilarini
to’liq yozilishini o’z ichiga oladi. Bunda jarohatlanishning joylashuv joyidan
tashqari, oyoq kiyimi tagligi to’g’risidan va tananing o’rta chizig’idan to tanish
nuqta orasidagi masofa ham ko’rsatiladi. Shuningdek, jarohatlanishning umumiy
shakli, uning soni va o’lchamlari; to’qimada defekt borligi; qirralarining xarakteri;
jarohatlanishning tubi va uning nima bilan to’lganligi, nihoyat atrofdagi teri
qoplamalarining holati sinchiklab o’rganiladi.
Ashyoviy dalillarni tekshirishda ularni ko’zdan kechirish, tana va oyoq
kiyimlari va ulardagi jarohatlanish izlarini yozish va suratga olish, jarohatlanish
etkazgan asboblar, kesib tashlangan barmoqlar va yaralarning kesilgan chetlari, o’q
otar qurollari bilan jarohatlanishda har xil qistirmalar va boshqalarni o’rganilishi
katta ahamiyatga egadir.
Tekshiriluvchini ko’zdan kechirmoq va ashyoviy dalillarni tekshirish qator
qo’shimcha usullarni qo’llash: to’g’ridan-to’g’ri epistereomikroskopiya (kuyish,
yara, chandiqlar, chopilgan yoki uzilgan barmoqlar, tana va oyoq kiyimlari va
boshqalar); suyaklarning jarohatlanish xarakteri va jarohatlanish zonasida yot
jismlarni (in’ektsion igna bo’lakchalari, o’q otar qurollari o’qi) aniqlash; gistologik
tekshiruvlar (kesib olingan o’smalar, yara tubi qirindilari, o’q otar qurollari yarasi
chetlaridan kesib olingan materiallar); sud-kimyoviy usuli (yaqin masofadan otilish
izlari, flegmona, abstsesslar ajralmalari, yaradan ajraluvchi, siydik va boshqalar) ni
aniqlash o’tkaziladi.
O’z-o’zini jarohatlash ishida ko’pincha ekspertga qidiruv ishlarida
qatnashishga to’g’ri keladi. Bunda ekspert voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish va
qidiruv tajribasi o’tkazishda qatnashadi.
Voqea sodir bo’lgan joyda chopilgan barmoq qismlari, qon izlari bo’lgan
bolta va boshqa predmetlar, barmoqlar chopilgan paytda panjalarning yotishi;
373
yaqin masofada qon va boshqa izlar joylashgan har xil qistirmalar topilishi
mumkin.
Qidiruv tajribasi o’tkazilishida sud tibbiyoti eksperti aktiv qatnashadi.
Birinchi etapda tekshiriluvchi o’zini harakatlari to’g’risida gapirib beradi va
bo’lgan voqeani aslidan takrorlab, avval ilgari surilgan jarohat olish mexanizmini
ko’rsatadi. Buning uchun tergovchi unga kerakli predmetlar, masalan, chopuvchi
yaralarda – boltaning kartonli yoki yog’ochli maketini, tarasha, taxtalar; o’q otar
qurollari bilan jarohatlanishda – maket yoki haqiqiy o’zi, ammo o’qsizlantirilgan
qurollarni taqdim qiladi. Ba’zan jarohatlanish olish holati to’g’risidagi taxminiy
fikrni olg’a surish tekshiriluvchini so’roq qilish paytida ularga ko’rsatilganda
aslidan tasvirlay olmasligi ko’zga tashlanadi. U mahalda tergovchi yangi taxminiy
fikrni ilgari suradi yoki birinchi ko’rsatmani soxtaligiga ishonadi va haqiqatan ham
jarohatlanish qanday sodir bo’lganligi to’g’risidagi xulosaga keladi.
Qidiruv tajribasining ikkinchi bosqichida sud tibbiyoti ekspertidan
tekshiriluvchi qanday poza va holatda turganda qurol yoki asbob bilan
jarohatlanishni ko’proq olish mumkinligini so’raydi. Masalan, tekshiriluvchi
qidiruv tajribasi paytida chap panjaning 2 ta chopilgan barmog’i og’irlik tufayli
sodir bo’lganligini ko’rsatishga harakat qilganligi ko’zga tashlandi.
Ekspert amaliyotidan ma’lumki, barmoqlarini chopish og’irligi bilan
mumkin emas. Shuning uchun ham tajribaning ikkinchi etapida tekshiriluvchining
barmoqlari tagiga qattiq predmet shunday holatda qo’yilishi kerakki, ular voqea
sodir bo’lish davrida balki shunday holatda bo’lgandir.
Simmulyatsiya, aggravatsiya, sun’iy kasalliklar, o’z-o’zini jarohatlashning
murakkab holatlarida sud tibbiyoti ekspertizasi komission ekspertiza sifatida
o’tkaziladi. Komissiya a’zolari sifatida jarohatlanish yoki kasallikning xarakteriga
bog’liq holda vrach-mutaxassislar jalb qilinadi. Ko’pincha qo’yilgan savollarga
malakali javob berish uchun tekshiriluvchini kasalxonaga tekshiruv uchun
joylashtirishga to’g’ri keladi. Bu to’g’risida tergovchi alohida qaror qabul qilishi
zarur.
374
Do'stlaringiz bilan baham: |