Suyak tizimining shikastlanish semiotikasi. Tekshirish usullari
Bolalarda suyak tizimi shikastlanishi tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlarda son suyagining tug’ma chiqishi, skelet ba’zi qismlarining tug’ma nuqsonlari, ikkinchi o’rinda skelet tug’ma displaziyasi turadi. Ular xondro- va osteodisplaziyaga bo’linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechadi, bolaning o’sish jarayonida yuzaga keladi.
Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning yoysimon qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik gidrotsefaliya uchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba’zida osteomielit uchrab turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to’qimasining jaroxatlanishi ko’p kuzatiladi.
Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob’ektiv tekshirish ko’rik, palpatsiya va o’lchash bilan o’tkaziladi.
Ko’rikni yotgan, o’tirgan va tik turgan holatda, qo’llari erkin tushgan holda o’tkazish kerak. Keyin boladan yotish, o’tirish, qo’l-oyoqlarini bukish, ochish va boshqalar talab qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarda suyak – bo’g’im tizimini baholash uchun bola o’ynayotgan vaqtda uni kuzatish kerak. Old tomondan ko’rik bosh, bo’yin, ko’krak qafasining shakli, xolati va proportsiyasini aniqlashga yordam beradi. Orqa tomondan ko’rikda ko’rak, umurtqa pog’onasi, oyoq-qo’l bo’g’imlari burchaklari bukilishi va yozilishiga
e’tibor beriladi.
Suyak tizimi quyidagi ketma-ketlik tartibida tekshiriladi: bosh, umurtqa pog’ona, ko’krak qafasi, oyoq va qo’llar.
Bosh ko’rigida uning o’lchami va shakli aniqlanadi, bosh aylanasi o’lchanadi. Normada bosh aylana shaklida bo’ladi.
Paypaslash bilan liqildoq, choklarning holati, suyaklarning zichligi aniqlanadi. Paypaslash ikkala qo’l bilan o’tkaziladi, bosh barmoq peshonaga, kaft, chakka soxasiga, o’rta va ko’rsatgich barmoqlar bilan tepa suyaklar tekshiriladi, ensa sohasi, choklar va kichik liqildok ham tekshiriladi.
Katta liqildoq peshona va tepa suyaklar o’rtasida joylashgan, to’g’ri romb shaklida bo’ladi. Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklar o’rtasida joylashgan. Tug’ilgandan keyin ko’pgina chaqaloqlarda kichik liqildoq yopiq, 25% bolalarda esa 4-8 haftada yopiladi. Yetuk tug’ilgan bolalarda yon liqildoqlar yopiq bo’ladi. CHaqaloqlarda o’qsimon, ensa choklari ochiq va 3-4 oylikda yopiladi. Katta liqildoqni paypaslab, liqildoq o’lchami aniqlanadi, liqildoqning ikkita qarama - qarshi tomonlaridagi masofasi o’lchanadi, diagonali bo’yicha o’lchanmaydi. Tug’ilganda katta likildoq o’lchami 2,5x2,5 sm yoki 3,0x3,0 smga teng, 1-1,5 yoshda katta liqildoq yopiladi (normada). Oxirgi yillarda, uning 9-10 oylarda yopilishi kuzatilmoqda. Boshni ko’rish vaqtida kallaning miya va yuz qismi taqqoslanadi, ularning taqqoslanishi bolaning biologik shakllanishini belgilaydi. Miya va yuz qismini taqkoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga teng. Ko’krak qafasini ko’rganda uning shakli baholanadi. CHaqaloqlarda ko’krak qafasi shakli bochkasimon, ya’ni old-orqa o’lchami ko’ndalangiga teng. Ko’krak qafasi keng va kalta.
Maksimal nafas olish holatini egallaydi, qovurg’alar gorizontal joylashgan. Erta yoshdagi bolalarda tsilindrik, 7-8 yoshdan keyin epigastral burchak o’lchamini aniqlash uchun quyidagi usul qo’llaniladi: ikkala qo’l kafti qirrasi (qovurg’asi) bilan to’sh va qovurg’alar yoyi o’rtasida hosil bo’lgan burchak tomonga yo’naltiriladi, 15- yoshda – ko’krak qafasi ko’ndalang diametri kattalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |